So’nggi yangiliklar

09:37Пролига. Бугун 5-тур давом эттирилади  0 09:10“Рома“ тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзоламоқчи  3 08:48“Ал Ҳилол“ супер футболчи билан музокараларни бошлади  0 08:16Sofascore. Азизжон Ғаниев кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:50Довбик Шомуродов ҳақида фикр билдирди  10 07:25Трент “Реал“да қанча ишлаб олиши маълум  9 02:11АПЛ. Дуранг ўйнаган "Ноттингем Форест" ЧЛ зонасига қайта олмади  3 01:48А Серия. "Милан" иродали ғалабага эришди, аммо жамоа ҳали ҳам кучли саккизликда эмас  2 01:17"Париж" - 46 йилдан сўнг Лига 1да! Унинг стадиони ПСЖ аренасидан йўлнинг нариги томонида жойлашган (мутолаа учун)  4 00:55Моуринью 2010 йилда "Интер"нинг "Барселона" устидан қозонган ғалабаси ҳақида: "Ўша воқеани тасвирлаши мумкин бўлган сўз йўқ"  19 00:50Кафу Рафинья ҳақида: "У билан "Олтин тўп" учун рақобатлаша оладиган ўйинчиларни кўрмаяпман"  3 00:09Рафинья: "Мен Италия терма жамоасида ўйнашга жуда яқин келганман"   4 23:09"Интер"нинг муҳим футболчиларидан бири "Барселона"га қарши ўйнамайди  4 22:47"Олимпик" "ФарДУ"ни таслим қилган баҳсдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:33ЛаЛига жамоаси футболчиларининг бутса ва қўлқопларини ўғирлаб кетишди. Машғулот бекор қилинди  2

Superliga. "Surxon" o'z uyida "Bunyodkor"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "Surxon" o'z uyida "Bunyodkor"ni mag'lub etdi

Teglar :  BunyodkorSurxon
Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
 

Uchrashuv boshida Termizda juda ham noqulay ob-havo ikkala jamoa futbolchilarining chiroyli futbol namoyish etishiga xalaqit qilmoqda. 

14-daqiqada SHavkat Salomov yaqin masofadan darvozaga zarba berdi, Zuhurov to'pni ushlab oldi. 17-daqiqada Azam Aliev uzoqdan kuchli zarba berdi, biroz noaniq ketdi.

19-daqiqada Husniddin G'ofurov chamasi 20 metrlardan chap oyog'i bilan gol urdi - 1:0. 

25-daqiqada Xurshid G'iyosov uzatib bergan to'pni Mirjahon Mirahmadov boshi bilan noanq tarzda yo'lladi. 28-daqiqada SHerzod Karimovning kuchli zarbasi biroz noaniq chiqdi. 

31-daqiqada dastlab Salomov, keyin Karimov burchak to'pidan to'g'ri darvozaga zarba berishdi, ikkala vaziyatda Zuhurov qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.

40-daqiqada SHavkat Salomovning burchakdan uzatgan to'pini Vladimir Bubanya boshi bilan darvozaga yo'lladi - 2:0. 

45+1-daqiqada Salomov jarima to'pini amalga oshirdi, Zuhurov to'pni qaytardi.

Birinchi taym tugadi. 

Ikkinchi taym boshlandi. 

48-daqiqada Dilshod Ahmadalievning kuchli zarbasini Asilbek Amonov qaytardi. Burchak to'pidan keyin Mirahmadovning zarbasi noaniq chiqdi.

65-daqiqada Dilshod Ahmadaliev qulay imkoniyatdan noaniq zarba berdi. 66-daqiqada Jasur Jaloliddinovning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

80-daqiqada uzoq davom etgan hujumni Axmadaliev o'z zarbasi yakunladi. Amonov to'pni egallab oldi. 

82-daqiqada Javohir Qahramonovning bosh bilan bergan zarbasini "Surxon" darvozaboni qiyinchiliksiz egallab oldi.

O'yinda "Surxon" 2:0 hisobida g'alaba qozondi.



SURXON – BUNYODKOR 2:0
23 iyun 2019 yil. Termiz. "Surxon" stadioni. 6320 tomoshabin.
Hakamlar
: Hasan Ro'ziev, Olim Abduvosilov, Ravil SHoyaxmitov, Naim Qosimov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: SHoxruh Said.

Gollar: Husniddin G'ofurov 19, - 1:0 (SHavkat Salomov). Vladimir Bubanya 40, - 2:0 (SHavkat Salomov).

"Surxon": Asilbek Amonov, Abduqahhor Hojiakbarov, Rahmatullo Berdimurodov, SHerzod Karimov (Ayubxon No'monov, 76), SHavkat Salomov (Azamat Allaniyazov, 90), Abdul Aziz Yusupov (SHerzod Hakimov, 60), Abrorbek Ismoilov, Vladimir Bubanya, Husniddin G'ofurov, Azamjon Aliev, Darko Stanoevich.
Zaxira: Sardor Qobuljonov, Najmiddin Normurodov, Ravshan Xursanov, Ubaydullo Xoliqulov, Mirzokamol Kamolov, Abbosbek Maxstaliev.

"Bunyodkor": Murodjon Zuxurov, Islom Qobilov, Anvar G'ofurov, Dilshod Ahmadaliev, Jasur Jaloliddinov, Hurshid G'iyosov, Lutfullo To'raev, Mirjahon Mirahmadov (Javohir Qahramonov, 56), Sanjar Qodirqulov, Ulug'bek Abdullaev (Nurillo To'xtasinov, 52), Suhrob Izzatov (Vladislav Nuriev, 78).
Zaxira: Abdumavlon Abdujalilov, Sergey Proxorov, Bobur Farhodov, Sanjar Rihsiboev, Muhammadodil Qahramonov.

Ogohlantirishlar: Husniddin G'ofurov 33, Nurillo To'xtasinov 55, Abduqahhor Xojiakbarov 90+1.

Surxon

Anvarzhon G'ofurov - 19', Vladimir Bubanya - 40'

Superliga. 12-tur

23/06/2019, 18:00

0
:
2
Tugadi

Bunyodkor

45'
90'
19'  Anvarzhon G'ofurov
19'  SHavkat Salomov
33'  Anvarzhon G'ofurov
40'  Vladimir Bubanya
40'  SHavkat Salomov
60'  Abdulaziz Yusupov (Sherzod Hakimov)
76'  Sherzod Karimov (Ayubxon Nomanov)
90'  SHavkat Salomov (Azamat Allaniyozov)
90'  Abduqahhor Xozhiakbarov
52'  Ulug'bek Abdullaev (Nurillo To'xtasinov)
55'  Nurillo To'xtasinov
56'  Mirzhahon Mirahmadov (ZHavohir Qahramonov)
57'  Lutfulla To’rayev


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика