So’nggi yangiliklar

13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  0 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  1 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   0 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  0 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  1 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  9 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  10 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  6 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2

Superliga va Pro liga uchrashuvlari doirasida yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar yuzasidan O'FA Hakamlar qo'mitasi qarori Yangiliklar

Superliga va Pro liga uchrashuvlari doirasida yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar yuzasidan O'FA Hakamlar qo'mitasi qarori

O'FA hakamlar qo'mitasi bir hakamni mavsum oxirigacha Superligadan chetlatdi, boshqalariga jarima soldi.

O'zFHM matbuot xizmati Superliga 8-turidan o'rin olgan “Surxon" – “Nasaf" bahsi, Superliga 11-turi doirasidan o'rin olgan “Qizilqum” – “Andijon” klublari o'rtasidagi uchrashuv hamda Pro liga 13-turidan o'rin olgan "Do'stlik" – "Qo'qon-1912” bahslarida yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar yuzasidan O'FA Hakamlar qo'mitasi qarorini malum qiladi:


1. Superliga 8-turidan o'rin olgan “Surxon" – “Nasaf" bahsi bosh hakami Ilgiz Tantashev o'yinda yo'l qo'ygan xatolari tufayli uchrashuv nazoratchisi tomonidan 7,4 (qoniqarsiz) bahosiga loyiq ko'rildi. Unga ko'ra, O'FA Hakamlar qo'mitasi tomonidan Ekspert-hakamlar komissiyasining chiqargan xulosasi, uchrashuv nazoratchisining qo'ygan bahosi inobatga olingan holda bosh hakamga Hakamlar tartib-intizom kodeksining 2.3 bo'limning 1-bandlari va 4-bo'limning  4.3 bandiga asosan, birinchi mavsum oxiriga qadar Superliga uchrashuvlaridan (8 ta tur - 9, 10, 11, 12, 13-turlardan va 2 ta qoldirilgan uchrashuvlar, Superkubok) chetlatish, o'yin uchun belgilangan hakamlik maoshidan 75% miqdorida olib tashlash jarima-intizom chorasi qo'llanildi;


2. Superliga 11-turi doirasidan o'rin olgan “Qizilqum” – “Andijon” klublari o'rtasidagi uchrashuvning bosh hakami Sardor Ismatullaev,  VAR hakami Aziz Asimov o'yin davomida yo'l qo'ygan xatolari uchun o'yin yakunidan so'ng uchrashuv nazoratchisi Oleg Dachev tomonidan bosh hakam 7.9, VAR hakam C bahosiga loyiq ko'rilgan. Lekin ushbu uchrashuv Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan takroran ko'rib chiqilgandan so'ng bosh hakamning bahosi uchrashuv natijasiga tasir qilgan xatolari uchun 7.1, VAR hakamning bahosi D ekanligi, uchrashuv nazoratchisi baholarni yuqori qo'yganligi aniqlandi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda:


Sardor Ismatullaevga nisbatan mavsum oxiriga qadar Superligadan chetlashtirish, quyi ligaga tushirish va uchrashuv uchun belgilangan to'lovdan 75 % olib tashlash jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Aziz Asimovga nisbatan 4 ta tur uchrashuvlariga VAR hakamlikdan, 4 ta tur uchrashuvlariga bosh hakamlikdan chetlashtirish va uchrashuv uchun belgilangan to'lovdan 100 % olib tashlash jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Oleg Dachevga nisbatan 8 ta (Superligadan) uchrashuvlariga nazoratchilikdan chetlashtirish va uchrashuv uchun belgilangan to'lovdan 100 % olib tashlash jarima intizom chorasi qo'llanildi;


3. Pro liga 13-turidan o'rin olgan "Do'stlik" – "Qo'qon-1912” bahsi bosh hakami Ibrohim Ismoilov o'yinda yo'l qo'ygan xatolari tufayli uchrashuv nazoratchisi tomonidan 7,4 (qoniqarsiz) bahosiga loyiq ko'rildi. O'FA Hakamlar qo'mitasi tomonidan bosh hakamga Hakamlar tartib-intizom kodeksining 2.3 bo'limning 1-bandlari va 4-bo'limning  4.3 bandiga asosan, Superliga va Pro liga uchrashuvlaridan 6 ta turga chetlatish, o'yin uchun belgilangan to'lovdan 75% miqdorida olib tashlash jarima-intizom chorasi qo'llanildi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика