LaLiga jamoasi futbolchilarining butsa va qo'lqoplarini o'g'irlab ketishdi. Mashg'ulot bekor qilindi
05 may 22:33
Yangiliklar


LaLiga jamoasi futbolchilarining butsa va qo'lqoplarini o'g'irlab ketishdi. Mashg'ulot bekor qilindi
Juma kuni Madrid klubi La Liga doirasida "Xetafe"ni (1:0) mag'lub etdi va ikki kun dam olish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Jamoa dushanba kuni ertalab mashg'ulot bazasida yig'ilishi kerak edi.
Biroq, As nashri Unión Rayo’ga tayanib xabar berishicha, hech kim belgilangan vaqtda maydonga chiqmagan. Malum bo'lishicha, mashg'ulotning bekor qilinishiga dam olish kunlari sodir bo'lgan butsa, qo'lqop va boshqa inventarlarning o'g'irlanishi sabab bo'lgan. Malumotlarga ko'ra, "Rayo Valekano" mashg'ulot bazasida sport kiyimlari, jumladan, o'yinchilarning ko'plab butsalari o'g'irlangani tufayli birinchi jamoa mashg'ulotlari to'xtatilgan.
Qayd etilishicha, bu kabi hodisa birinchi marta sodir bo'layotgani yo'q. O'yinchilar klub prezidenti Raul Martin Presaga murojaat qilib, muammoni hal qilish choralarini ko'rishni so'rashgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar