So’nggi yangiliklar

02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  9 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  5 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  5 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  10 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  21

Superliga. Jizzaxda 6 ta gol urilgan oqshomda "So'g'diyona" "Dinamo"ga imkoniyat qoldirmadi Yangiliklar

Superliga. Jizzaxda 6 ta gol urilgan oqshomda "So'g'diyona" "Dinamo"ga imkoniyat qoldirmadi

Bugun Superliganing 13-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Qarshida «Qizilqum» OKMKni qabul qilsa, Jizzaxda «So'g'diyona» va «Dinamo» o'zaro bahs olib boradi.

"So'g'diyona" – "Dinamo" 4:2 (TUGADI)

28 iyun. Jizzax. "So'g'diyona Markaziy" stadioni. 20:00

Bosh hakam: Sultonmurod Abdurahmonov

Qanot hakamlari: Amir Galeev, Daniil Yatcenko

Zaxira hakami: Erlan Nurjanov

VAR: Firdavs Norsafarov

AVAR: Alisher Usmonov

Nazoratchi: Fayzullo Hasanov

Komissar: Feruz G'aniev

Gol: Vladimir Yovovich 8, 1:0, SHohruh Abdurahmonov (Vladimir Yovovich) 18, 2:0, Ratino  45, 2:1, Sanjar SHoahmedov (Joel Kojo) 53, 2:2, Xondamir Mustafoqulov (Oleg Zoteev) 65 3:2,, Samandar Sindarov 90+5, 4:2

"So'g'diyona" — 27.Milan Mitrovich, 2.Sardor Qulmatov, 3.Islomjon Qobilov, 8.Vladimir Yovovich (9.Samandarjon Mavlonqulov, 62), 10.SHoxruxbek Abduraxmonov (5.Jasurbek Yoqubov,62), 11.Zoran Petrovich (17.Samandar Sindarov, 89), 14.Lyupche Doriev, 15.Xondamir Mustafoqulov, 28.Stanislav Andreev, 32.Nodirjon Soyibov (18.Mirjalol Abdumutalov,89), 33.Oleg Zoteev
Zaxira: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 4.Otabek Ahadov,  6.Alisher Salimov,  42.Sardorbek Erkinov, 82.Fazliddin Omonkeldiev.

"Dinamo" — 13.Ravshanbek Yagudin, 3.Ulug'bek Abdullaev (9.Xumoyunmirzo Iminov,69), 4.Odilbek Abdumajidov (29.Vladimir Kozak, 69), 7.Fransis Narx (35.Emmanuel Yagr, 89), 10.Joel Kojo, 17.Salim Mustafoev, 18.Dilshod Raxmatullaev (22.Sanjar SHoaxmedov,46), 20.Yurani Fransisko Ferreyra, 21.Anvarjon Xojimirzaev, 30.Abubakir Mo'ydinov (8.Xislat Xalilov, 69), 44.Dushan Miyich.
Zaxira: 1.Farhod Rahmatov, 11.Damir Temirov, 14.Baxodir Nasimov,   77.Vohidjon Oqbo'taev.

Ogohlantirish: Nodirjon Soyibov ("So'g'diyona") 48, Sardor Qulmatov ("So'g'diyona") 63, Oleg Zoteev ("So'g'diyona") 77, Sardor Qulmatov ("So'g'diyona") 83, Anvar Xojimirzaev ("Dinamo") 83, Zoran Petrovich ("So'g'diyona") 87

CHetlatish: Sardor Qulmatov ("So'g'diyona")


MATNLI TRANSLYACIYA


Uchrashuv tugadi. 

90+5. GOL. "So'g'diyona" o'yinga nuqtani qo'ydi. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Samandar Sindarov o'yindagi to'rtinchi golni urdi. 

90. Ikkinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shib berildi. 

89. O'ZGARISH. "Dinamo", Francis Narx o'rniga Emmanuel Yagr tushdi. 

89. O'ZGARISH. "So'g'diyona", Zoran Petrovich o'rniga Samandar Sindarov tushdi.

87. OGOHLANTIRISH. "So'g'diyona", Zoran Petrovich. 

85. O'ZGARISH. "So'g'diyona", Nodirjon Soyibov o'rniga Mirjalol Abdumutalov tushdi. 

83. OGOHLANTIRISH+CHETLATISH. Qulmatovga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatildi va chetlatildi. Anvar Xojimirzaev ham sariq bilan siylandi. 

82. Xojimirzaev va Qulmatov to'qnashib ketdi. Qiziqarli jarayon. 

77. OGOHLANTIRISH. "So'g'diyona", Oleg Zoteev. 

75. Ratino hujum boshladi, Xojimirzaev zarba yo'lladi. Noaniq. 

69. O'ZGARISH. "Dinamo", Ulug'bek Abdullaev o'rniga Xumoyunmirzo Iminov, Abubakr Mo'ydinov o'rniga Hislat Halilov, Odil Abdumajidov o'rniga Vladimir Kozak tushdi. 

65. GOL. Mushuk va sichqon o'yini davom etadi. Endi "So'g'diyona" gol urdi va hisobda oldinga o'tib oldi. Oleg Zoteevning chap qanotdan bergan uzatmasini Xondamir Mustafoqulov boshi bilan golga aylantirdi. 

63. OGOHLANTIRISH. "So'g'diyona", Sardor Qulmatov

62. O'ZGARISH. "So'g'diyona", SHohruh Abdurahmonov o'rniga Jasur Yoqubov, Vladimir Yovovich o'rniga Samandar Mavlonqulov tushdi. 

60. "Dinamo" goldan so'ng jonlandi. 

58. Hakam golni hisobga oldi. 

55. VAR golni tekshirmoqda. 

53. GOL. "Dinamo" hali mag'lubiyatni tan olgani yo'q va hisobni tenglashtirdi. Zaxiradan maydonga tushgan Sanjar SHoahmedov jarima maydonchasi tashqarisida zarba yo'lladi. Kojo unga to'pni qulay qilib uzatib bergandi, 2:2

52. ZARBA. Yovovichning zarbasi noaniq ketdi. 

48. OGOHLANTIRISH ."So'g'diyona", Nodirjon Soyibov

46. O'ZGARISH. "Dinamo", Dilshod Rahmatullaev o'rniga Sanjar SHoahmedov tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 


Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

45. GOL. Super gol, chiroyli gol. Aytdima "Dinamo" golga yaqin deb. Samarqandliklarning braziliyalik legioneri Ratino uzoq masofadan kuchli zarba yo'lladi. To'p darvoza to'ridan o'rin egalladi. 

41. ZARBA. "So'g'diyona" qarshi hujumda "Dinamo"ni jazolashi mumkin edi. Petrovichning zarbasini Yagudin qaytardi, qaytgan to'pni Doriev darvozaga yo'lladi. Noaniq. 

37. ZARBA.  XAVFLI VAZIYAT. Anvarjon Xojimirzaevning zarbasini Mitrovich qiyinchilik bilan bartaraf etdi. "Dinamo" golga yaqin kelmoqda.

32. ZARBA. Joel Kojo jarima maydonchasi ichiga kirib borib zarba berdi. Mitrovich to'pni qaytardi. 

30. ZARBA. "Dinamo"dan kam sonli hujum. Dilshod Rahmatullaevning zarbasidan so'ng to'p darvoza to'rining tashqi tomoniga tegdi. 

24. Dorievdan juda yaxshi uzatma. Petrovich to'pga ulgurmadi. 

20. Ratino "So'g'diyona" futbolchisi Andreevga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

18. GOL. Yovovich tezkor harakatlar bilan SHohruh Abdurahmonovni yaxshi vaziyatga olib chiqdi. Abdurahmonov kuchli zarba bilan "Dinamo" darvozasiga yo'l topdi. 

10. Ustunlik to'liq maydon egalarida. Petrovichning zarbasi yo'liga himoyachilar to'siq bo'la oldi. 

8. GOL. "So'g'diyona" uchrashuvda birinchi bo'lib hisobni ochdi. Vladimir Yovovich "Dinamo"ning bir nechta futbolchisini ko'rdim demay aldab o'tib Yagudin darvozasini aniq zarba bilan ishg'ol qildi. 

1. "Dinamo" o'zining birinchi hujumini uyushtirdi. Narxning uzatmasidan so'ng Xojimirzaev qulay poziciyaga chiqib bordi. Lekin hujum samarasiz yakunlandi. 

- O'yin boshlandi. 

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика