Superliga. Tur darvozaboni - Sanjar Quvvatov
05 apr 2021 13:04
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/629255_original.jpg)
![](/upload/storage/629255_220.jpg)
Superliga. Tur darvozaboni - Sanjar Quvvatov
Bugun 1-3 aprel kunlari bo'lib o'tgan to'rtinchi tur laureatlari va ramziy terma jamoasini etiboringizga havola etamiz.
Coca Cola Superliga. 4-tur ramziy terma jamoasi
Ortda qolgan 4-turning eng yaxshi darvozaboni deb "Paxtakor" klubi azosi Sanjar Quvvatovni topdik. "Paxtakor" Toshkentda "Metallurg"ni qabul qildi. Uchrashuv "sherlar"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. "Paxtakor" darvozaboni Sanjar Quvvatov ana shu g'alabaga katta hissa qo'shdi. Hisob 2:1 bo'lib turgan pallada Quvvatov Zohid Abdullaevning yaqin masofadan bosh bilan bergan zarbasini Noyer uslubida chiqib kelib qaytarib qoldi. Kiper bahs davomida uchta seyvni ijro etdi va murakkab vaziyatda jamoasini potencial goldan qutqarib qoldi.
SHu tariqa, bu turda chiroyli seyvi bilan jamoasining g'alabasiga katta hissa qo'shgan Sanjar Quvvatov 4-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.
O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar