So’nggi yangiliklar

01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  0 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  1 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  0 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  0 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  6 23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бир оз ақлли футбол керак  0 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  2 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  0 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   25 21:27"Арсенал" собиқ вингери Николя Пепе "Вильярреал" ўйинчисига айланди  0 20:29"Барса" собиқ форварди Брейтуэйт "Эспаньол"ни харид қилмоқчи  0 20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  5 19:29РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Оренбург"ни тор-мор этди, Файзуллаев эса...  9 19:10"Барса" Уильямснинг трансфери барбод бўлса, "Бавария" вингери билан шартнома имзолаши мумкин  4

Superliga: Voqealarga boy o'tgan tur laureatlari aniqlandi FOTO Yangiliklar

Superliga: Voqealarga boy o'tgan tur laureatlari aniqlandi FOTO

Ananamizga muvofiq Superliga 24-turining eng yaxshilarini elon qilamiz.

Tur o'yini - "Lokomotiv" - "Bunyodkor" (2:1)

Superliganing ikkinchi bosqichi doirasidagi 24-turdan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Bunyodkor" bellashuvi muxlislarga ajoyib futbolni taqdim etdi.

Turning markaziy o'yini muxlislarni oxirgi daqiqalarga qadar katta qiziqish va hayajonda ushlab turdi. Hujumkor ruhda o'tgan bahsda mezbonlar mahorat evaziga g'alabani qo'lga kiritishdi. Dastlab uchrashuvning startidayoq Temurxo'ja Abduxoliqov hisobni ochgan bo'lsa, tanaffusga yaqin Xurshid G'iyosov muvozanatni tikladi. Birinchisida bo'lgani kabi ikkinchi taym boshidayoq yana "Loko" hisobda oldinga chiqib oldi. Bu safar Husniddin G'ofurov gol muallifiga aylandi. "Bunyodkor" garchi mehmonda o'ynagan bo'lishiga qaramasdan o'yin davomida ustunlikka egalik qildi va bir qator vaziyatlarni yaratdi. Biroq ulardan foydalanishga kelganida bazan omad, bazida esa futbolchilarga mahorat etishmadi. Natijada vaziyatlardan foydalangan va natija uchun o'ynagan "Lokomotiv" o'z maqsadiga erishdi.


Tur muxlislari - Farg'onada

"Neftchi" uchun bu yilgi mavsum ancha qiyin va og'ir keldi.

Jamoa Superliganing dastlabki bosqichini juda muvaffaqiyatsiz o'tkazganiga qaramasdan, o'yin bobida ajralib turganini etirof etish lozim. SHuningdek, mazkur jamoaning ko'plab sodiq muxlislari o'z suyuklilarini qiyin pallada yolg'izlatib qo'yishmadi. Garchi Farg'onadagi stadionda anshlag kuzatilmayotgan bo'lsada, minglab sodiq ishqibozlar "Neftchi" faol ko'llab-quvvatlab turishibdi. Bunga javoban esa "Neftchi" jamoasi Superliganing ikkinchi bosqichini ancha ko'tarinki kayfiyatda muvaffaqiyatli boshladi. Jamoa nafaqat chiroyli o'yin, balki natija borasida ham o'sishga erishdi. Qarshining "Nasaf" jamoasiga qarshi o'yindagi g'alabada esa nafaqat maydonda o'ynagan futbolchilarning, balki tribunadan turib olqishlab turgan muxlislarning ham hissasi katta. SHu boisdan ham bu galgi tur muxlislari nominaciyasida farg'onalik futbol ishqibozlari etirofga loyiq ko'rildi.


Tur hakami - Jasur Muxtorov

Superliganing 24-turida ishlagan hakamlar orasida yosh iqtidorli referi Xurshid Muxtorov debyut bahsini o'tkazdi.

Farg'onada o'tgan "Neftchi" - "Nasaf" uchrashuvini boshqargan Muxtorov uchun bu o'yin O'zbekiston chempionati doirasidagi ilk bellashuv sifatida qayd etildi. Garchi debyut o'yinida ishlagan hakam Xurshid Muxtorov qo'pol yoki natijaga tasir etuvchi xatolarga yo'l qo'ymadi. O'yinni qatiyat va ishonch bilan boshqarib borgani tahsinga sazovor. SHu boisdan ham Xurshid Muxtorov tur hakami sifatida etirofga loyiq ko'rildi.


Tur matbuot xizmati - "Paxtakor"

Matbuot xizmatlari ichida ayni kunda O'zbekistonda birinchi raqam bo'lib turgan "Paxtakor" barqaror va professional ishlashda davom etmoqda. Muhimi, har bir turni barqaror, operativ va professional tarzda yoritib bormoqda. O'yin atrofidagi tadbirlar va uchrashuvdan keyingi tafsilotlarni yoritib borishda "Paxtakor" rasmiy sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalari birdek faol va tezkor ishlamoqda. SHu boisdan ham ushbu turda eng yaxshi va faol ishlagan matbuot xizmati sifatida yana "Paxtakor" etirof etildi.



Tur iqtibosi: "Hakamlarning "Paxtakor" zarariga chiqarayotgan qarorlari shubhali ko'rinmoqda"

"Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze Superliga hakamlarining qo'pol xatolaridan charchagani va bu narsa chegaradan chiqib ketganini oshkora aytdi.

"Valentik Kovalenko boshchiligidagi hakamlar ustidan rasman shikoyatnoma yozamiz. CHunki hakamlarning xatolari chegaradan chiqib ketdi. Men har doim dangal gapirganman. Ammo hakamlar manziliga gapirishdan oldin doim etikaga rioya qilib, inson faktori evaziga yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan xatolarni inobatga olgan holda, chegaradan chiqmasdan fikr bildirganman. Aksariyat hollarda ularni himoya qilganman. Lekin ketma-ket xatolar, toza gollarimizni inobatga olinmasligi juda shubhali ko'rinmoqda.

Hakam o'z qarorini bu tarzda o'zgartirmaydi. Istasa golni inobatga oladi, xohlasa yo'q. Toshkentda ishqibozlar yaxshi muxlislik qilishgani uchunmi bilmadim, istalgan qarorni xohlagan payt o'zgartirib qo'yishmoqda. Juda oson ekanda qarorni o'zgartirish. Nimaga asoslanib o'zgartirgani esa menga qorong'u. Bu endi sariq, yashil va qizil rangli chegara chiziqlarini ham bosib o'tmoqda. O'yin taqdiri bilan bunday hazillashib o'ynalmaydi. Kim ularga maydonga chiqib xushtakni xohlaganicha chalish huquqini bermoqda? Biz albatta bu ishlarni oxiriga etamiz, PFLga rasman shikoyat yozamiz.

Bunday hakamlar bu kabi hakamlik qilishni yig'ishtirishlari lozim. Hakamlik qilish qo'lidan kelmaydigan bo'lsa, unda o'qishsin, o'rganishsin. Men hakamlarni birinchi bo'lib himoya qiladigan mutaxassisman va ularni doim himoya qilganman. Futbol rivoji yo'lida hammamiz to'g'ri va birgalikda ishlashimiz lozim. Muxlislar, hakamlar, maydon, murabbiylar va futbolchilar. Aynan shular birlashsagina chiroyli muhit yuzaga keladi.

SHu boisdan ham barchaga premer liga va La liga yoqadi. CHunki u erda hamma narsa bor. Agarda shulardan birini sifati buzilsa ham butun chempionat nufuziga putur ketadi. O'zbekistonda ham aynan shunday bog'liqlikni yo'lga qo'yish zarur. Buni hamma istaydi. SHunday ekan ishni to'g'ri yo'lga qo'yish kerak", - dedi SHota Arveladze.


Tur goli - Islom Rashidxonov

"Nasaf" yarim himoyachisi Islom Rashidxonovning "Neftchi" darvozasiga kiritgan goli turni bezab berdi.

Islom Rashidxonovning golida ijro va zarba aniqligi chiroyli chiqdi. SHuningdek, futbolchi golni chamasi 18 metrlar masofadan kiritgani ham golni chiroyiga chiroy qo'shdi.


Tur darvozaboni - O'tkir Yusupov

"Qo'qon-1912" darvozaboni O'tkir Yusupov Navoiyda "Qizilqum"ga qarshi o'yinda jamoasi darvozasini ancha ishonchli va munosib qo'riqladi.

"Qo'qon-1912" posboni O'tkir Yusupov bir qator vaziyatlarda muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Garchi jamoa mag'lubiyatga uchragan bo'lsada, Yusupov bahs davomida 10ga yaqin seyvlarni amalga oshirgani mehmonlarni yirik hisobdagi mag'lubiyatdan saqlab qoldi. SHu boisdan ham O'tkir Yusupov tur darvozaboni deya etirof etildi.


Tur murabbiyi - Bahrom Haydarov

"Neftchi" Superliganing 24-turida o'z uyida "Nasaf" bilan bo'lgan uchrashuvda muhim g'alabani tantana qildi.

Bahrom Haydarov boshchiligidagi "Neftchi" principial o'yinda kerakli natijaga erishdi. Jamoalar uchun yuqori qiymatli uchrashuvga aylangan mazkur bahsda Haydarov tanlagan taktika yakunda "Neftchi"ga qo'l keldi. Mazkur bahsda g'alaba qozongan "Neftchi" ustozi Bahrom Haydarov tur murabbiyi deya etirof etildi.


Tur futbolchisi - Avaz O'lmasaliev

"Neftchi" futbolchisi Avaz O'lmasaliev "Nasaf" bilan bo'lgan bahsda diqqat etiborda bo'ldi.

O'yinda faol harakat qilgan Avaz O'lmasaliev gol urishga ham ulgurdi va uchrashuv yakuniga qadar juda keskin to'qnashuvda jarohat olib maydonni tark etishga majbur bo'ldi. Uchrashuvda 84 daqiqa harakat qilgan futbolchi yorqin o'yini va jamoasi manfaati yo'lida jonbozlik ko'rsatgani ham etibor va etirofga loyiq. SHu boisdan ham Avaz O'lmasalievni tur futbolchisi deya etirof etdik. Ushbu futbolchiga tezroq jarohatidan forig' bo'lib yashil maydonga qaytishini tilab qolamiz.


24-tur ramziy terma jamoasi (4-4-2)

Darvozabon: O'tkir Yusupov ("Qo'qon-1912")

Himoyachilar: Farruh Sayfiev ("Paxtakor"), SHerzod Fayziev ("Metallurg"), Anzur Ismoilov ("Lokomotiv"), Avaz O'lmasaliev ("Neftchi")

Yarim himoyachilar: Azim Ahmedov ("Paxtakor"), Alisher Sanoev ("Qizilqum"), Jasur Hasanov (AGMK), Ismoil Gonsalvesh ("Paxtakor")

Hujumchilar: SHerzod Hakimov ("Neftchi"), Temurxo'ja Abduxoliqov ("Lokomotiv")



To'purarlar
1.Ismoil Gonsalvesh ("Paxtakor") - 14 (9 penalti)
2.Javlon Ibrohimov ("Bunyodkor") - 11 (2 penalti)


Assistent
1.Sardor Sobirxo'jaev ("Bunyodkor") - 12



Tur xatosi - "Paxtakor"ning inobatga olinmagan goli

Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar guruhi "Paxtakor" - "Buxoro" o'yinida mezbonlarning toza golini bekor qilishdi.

Yon hakam Snetkov avvaliga Dragan CHeran urgan golda o'yindan tashqari holat qayd etmadi. Biroq mehmonlar murabbiylar shtabi va futbolchilaridan kelib tushgan etirozlar tasiriga tushib qolgan Kovalenko va Snetkov o'zaro uzoq gaplashgandan so'ng inobatga olingan golda qoidabuzarlik, yani to'p o'yindan tashqari holatda kiritildi, deya hisoblab golni bekor qilishdi. Aslida esa Dragan CHeran hech qanday o'yindan tashqari holatda qolib ketmagandi. SHu tariqa "Paxtakor"ning ketma-ket ikkinchi toza goli bekor qilindi. Bunga qadar Namangandagi bahsda Jaloliddin Masharipov tomonidan urilgan golda yon hakam Alisher Usmonov offsayd qayd etgandi.


Tur voqeasi - Igor Yelich

Turning markaziy to'qnashuvi Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tdi. Unda amaldagi chempionlar "Bunyodkor"ni qabul qilishdi. Hujumlarga boy va qiziqarli o'tgan bahsda "temiryo'lchilar" 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.


Uchrashuvdan keyingi voqea ham qiziqarlilik bobida o'yindan qolishmadi. "Lokomotiv"ning serbiyalik legioneri Igor Yelich derbida qo'lga kiritilgan muhim g'alabadan so'ng qiz o'rtog'i Elena Markovichning "qo'lini so'radi".

"Lokomotiv" o'yinchilari oldindan tayyorlab qo'yilgan liboslarni kiyib olishdi. Unda serb tilida "Udaj se za mene" (Udaj se za mene, Menga turmushga chiq) deb yozilgan.


Tur surati - Sayfiev & Omonov

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика