So’nggi yangiliklar

02:07U21 биринчилиги. Бир ўйинда 13 та карточка, 7 гол урилган ўйинда "Навбаҳор" ғолиб, пешқадамдан йирик ғалаба: 10-тур натижалари билан танишинг (+ЖАДВАЛ)  0 00:50Алан Ширер: "Аморим билан барчаси ёмонлашди"  1 00:29"Реал" Хаби Алонсо тайинловини қачон эълон қилади?  0 23:49Месси фаолиятидаги энг севимли голини айтди  3 23:14Бэйл: "Тоттенхэм" қарғишдан қутулди"  5 22:44Расман: "Барселона" Рафинья билан шартномани узайтирди  1 22:11Родриго "Реал"дан кетишни истамаяпти  1 21:41Европа лигасининг мавсум футболчиси ва рамзий термаси эълон қилинди  0 21:27Суперкубок чипталари 23 май куни сотувга чиқарилади  7 20:59Деку: "Ямалга ПСЖ қизиқиш билдирди, "Реал" эса йўқ"  5 20:14Хайр, афсона! Лука Модричнинг "Реал"дан кетиши маълум қилинди  21 20:01"Челси" Экитике трансфери бўйича музокаралар олиб бормоқда  0 19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  6 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  2 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  16

Superliga to'xtab qolgani haqida "Futbol Ekspress" jurnalisti: "Maosh yo'qligi "qora qozon"ga jiddiy tasir qilmoqda" Yangiliklar

Superliga to'xtab qolgani haqida "Futbol Ekspress" jurnalisti: "Maosh yo'qligi "qora qozon"ga jiddiy tasir qilmoqda"

Teglar :  SuperligaKarantin
Jurnalist Abdulhafiz Abdulhamidov "Facebook"dagi "Futbol-taym" guruhida koronavirus pandemiyasi tufayli to'xtab qolgan futbol bo'yicha O'zbekiston chempionati gazeta jurnalistlarini ishsiz qolishiga va bu "qora qozon"ga tasir qilayotgani haqida to'xtalgan.

"FUTBOL EKSPRESS" TAQDIRI YOXUD QORA QOZONGA HOLATNING JIDDIY TA'SIRI

"Koronavirus asoratlari kamayib, yurtimizdagi karantinlar biroz yumshagach, oddiy hayot ham normallashib borishi tabiiy. Hamma zerikdi, rahbarlardan tortib, oddiy xalqgacha. Millionlar o'yinini qanchalik sog'inganligimizni tasavvur ham qila olmaysiz. Ilgari ham stadionlarda to'p tepilgan va uni tomosha qilish uchun minglab tomoshabinlar kirganligiga ishongingiz kelmay qolarkan.

Kam muxlis tashrif buyuradigan bo'lsada, "Lokomotiv" o'yinlarini ham qo'msadik, farqi qolmadi. Televizorda eski o'yinlarni qayta ko'rish bilan xumor yozdi qilinmoqda. Boshqa iloj yo'q. Jonli tarzda Belorus chempionatini namoyish etayotganligidan xabar topsak, Rossiyaning "Match" kanalidan uzoqlashmaymiz. Vaholanki, saviya bobida ushbu chempionat ancha ortda ekanligi oydinlashadi. Tanlov bo'lmagagach, APL singari ardoqlashga majburmiz. Dunyoning barcha burchagida ushbu pandemiya deya ataluvchi balo oqibatida ommaviy sport tadbirlari bekor qilingan. Uch-to'rt kundan buyon o'zimizga qo'ng'iroqlar jonlanib qoldi.

Gazetaning qachon chiqishini so'rashmoqda. Gazeta do'konlari ochilgach, kam sonli bo'lsada sadoqatli o'quvchilarimizda umid uchqunlarini paydo qilgan ko'rinadi. Demak, hayot o'z yo'liga tushib bormoqda va insonlarning ko'ngliga matbuot sig'moqda. Sog'inishganda! Uydagi bir xillikdan zerikishgan. Ayniqsa, internet bilan do'stlashmagan katta yoshdagi insonlar. Afsuski, hozircha xursand qiladigan xabarlar yo'q. Birinchidan, mamlakatimizda futbol musobaqalari tiklanishi borasida rasman ruxsat bo'lsin. Ana shunda klublarimiz ham tayyorgarlikka kirishishadi va materiallar qilish uchun mavzular topiladi. Ikkinchidan, gazeta chiqdi ham deylik. Butun O'zbekiston bo'ylab tarqaladi va etkazib borish uchun yo'llar to'liq ochilishi ham zarur. Uchinchi, muhim omil, o'zimiz ham "kasallanib" qoldik. Xavotirlanmang, internet bizni ham o'ziga rom qilib oldi. Malumotlarni ijtimoiy tarmoqlardan olayotganlardan ozgina bo'lsada ranjirdik. Nega gazeta o'qimay qo'yganlarini tahlil qilishga urinmasdik ham. Mana ularni tushunib boryapmiz.

Savdo to'xtagandan keyin maosh yo'q va gazeta qo'llab-quvvatlamasa, boshqa joydan daromad topmaydiganlarga qiyin. Uydagi muhitni shunday pallada tasavvur qilavering. Ayniqsa, bu borada tushunchasi "baland" turadigan ayollarning kuni tug'adi... Atayin qilmayapmiz, lekin qora qozon qaynamasa... Ulug' ayyom kunlarida saharlik va iftorlikda to'kis dasturxon atrofida o'tirish barchaga nasib etsin... SHuning uchun, to'g'risi, nomi ulug', suprasi quruq matbuotdan ko'nglimiz ancha qolgani rost. Erkak kishi uchun birinchi galda oilada tiling uzun bo'lmasa, bari befoyda. Ko'chadagi obro'ingni ahamiyati umuman qolmaydi... Hissiyotlarga berilgan holda mushahada yuritayotganligimizni anglayotgandirsiz. SHu sababli "FE" borasida berilayotgan savollarga istamayroq javob qaytaryapmiz. Mushkulotlariga ko'nib sohani tanlagan bo'lsakda, hozirgi vaziyat chidab bo'lmas darajaga kelganda... noiloj... Yaxshiki mana shu "Facebook"dagi gruppa bilan ovunib, o'quvchilarimiz soni ko'payganda xursand bo'lib turibmiz. O'zimizni aldashga urinamiz. Yong'oqning shaqir-shuquriga ishqibozligimiz bilan umrimiz o'tib ketadi shekilli... Sabrning tagi oltin deya bejiz aytilmaydi. Vaziyat izga tushar, gazeta yana chop etilishi yo'lga qo'yilar va jurnalistlarning qora qozoni qaynay boshlar... Ungacha hali yana qancha mashaqqatlar oldimizda turganligini taxmin qilyapmiz.

Hozirgina oilamizdagi ikkinchi shaxs yonimizdan o'tib ketdi. Qovog'i hali ochiladigan emas. Mana shularning kayfiyati joyiga tushishi uchun ham gazetalar kerak shekilli. Ijodkorlik, sohaga mehr qo'yish allaqachon yuzinchi o'rinlarga tushib ketganligi aniq. Kelgusi avlod vakillariga maslahatimiz, ertangi kuningiz haqida jiddiy qayg'urishni istasangiz, tobora istemoldan chiqib borayotgan gazetalarga ishga o'tishni xayolingizga ham keltirmang. Mabodo yanglish qadam qo'ygan bo'lsangiz, hali ham kech emas. Biz boshqa sohaga moslashib keta olmasligimizga ishonib bo'lganmiz. Romantiklar davri o'tib ketibdi...", - deya yozgan Abdulhafiz Abdulhamidov.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика