So’nggi yangiliklar

01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  6 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  11 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  1 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  1 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  1 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  11 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  12 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  15 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  49 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  4 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0

Superliga. "Bunyodkor" "Surxon"ni yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "Bunyodkor" "Surxon"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Teglar :  BunyodkorSurxon
Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Bunyodkor" uchrashuvi yakunlandi.


4 iyul, yakshanba
SURXON – BUNYODKOR - 1:5

Gollar: Erkinov 9, Ikromov 39, 62, Tomiva 85, 87, G'ofurov 90+2.
Hakamlar:
Ahrol Risqullaev, Olimjon Abduvosilov, Daler Tilloev, Jaloliddin Husnitdinov.
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Abbos Ahrorov

"Surxon": 1. Azamat Ahmedov (12. Rustam Nortojiev 63), 5. Jasurbek Yoqubov ( 55. SHarofiddin SHobirov 63), 6. Alisher Salimov, 7. Islomjon Toshpo'latov, 9. Nizomjon Norov (10. Murodbek Bobojonov 54), 14. Jasur Xolto'raev, 15. Vladimir Bubanya, 19. Nuriddin Hasanov, 20. Husniddin G'ofurov, 66. Behruz SHaydulov, 77. Asror G'ofurov.
Zaxira: 17. Sardor Sulaymonov, 18. Eldor Boymatov, 21. Javohir Esonqulov, 33. Asilbek Temirov, 60. O'rol CHoriev, 70. Ibrohim Yo'ldoshev.

"Bunyodkor": 91. Zafar Safoev, 4. Davron Ergashev, 7. Sunnatillo Abdullajonov, 9. Farrux Ikromov (49. Ibrohim Tomiva 73), 10. Xurshid G'iyosov, 11. Rasul Yo'ldoshev, 13. Lutfulla To'raev, 17. Odiljon Abdurahmonov (8. Sanjar Rashidov 73), 19. Nurillo To'xtasinov, 22. SHahboz Erkinov, 30. Abdulla Abdullaev.
Zaxira: 1. Ravshanbek Yagudin, 3. Dian Talxatov, 6. Avazbek O'lmasaliev, 24. Bek Abdullaev, 26. Ulug'bek Abdullaev, 37. Muhammadodil Qahramonov, 48. Valeriy Akopov.

Ogohlantirishlar:
To'raev 45+1, Ikromov 50, Bubanya 52, To'xtasinov 58, Bobojonov 71, Xolo'raev 81.


YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Bunyodkor" yirik g'alabaga erishmoqda!

90+2. GOOOL! "Surxon" so'nggi daqiqalarda Husniddin G'ofurovning boshi bilan bergan zarbasi evaziga gol urdi - 1:5!

90. Hakam ikkinchi bo'limga uch daqiqa qo'shib berdi. 

87. Yana GOOOOL! Tomiva darvozabonning ustidan to'pni oshirib tepdi va dublni rasmiylashtirdi!

85. GOOOL! Ibrohim Tomiva hisobni yirik ko'rinishga olib keldi!

83. O'zgarish. Jasur Xolto'raev o'rniga O'rol CHoriev maydonga tushdi. 

81. Jasur Xolto'raevga sariq kartochka.

80. "Bunyodkor"da yana ikkita o'zgarish: Sunnatilla Abdullajonov o'rniga Ulug'bek Abdullaev, SHahboz Erkinov o'rniga Muhammadodil Qahramonov o'yinni davom ettiradi.

73. "Bunyodkor" tarkibida Odiljon Abdurahmonov o'rniga Sanjar Rashidov, Farrux Ikromov o'rniga esa Ibrohim Tomiva maydonga tushdi. 

71. Murodbek Bobojonovga sariq kartochka.

63. Biryo'la ikkita o'zgarish: Jasurbek Yoqubov o'rniga SHarofiddin SHobirov, Azamat Ahmedov o'rniga esa Rustam Nortojiev o'yinni davom ettiradi. Termizliklar murabbiyi darvozabonni almashtirishga qaror qildi. 

62. GOOOL! Farrux Ikromov dublni rasmiylashtirdi! U raqib himoyachilarining xatolaridan foydalanib, o'yindagi hisobni yanada yiriklashtirdi. 

58. Nurillo To'xtasinovga sariq kartochka.

54. "Surxon"da o'zgarish. Nizomjon Norov o'z o'rnini Murodbek Bobojonovga bo'shatib berdi. 

52. Endi Bubanya ogohlantirildi.

50. Farrux Ikromovga sariq kartochka. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim yakunlandi!

45+1. To'raevga sariq kartochka.

45. Birinchi bo'limga ikki daqiqa vaqt qo'shib berildi. 

39. GOOOL! Farrux Ikromov jarima maydonchasi atrofidan chap oyog'i bilan zarba berdi va jamoasining ikkinchi golini kiritdi!

O'yin davom etadi. 

Kichik tanaffus. Futbolchilarga suv ichib olish imkoniyati berildi. 

29. "Surxon" futbolchilari oldinga o'tishmoqda.

25. Nizomjon Norovning yo'llagan zarbasini Zafar Safoev qaytardi.

18. Husniddin G'ofurovdan xavfli zarbaaa! Ammo bu o'z samarasini bermadi. 

16. Bubanyadan biroz noaniq zarba.

13. Abdullajonovning bergan zarbasini Ahmedov bartaraf etdi.

12. "Bunyodkor" yana faol. To'xtasinovning jarimadan bergan zarbasi biroz noaniq. 

9. GOOOL! "Bunyodkor" hisobni ochdi. SHahboz Erkinov mezbonlar darvozasini ishg'ol qildi va jamoasini oldinga olib chiqdi - 0:1!

3. Abdullajonovdan zarba. Biroz noaniq.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика