So’nggi yangiliklar

14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  14 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  1 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   6 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   1 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  6 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  3 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  6 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  10 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  21 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2

Superliga: Tur laureatlari aniqlandi FOTO Yangiliklar

Superliga: Tur laureatlari aniqlandi FOTO

Ananamizga muvofiq Superliganing 12-turining eng yaxshilarini elon qilamiz.

"CA" Superligani yangicha formatda yoritadi

Tur o'yini: "Lokomotiv" - "Qizilqum" 2:2
- Superliganing 12-turidan o'rin olgan uchrashuvlar ichidan eng qiziqarli va kutilmagan scenariylarga boy o'tgan bahs so'zsiz Toshkentda o'tdi. "Lokomotiv" barcha kutgandek "Qizilqum"ni ortiqcha qiyinchiliksiz taslim eta olmadi. Aksincha, "temiryo'lchilar" uchrashuvning so'nggi soniyalarida arang mag'lubiyatdan qutilib qolishdi. Turning kutilmagan natijasi ham aynan ushbu bellashuvda sodir bo'ldi. Navoiyda yirik hisobda "Qizilqum"ni mag'lub etgan "Loko", o'z uyidagi o'yinda bu ishni takrorlay olmadi. Umuman uchrashuv juda qiziqarli va xavfli vaziyatlarga boy tarzda o'tdi. "Qizilqum"ga o'yin debyutidagi tezkor gol butun uchrashuv davomida dadil o'ynashiga yordam bergan bo'lsa, "Loko"ga qo'shimcha daqiqalarda kiritilgan gol as qotdi. SHu tariqa "Lokomotiv" - "Qizilqum" uchrashuvi tur o'yini deb etirof etildi.

Tur muxlislari - Namanganda
- "Navbahor" - "Metallurg" uchrashuvida namanganlik ishqibozlar butun bahs davomida o'z suyuklilarini juda faol va qizg'in qo'llab-quvvatlab turishdi. Muxlislar stadionda ajoyib muhitni yaratishgani ham o'yinga zeb berib turdi. SHu boisdan tur muxlislari deb "Navbahor" ishqibozlari tanlandi.

Tur hakami - Olim To'ychiboev
- Superliganing 12-turida eng yaxshi ishlagan hakam deb AGMK - "Bunyodkor" uchrashuvini boshqargan Olim To'ychiboev topildi. Yosh hakam o'yinni ortiqcha bahsli holatlarsiz va bir tekis boshqarib bordi. Muhimi, qo'pol xatolarga yo'l qo'ymadi. SHu tariqa Olim To'ychiboev tur hakami deya etirof etildi.

Tur matbuot xizmati - "Navbahor"
- "Navbahor" klubi matbuot xizmati ushbu turda "Metallurg"ga qarshi o'yin atrofi va uchrashuvdan keyingi jarayonlarni ancha faol yoritdi. Yangilikka intilish va kreativ yondoshuvga qo'l urayotgan "Navbahor" matbuot xizmatining ishga bo'lgan munosabati maqtovga loyiq. SHu boisdan ham "Navbahor" matbuot xizmati ushbu turning eng yaxshisi deb topildi.


Tur iqtibosi: "CHiroyli futbol uchun sifatli maydon zarur"
- "Paxtakor" himoyachisi Akmal SHorahmedov Jizzaxdagi maydon holatini tanqid qildi. SHorahmedov jamoasining ko'ngildagidek futbol namoyish etmaganini maydon holati bilan bog'ladi.

"CHiroyli futbol ko'rsatish uchun avvalo maydon holati yaxshi bo'lishi kerak. CHiroyli futbol uchun sifatli maydon zarur. Maydon holati yaxshi bo'lganida o'z o'yinimizni ko'rsatardik"
(c) Akmal SHorahmedov

P.S. Darhaqiqat, Superliga klublarimiz maydonlari hali-hamon yaxshi holatga kelmayotgani achinarli. Nafaqat Jizzaxdagi maydon holati, balki boshqa jamoalarning ham maydoni talab darajasida emas. PFL esa o'zi qo'ygan talabni bajartira olmayapti va bunga chora ham qo'llamayapti.


Tur goli - Filip Raevac
- AGMK - "Bunyodkor" uchrashuvida mezbonlar darvozasini ishg'ol etgan Filip Raevacning dastlabki kiritgan to'pi turning eng chiroyli goli nominaciyada g'olib chiqdi. Sardor Sobirxo'jaevning ajoyib uzatmasidan keyin hujumchi chiroyli ijro orqali Pavel Matyash darvozasini aniq nishonga oldi. SHu tariqa Raevacning bu goli tur goliga loyiq ko'rildi.


Tur darvozaboni - Botirali Ergashev
- Ushbu turda darvozabonlarga ko'p ham ish topilmadi. SHu boisdan ham "Metallurg"ga qarshi o'yinda o'z darvozasi dahlsizligini saqlashga muvaffaq bo'lgan Botirali Ergashev tur darvozaboni nomiga munosib ko'rildi. Ergashev birinchi bo'limda Zohid Abdullaevning yakkama-yakka vaziyatida jamoasini goldan qutqarib qoldi.

Tur murabbiyi - Hamidjon Aktamov
- Inqirozdan keyin g'alabali seriyani boshlab olgan "Lokomotiv"dan Toshkentda ochko olish oson yumush emas. Jamoalarning holati va tarkibdan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, "Qizilqum"ning Toshkentda "Loko" bilan durang qayd etishi sensaciyaga teng. Kechagi bahsda esa "Qizilqum" durang qayd etmadi, balki tayyor g'alabani durangga almashib qo'ydi. Uchrashuvda esa "Qizilqum" juda yaxshi va puxta o'ynadi. Birinchi bo'limda "Qizilqum" raqibini taktik taraflama enga oldi. Bu esa hisobda ham o'z aksini topgandi. Ammo ikkinchi bo'limda "Lokomotiv" hujumkorlikni oshirdi va o'yinga qo'shib berilgan oxirgi soniyalarda bir amallab muvozanatni tiklovchi golni kiritdi. SHuni qayd etish kerakki, "Qizilqum" shu kuni juda xavfli va samarali o'ynadi. Himoyada ham jamoa tartibli va mustahkam o'ynayotgandi. Ammo oxirgi soniyalardagi pala-partishlik va birozni diqqatni qochirish pand berdi. Ammo bu murabbiyning o'yinga tanlagan taktika nechog'lik to'g'ri bo'lganiga soya sololmaydi. Amaldagi chempion jamoa uyida dadil va ishonchli to'p surgan "Qizilqum"ning durang natijasi qoniqarli. SHu boisdan ham Hamidjon Aktamov turning eng yaxshi murabbiyi nomiga munosib deb topildi.

Tur futbolchisi - Azamat Allaniyazov
- "Navbahor" - "Metallurg" uchrashuvi qahramoniga aylangan va bellashuvda xet-trik qayd etib "lochinlar"ga muhim g'alabani keltirgan Azamat Allaniyazov so'zsiz turning eng yaxshi futbolchisi nomiga loyiq. Azamat Allaniyazov ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushib, "Metallurg" darvozasini uch marotaba ishg'ol etishni uddasidan chiqdi. Ushbu xet-trik Allaniyazovning faoliyatidagi dastlabkisi hisoblanadi. Superligada esa bunga qadar "Qizilqum" hujumchisi Elguja Grigalashvili bir uchrashuvda uchta gol urib xet-trik qayd etgandi.

Ramziy terma jamoa (3-4-3)

Darvozabon: Botirali Ergashev - quruq o'yin ("Navbahor").

Himoyachilar: Igor Golban - gol+quruq o'yin ("Nasaf"), Darko Stanoevich - quruq o'yin ("Navbahor"), Sardor Qulmatov - ishonchli o'yin ("So'g'diyona").

Yarim himoyachilar: Sardor Sobirxo'jaev - 2ta assist ("Bunyodkor"), Aziz Turg'unboev - 2ta assist ("Navbahor"), Muhammadanas Hasanov - gol ("Qo'qon-1912"), SHavkat Salomov - gol ("Buxoro").

Hujumchilar: Azamat Allaniyozov - 3ta gol ("Navbahor"), Filip Rayevac - 2ta gol ("Bunyodkor"), Nemanya Yovanovich - gol+pas ("Qizilqum").

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика