Superliga. "Turon" antirekord qayd etdi
26 sen 2021 11:00
Yangiliklar
Superliga. "Turon" antirekord qayd etdi
Igor SHkvirin shogirdlari Toshkentda "Paxtakor" bilan bahsda 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. O'yinda dastlab Dragan CHeran hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi taym avvalida Vladislav Kasmininning goli evaziga mehmonlar hisobni tenglashtirishdi.
61-daqiqada SHerzod Temirov "Paxtakor"ni yana hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, 90-daqiqada Hojimat Erkinov jamoasining uchinchi golini urib o'yinga nuqta qo'ydi. SHu tariqa "Paxtakor" ikkinchi davradagi beshinchi g'alabasini rasmiylashtirdi.
"Turon" esa kecha antirekord qayd etdi. Sababi bu jamoaning ketma-ket mag'lubiyati beshtaga etdi. Ikkinchi davra boshlanganidan so'ng yaypanliklar uyda "So'g'diyona"ni 1:0 hisobida mag'lub etishgandi. SHundan so'ng 5ta uchrashuvda maydonga tushgan Turon hammasida imkoniyatni boy berdi. "Turon" qatorasiga "Lokomotiv", "Nasaf", AGMK, "Navbahor" va "Paxtakor"ga mag'lub bo'ldi.
Superliga debyutanti birinchi davrada ketma-ket uch uchrashuvda mag'lubiyatga uchragandi. Ikkinchi davrada esa bu antirekord yanada yirik ko'rinish oldi. Igor SHkvirin shogirdlari navbatdagi turni yana safarda "Qizilqum"ga qarshi (3 oktyabr) o'tkazishadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar