So’nggi yangiliklar

09:15"Реал" ўзининг энг қиммат футболчиларидан бири билан хайрлашишга тайёр  0 08:51"Нефтчи"даги саҳифам ёпилди, кетиш икки томон учун ҳам фойдали бўларди" — Тома Табатадзе билан интервью  1 08:20МЛС. "Интер Майами" мағлубиятга учради, Мессининг голли серияси якунланди  2 08:00Неймарнинг голи "Сантос"га ғалаба келтирди, "Фламенго"нинг ғалабали серияси тўхтади  0 07:30"Нефтчи" мураббийи клубни тарк этди   2 01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  13 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  8 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  2 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  86 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  4 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6

Coca-Cola Superligasi. Ikkita qizil kartochka ko'rsatilgan o'yinda "Surxon" "Buxoro"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Coca-Cola Superligasi. Ikkita qizil kartochka ko'rsatilgan o'yinda "Surxon" "Buxoro"ni mag'lub etdi

O'zbekiston Superligasi 4-turi doirasida "Surxon" - "Buxoro" to'qnashuvi yakunlandi.

"Surxon" - "Buxoro" 2:0

31 mart, 2023 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 18:00

Hakamlar: SHavkat Nasibullaev, Aleksandr Sidorov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Sultonmurod Abdurahmonov

VAR hakami: Rahimbek Karimov

AVAR: Kristina Sereda

Nazoratchi: Zokir Qodirov

Komissar: Abbos Ahrorov

Gollar: 1:0 — 50, Silvanus Nimeli, 2:0 — 89, Humoyun SHerbo'taev.

"Surxon" - 1. Artyom Potapov, 2. Bobirjon Asqarov, 3. Sunnatulloh Hamidjonov, 7. Dostonbek Tursunov, 8. Humoyun SHerbo'taev, 10. Tamirlan Jamalutdinov, 18. Silvanus Nimeli, 19. Nuriddin Hasanov (99. Komron Saydazimov 87), 55. SHohjahon Sultonmurodov, 66. Behruz SHaydulov, 77. Asadbek Karimov (27. Asilbek Jumaev, 70)

Zaxira: 86. Davron Merganov, 5. Azizbek Pirmuhammadov, 6. Arcem Sokal, 15. Diyor Ramazonov, 16. Artyom Filiposyan, 22. Javohir Jo'raev, 25. Nodirbek Bobomurodov.

"Buxoro" - 13. Nikola Stoshich, 7. Jasur Azimov, 9. Aleksandr Kasyan, 10. Humoyunmirzo Iminov, 11. Temurbek Ismoilov, 15. Obid Jo'raboev (25. Abbosjon Otaxonov, 46), 17. Jamoliddin Ubaydullaev, 27. Ixtiyor Toshpo'latov (22. Ro'zimboy Ahmedov, 57), 77. Fayzullo Jumanqo'ziev, 80. Farruh Ibrohimov, 88. Vsevolod Nixaev (5. Dilshod Jo'raev, 46)

Zaxira: 20. Sardor Kobuljonov, 4. Mirjalol Jumaev, 14. Rustamjon Abduhamidov, 28. Sohib Muhammadiev, 90. Artur Zakiev, 91. Asiljon Begimqulov

Ogohlantirishlar: SHohjahon Sultonmurodov (26), Humoyunmirzo Iminov (67), Bobirjon Asqarov (73)

CHetlatishlar: Ro'zimboy Ahmedov (73), Tamirlan Jamalutdinov (77)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. SUPERGOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Humoyun SHerbo'taev kuchli zarba bilan raqib darvozaboniga imkon qoldirmadi.

87. "Surxon"da o'zgarish: Komron Saydazimov Nuriddin Hasanov o'rniga uchrashuvni yakunlab qo'yadi.

84. "Buxoro" ikkita ketma-ket qulay vaziyatdan foydalana olmadi.

77. "Surxon" futbolchisi Tamirlan Jamalutdinov raqibga nisbatan sportga xos bo'lmagan xatti-harakat amalga oshirgani uchun qizil kartochka ko'rsatdi.

73. Hakam VARga murojaat qildi hamda Ro'zimboy Ahmedovga qizil kartochka ko'rsatdi, Bobir Asqarov esa ogohlantirildi.

70. "Surxon" tarkibida o'zgarish: Asadbek Karimov o'rniga Asilbek Jumaev o'yinni davom ettiradi.

69. Kasyan yaqin masofadan bosh bilan xavfli zarba yo'lladi, unga biroz aniqlik etishmadi.

67. Iminov raqibga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

65. Buxoroliklar tomonidan yo'llangan zarba Potapovga qiyinchilik tug'dirmadi.

61. Nimeli maydonda yotibdi. Raqib futbolchilari esa bundan norozi.

57. "Buxoro"da o'zgarish: Ro'zimboy Ahmedov Ixtiyor Toshpo'latovni almashtirdi.

51. ZARBA! "Buxoro" tezkor javob qaytarishi mumkin edi. Jumanqo'zievning zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi. 

50. GOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Nimeli jarima maydoniga yaqin nuqtadan kuchli zarba bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Buxoro"da ikki o'zgarish: Obid Jo'raboev o'rniga Abbosjon Otaxonov, Vsevolod Nixaev o'rniga Dilshod Jo'raev maydonga tushirildi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

40. Ikkala jamoa futbolchilari o'rtasida to'qnashuv yuzaga keldi. Ularga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

39. Burchak to'pidan keyin Kasyan bosh bilan noaniq zarba yo'lladi.

37. Potapov xavfli harakat qildi. Uning tepgan to'pi Kasyanga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

31. Stoshichdan navbatdagi seyv! Tamirlan Jamalutdinovning uzoqdan yo'llagan zarbasini mehmonlar posboni qaytardi.

27. Dastlab mehmonlar standartdan, so'ngra mezbonlar qarshi hujumdan foydalana olmadi.

26. SHohjahon Sultonmurodov o'yin qoidasini buzgani uchun ogohlantirildi.

24. Mezbonlar amalga oshirgan burchak zarbasi hech kimga tegmasdan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

20. Stoshich Jamalutdinovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini oyog'i bilan qaytarib yubordi.

17. Sultonmurodov raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Jarima zarbasi belgilandi.

14. Mezbonlar tomonidan amalga oshirilgan jarima zarbasi unchalik xavfli bo'lmadi, Stoshich osongina to'pni egallab oldi.

11. Jumanqo'ziev chap qanotdan oldinga yurish qildi va burchak zarbasi ishladi.

8. Penalti belgilanmadi. Hakam erkin zarba berilishi lozimligini takidladi.

5. "Buxoro" hujum tashkillashtirdi. Fayzullo Jumanqo'ziev raqib jarima maydonida yiqildi. Mezbonlar darvozasi tomon 11 metrli jarima zarbasi belgilanishi mumkin. VAR vaziyatga aralashdi.

2. Mehmonlar jarima maydonida qarshisida xavf yuzaga keldi, Stoshich chaqqonroq harakat qilib, vaziyatni bartaraf etdi.

1. "Buxoro" futbolchilari uchrashuvni boshladi.

Bugun "Surxon" to'q ko'k, "Buxoro" oq rangli libosda harakat qiladi.

Uchrashuv 18:00 da boshlanadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика