So’nggi yangiliklar

12:18"Лас-Пальмас" футболчиси автоҳалокат оқибатида ҳаётдан кўз юмди  0 11:50Эдерсон миш-мишларга чек қўйди  0 11:23Челестини Файзуллаевнинг ЦСКАдаги тақдирини ҳал қилади  3 10:56“Ливерпуль“ Англия терма жамоаси ҳимоячиси борасида музокараларни бошлади  3 10:30Германия МТЖ ҳужумчиси фаолиятини “Бавария“да давом эттиришига яқин  0 10:06“Реал“ етакчиси операциядан сўнг қанча муддат футбол ўйнамаслиги маълум  17 09:40Тео Эрнандес “Ал Ҳилол“да қанча даромад қилиши маълум  1 09:18“Арсенал“ “Тоттенхэм“ қизиқаётган футболчини “илиб кетмоқчи“  0 08:52Янги келишувга кўра Роналдунинг “Ал Насср“даги маоши маълум  32 08:27Шомуродов келажаги борасида бир қарорга келди  20 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" ва "Ал Ҳилол" кейинги босқичга йўл олди  9 07:30Суперлига. Қаршида турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  23 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  39 01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1

Superliga. "Qizilqum" so'nggi soniyalarda urilgan gol evaziga "Turon"ni taslim qildi Yangiliklar

Superliga. "Qizilqum" so'nggi soniyalarda urilgan gol evaziga "Turon"ni taslim qildi

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Turon" - "Qizilqum" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.


13 may, payshanba
TURON – QIZILQUM - 0:1
Hakamlar:
Abdurashid Hudoyberganov, Rasul Fozilov, SHohnur Yo'ldoshev, SHohruh Qayumov
Nazoratchi: Igor Nexochin
Komissar: Aleksandr Davidenko

Gol: Elguja Grigalashvili 90+3, - 0:1 (Muhsin Ubaydullaev).

"Turon": 87.Akmal Ortiqov, 2.Abduqahhor Xojiakbarov, 4.Asliddin Toshtemirov (25.Ismoiljon Ohunjonov, 56), 9.Jasurbek Hakimov (11.Asilbek Qayyumov, 77), 10.Javohir Sohibov (20.Dostonbek Meliqo'ziev, 68), 17.Muzaffar Muzaffarov, 23.Abdurahmon Abdulhaqov (22.Abdulazizxon Abdurashidov, 77), 30.Sinisha Babich, 32.Jahongir Mehmonov, 43.Kim Boyong (3.Davron Umirov, 68), 55.Dayan Ponevich.
Zaxira: 96.Islomjon Abdullaev, 5.G'iyos Komilov, 8.Sunnat Ermatov, 14.Sardorbek Xursandov, .

"Qizilqum": 1.Ignatiy Nesterov, 6.Erkin Baydullaev, 8.Giorgi Kuxianidze, 10.Mate Vatsadze (7.Oybek Qilichev, 79), 14.Fayzullo Qambarov, 18.Jasur Azimov, 19.Jamshid Hasanov (9.Behruz Sadilloev, 62), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 21.Muhin Ubaydullaev, 30.Elguja Grigalashvili, 75.Oleg Tolmasov.
Zaxira: 22.Artyom Makosin, 4.Mirjalol Qosimov, 11.SHamsiddin Sag'dullaev, 23.SHerali Jo'raev, 25.Azizbek Usmonov, 44.Humoyun Abdualimov, 62.Jahongir Ergashev. 

Ogohlantirishlar: Muzaffar Muzaffarov 22, Asliddin Toshtemirov 48, Jasur Azimov 75, Sinisha Babich 87.
 


YANGILASH



90+4. O'YIN TUGADI! "Turon" - "Qizilqum" 0:1

90+3. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ELGUJA GRIGALASHVILI! 0:1. Ubaydullaevning havodan uzatgan to'pini Elguja darvozaga yo'lladi!  






90+1. ZARBAAAAAAAAAAAAA! Oybek Qilichev jarima to'pini amalga oshirdi, to'p ustunga tegib qaytdi! Keyingi zarbani Sadilloev berdi - Ortiqovdan ajoyib seyv! 

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shildi

90. UXX! Ponevich jarima maydoni yaqinida Qilichevni yiqitdi, mehmonlarda xavfli jarima to'pi!

89. "Qizilqum"dan xavfli hujum, Sadilloevga zarba berishga imkon berishmadi!

87. Ogohlantirish. "Turon". Sinisha Babich

86. ZARBAAA! Sadilloev yaqin masofadan zarba berdi, to'pni Ortiqov qaytardi! 

84. Xavfli vaziyat! Abdulazizxon Abdurashidov chalqancha uslubda zarba berishga chog'langandi, to'p mehmonlar tomonidan qaytarildi.

79. O'zgarish. "Qizilqum". Vatsadze o'rniga Qilichev tushdi

77. O'zgarishlar. "Turon". Abdulhaqov va Hakimov o'rniga Abdurashidov va Qayyumov tushdi

75. Ogohlantirish. "Qizilqum". Jasur Azimov

68. O'zgarishlar. "Turon". Kim Boyong va Sohibov o'rniga Umirov va Meliqo'ziev tushdi

67. ZARBA! Vatsadzening yo'llagan aniq zarbasidan keyin Ortiqov to'pni ushlab oldi

65. ZARBA! Erkin Baydullaev jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, noaniq!

62. O'zgarish. "Qizilqum". Jamshid Hasanov o'rniga Behruz Sadilloev tushdi

56. O'zgarish. "Turon". Asliddin Toshtemirov o'rniga Ismoiljon Ohunjonov



54. ZARBA! Jamshid Hasanov jarima maydoni ichidan zarba berdi, Akmal Ortiqov o'z o'rnida!

51. ZARBAAA! Sinisha Babichning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan aniq zarbasidan keyin to'pni Nesterov ushlab oldi!

51. ZARBA! Erkin Baydullaev burchakdan to'pni to'g'ri darvozaga yo'lladi, Akmal Ortiqov to'pni egallab oldi

48. Ogohlantirish. "Turon". Asliddin Toshtemirov

46. Ikkinchi taym boshlandi! 


45. Birinchi taym tugadi, hozircha 0:0

45. ZARBAAAAAAAAAA! Yana Nesterovdan seyv! 

44. ZARBAAAAAA! Elguja Grigalashvilining kutilmagan zarbasidan keyin Ortiqov seyv namoyish etdi! 

43. ZARBA! Jarimadan uzatilgan to'pni Toshtemirov boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq

40. ZARBAA! Erkin Baydullaevning yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi! Xavfli zarba edi! 

40. "Qizilqum"da jarima to'pi tepish imkoniyati, darvozagacha taxminan 25 metrlar bor

38. Xavfli vaziyat! Kim Boyongning o'ng qanotdan yo'llagan uzatmasiga Jasur Xakimov bir oz etmay qoldi!

33. ZARBA! Abdurahmon Abdulhaqovning jarima maydoni yonidan yo'llagan aniq zarbasidan keyin yana Nesterov to'pni qaytardi!

31. "Turon"da jarima to'pi, Babichning jarima maydoniga uzatgan to'pini Nesterov osongina ushlab oldi

29. ZARBA! Yana mehmonlarda burchak to'pi, Vatsadzening bosh bilan yo'llagan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi!

27. ZARBA! "Qizilqum" burchak to'piga ega bo'ldi, uzatib berilgan to'pni dastlab Qambarov, so'ngra Vatsadze bosh bilan darvozaga yo'lladi, noaniq

24. ZARBA! Muzaffarov jarima maydoni tashqarisidan chap oyoqda zarba berdi, noaniq

22. Ogohlantirish. "Turon". Muzaffar Muzaffarov



20. ZARBAAAAAAAAA! Muzaffarovning jarimadan yo'llagan kuchli zarbasidan keyin to'pni Nesterov qaytardi! Qaytgan to'pni Ponevich darvoza tomon yo'lladi, to'p darvoza to'riga tashqi tomonidan tegdi! 

14. ZARBA! Javohir Sohibovning raqib jarima maydoni ichkarisidan yo'llagan zarbasini Nesterov egallab oldi.

9. ZARBAA! Yana mezbonlardan hujum, o'ng qanotdan Babichning havodan uzatgan to'pini Jasur Hakimov akrobatik tarzda darvozaga aniq yo'lladi, Nesterov osongina to'pni ushlab oldi!

7. Xavfli vaziyat! "Turon"ning hujumi, Kim Boyong birga bir vaziyatda noaniq zarba berdi!

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 18:45da boshlanadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика