So’nggi yangiliklar

23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  0 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  46 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  13 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4

Superliga. "So'g'diyona" mavsumdagi sakkizinchi g'alabasini "Bunyodkor" ustidan qo'lga kiritdi Yangiliklar

Superliga. "So'g'diyona" mavsumdagi sakkizinchi g'alabasini "Bunyodkor" ustidan qo'lga kiritdi

Superliga 14-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Bunyodkor" uchrashuvi nihoyasiga etdi.

Hakamlar: Rahimbek Karimov, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, Akmal Rahimov

VAR hakami: Akobir SHukrullaev

Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev

So'g'diyona

ZHavohir Qahramonov - 17'

Superliga. 14-tur

01/08/2022, 20:00

0
:
2
Tugadi

Bunyodkor

Avazbek O'lmasaliev - 73'

45'
90'
17'  ZHavohir Qahramonov
43'  Luka CHermel
46'  Daniel Nasriddinov (Abdujalil Manazarov)
65'  Jasur Hasanov O (Vitaliy Denisov)
65'  Hislat Halilov (SHavkat Salomov)
65'  Husniddin G’ofurov (Samandarjon Mavlonkulov)
67'  Marko Kolakovich
52'  Davronzhon Ergashev
55'  Farhod Mirahmatov (ZHasur YOqubov)
60'  Pavel Mogilevec (Dmitrie Pobulich)
73'  Avazbek O'lmasaliev
76'  Usmonali Ismonaliev (Bilol Tupliev)
76'  Muhammadsafo Fozilov (Rasul Yo'ldoshev)

"So'g'diyona" – "Bunyodkor" 2:0 

Jizzax. "So'g'diyona" stadioni, 20.00

Gollar: Javohir Qahramonov (Jasur Hasanov) 17', Avazbek O'lmasaliev avotogol 73'

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 2.Sardor Qulmatov, 6.Iskandar SHayqulov, 7.SHahboz Jo'rabekov, 11.Jasur Hasanov (s) (26.Vitaliy Denisov, 65), 12.Hislat Halilov (9.SHavkat Salomov, 65), 17.Husniddin G'ofurov (28.Samandarjon Mavlonqulov, 65), 19.Javohir Qahramonov, 31.Luka CHermel, 77.Daniel Nasriddinov (21.Abdujalil Manazarov, 46), 93.Marko Kolakovich

Zaxira: 1.SHirinboy Abdullaev, 3.Dian Talxatov, 5.Ayubxon No'monov, 20.Bahodir Nasimov, 44. Yure Obsivac

"Bunyodkor": 91.Zafar Safoev, 4.Davron Ergashev (s), 6.Avazbek O'lmasaliev, 8.Fransis Narx, 15.Jasur Hakimov, 17.Farhod Mirahmatov (5.Jasurbek Yoqubov, 55), 18.Pavel Mogilevec (11.Dmitrie Pobulich, 60), 22.Usmonali Ismonaliev (19.Bilol Tupliev, 76), 25.Muhammadsafo Fozilov (10.Rasul Yo'ldoshev, 76), 29.Muzaffar Olimjonov, 33.Umarali Rahmonaliev

Zaxira: 32.Suhrob Sultonov, 3.Mahmudjon Mahamadjonov, 14.Husayn Ergashboev, 21.G'ayrat Azizxo'jaev, 37.Muhammadodil Qahramonov

OgohlantirishlarLuka CHermel (43), Marko Kolakovich (67)

CHetlatishDavron Ergashev (52)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Bahs yakunlandi! 

Ikkinchi taymning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

87. Zarbaaaa!  Dian Talxatovning mahorat bilan yo'llagan zarbasi biroz noaniq ketdi. To'p naqd darvoza to'qqizligi tomon yo'naltirilgandi...

85. Kolakovichning bosh bilan bergan zarbasidan keyin Zafar Safoev qoyilmaqom seyv namoyish qildi. 

82. Vitaliy Denisov va Rasul Yo'ldoshev o'rtasida kichik tortishuv yuzaga keldi.  

80. SHahboz Jo'rabekovning zarbasi kutilganidek chiqmadi. 

76. "Bunyodkor"da 2 ta almashtirish: Ismonaliev o'rniga Tupliev, Fozilov o'rniga Yo'ldoshev bahsni davom ettiradi. 

73. GOOOOOOOOOOOL! Avazbek O'lmasalievning bosh bilan o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi Zafar Safoev bu vaziyatda ojiz qoldi. 

71. Qahramonovning havolatib oshirgan pasidan keyin to'pni Safoev egallab oldi. 

68. Narxning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi Kolakovich tomonidang "bloklandi".

67. Marko Kolakovich qoidani buzdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

65. "So'g'diyona"da 3 ta o'zgarish: Hasanov o'rniga Denisov, Halilov o'rniga Salomov, G'ofurov o'rniga Mavlonqulov maydonga tushdi.   

60. "Bunyodkor"da o'zgarish: Pavel Mogilevec o'rniga Dmitrie Pobulich bahsni davom ettiradi.

55. Zarbaaaa!  Javohir Qahramonovning erlatib yo'llagan zarbasi posbon tomonidan bartaraf qilindi. 

55. "Bunyodkor"da almashtirish: Farhod Mirahmatov o'rniga Jasur Yoqubov maydonga tushirildi.

52. Javohir Qahramonovga nisbatan juda qo'pol o'ynagan Davron Ergashevga qizil kartochka ko'rsatildi! 

50. Zarbaaaaa!  Umarali Rahmonalievning uzoqdan yshllagan kuchli zarbasi juda-juda xavfli chiqdi! 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. "So'g'diyona"da o'zgarish: Daniel Nasriddinov o'rniga Abdujalil Manazarov tushdi.

Birinchi taym yakunlandi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus!

Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Pavel Mogilevecning uzatmasi himoyachilar tomonidan "bloklab qo'yildi".

43. Luka CHermel qo'piollik ishlatgani bois ogohlantirildi.

41. Qahramonovning burchak zarbasidan keyin ichkariga uzatgan to'pini Ergashev o'z darvozasi oldidan uzoqlashtirdi.

40. Qahramonovning burchak zarbastdan oshirgan to'pidan keyin Kolakovich bosh bilan zarba berdi, to'p raqibga tegib maydonni tark etdi. Yana burchak to'pi. 

36. Uuux! Jasur Hakimov darvozabon bilan birga-bir holatga chiqib borib, bosh bilan zarba berdi, Mitrovich to'p yo'liga to'qanoq chiqdi.

31. Rahmonaliev to'p uchun faol ravishda kurashib, jamoasi foydasiga "aut" ishladi.

28. GOOOOOOOOOL! Davron Ergashev bosh bilan gol urib, muvozanatni tikladi – 1:1!  Yo'q, VAR golni inobatga olmadi. Gol bekor qilindi. 

26. Bu gal Javohir Qahramonov Rasul Yo'ldoshevni yiqitdi, "Bunyodkor" mazkur standart ketidan burchak zarbasi ishlab oldi. 

25. Zarba!  Pavel Mogilevec himoyachilarni chalg'itib, 18 metrdan zarba berdi, noaniq. 

24. "Bunyodkor" vaziyat hosil qilishga harakat qilmoqda, biroq hozircha barcha harakatlar samarasiz chiqmoqda. 

22. Javohir Qahramonov maydon markazida yiqilib tushdi, Pavel Mogilevec unga xalaqit qilishga uringandi. 

17. GOOOOOOOL! Jasur Hasanov qanotda ikki futbolchini aldab, qoyilmaqom uzatmani amalga oshirdi, so'ng himoyachining xatosidan keyin to'pni o'ziga qulay tarzda qabul qilib olgan Javohir Qahramanov darvozani ishg'ol qilishda qiynalmadi – 1:0!

13. Uuuuux!  SHahboz Jo'rabekovning o'ng qanotdan yo'llagan zarbasi juda xavfli ko'rinish oldi. To'p darvoza o'tkir burchagi yonidan o'tib ketdi. 

11. Pavel Mogilevec Husniddin G'ofurovga nisbatan fol ishlatdi, chamasi 30 metrdan jizzaxliklar foydasiga jarima to'pi belgilandi. Ammo standart foyda keltirmadi. 

7. "Kante" laqabiga ega Umarali Rahmonaliev markazda o'ziga xos reydni amalga oshirdi va qanot tomon ajoyib uzatmani qayd etdi. Keyingi vaziyatda esa to'p yo'qotildi. 

5. Uuuuux!  Tinib-tinchimas Jasur Hasanovning zarbasidan keyin "qaldirg'ochlar" sardori Davron Ergashev avtogol muallifiga aylanishi mumkmn edi. Darvozabon Zafar Safoev sergak turganini namoyish etdi. 

5. Mezbonlar dastlabki daqiqalardanoq ustunlikni sho' qo'llariga olishdi. 

3. Zarbaaa!  Qahramonovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini Luka CHermel darvozaga joylab qo'yishiga sal qoldi. To'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.  

2. Fransis Narx o'ng qanotda  Javohir Qahramonov bilan to'qnash keldi va uni yiqitishga majbur bo'ldi. 

1. Uchrashuvga start berildi!

Qiziqarli faktlar:

- "Bunyodkor" Superliga doirasida so'nggi bor 2018 yil Jizzaxda "So'g'diyona"dan ustun kelgan. 2019 yil 2:1, 2021 yil 0:0 hisobi qayd etilgan. 2020 yilgi uchrashuv pandemiya tufayli Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida o'tgan (3:3).

- Jamoalar shu paytga qadar 32 marta o'zaro to'qnash kelishgan. "Bunyodkor" 22 ta, "So'g'diyona" 8 ta g'alabaga ega, 2 ta o'yinda esa g'olib nomi aniqlanmagan.

- "So'g'diyona" hamda "Bunyodkor" o'rtasidagi so'nggi 10 ta uchrashuvdan 7 tasida durang qayd etilgan. 

- "Qaldirg'ochlar" 51 ta gol urgan bo'lishsa, "bo'rilar" raqib darvozasiga 15 ta to'p kiritishgan.

- Uchrashuv 20:00 da start oladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика