So’nggi yangiliklar

15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   1 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  3 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  6 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   1 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  4 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  11 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  14 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1

Superliga. "Andijon" ikkinchi davradagi ilk ochkosini Jizzaxda qo'lga kiritdi Yangiliklar

Superliga. "Andijon" ikkinchi davradagi ilk ochkosini Jizzaxda qo'lga kiritdi

Superliga 19-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Superliga, 19-tur

"So'g'diyona" – "Andijon" 1:1  

Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 19:15

Bosh hakam: Ahrol Risqullaev

Qanot hakamlari: Akmal G'iyosov, Avaz Abdullaev

Zaxira hakami: Jahongir Noraliev

VAR: Asker Najafaliev

AVAR: Zilola Rahmatova

Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev

Komissar: Oybek Yunusov

Gollar: Samandar Mavlonqulov 24, - 1:0 (Lyupche Doriev). Rustam Turdimurodov 55, - 1:1 (Farhod Sohibjonov).

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 3.Islomjon Qobilov, 4.Otabek Ahadov, 6.Alisher Salimov, 8.Vladimir Yovovich, 9.Samandar Mavlonqulov, 14.Lyupche Doriev, 23.Suhrob Izzatov (68.Sardorbek Hoshimov, 90+5), 28.Stanislav Andreev (99.Umidbek Sultonov, 72), 32.Nodirjon Soyibov, 33.Oleg Zoteev.

Zaxira: 1.SHohruh Isoqov, 7.Muhammadsafo Fozilov, 17.Samandar Sindarov, 22.Aleksey Nosko, 34.Dilshod Misiraliev, 82.Fazliddin Omonkeldiev, .

"Andijon": 1.Eldor Adhamov, 5.Abdulvohid G'ulomov, 8.Farhodbek Bekmuratov, 10.Ilhomjon Abdig'aniev (99.SHahrom Samiev, 78), 13.Sardorbek Azimov, 15.Vladimir Bubanya, 17.Farhodjon Sohibjonov (9.Levan Arveladze, 90+5), 21.Ildar Mamatkazin, 26.Muhammadkarim Toirov, 77.Rustam Turdimurodov (71.Bektemir Abdumannonov, 90+5).

Zaxira: 72.Igor Litovka, 3.Lyubica Pecel, 18.Damir Temirov, 19.Abinur Nurimbet, 28.Islombek Mamatkazin, 66.Ilhom Alijonov, .

Ogohlantirishlar: Sardorbek Azimov 67, Abdurahmon Komilov 82,


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+10. O'yin tugadi, 1:1

90+9. ZARBAAAA! O'ng qanotdan uzatilgan to'pdan keyin Arveladze boshi bilan darvozaga zarba berdi, to'p ustunga tegib maydonni tark etdi!

90+5. ZARBAAAAAAA! ARVELADZEEE! Uning zarbasidan keyn to'p darvoza to'siniga tegib maydonni tark etdi

90+5. O'zgarishlar. "Andijon". Sohibjonov va Turdimurodov o'rniga Arveladze va Abdumannonov tushdi

90+5. O'zgarish. "So'g'diyona". Izzatov o'rniga Hoshimov tushdi

90+2. ZARBA! Burchak to'pidan keyin Qobilov darvozaga zarba berdi, noaniq!

90+1. ZARBAAAA! Dorievning kuchli va aniq zarbasidan keyin yana Adhamov jamoasini goldan qutqardi! 

90. Uchrashuvga 9 daqiqa qo'shildi

85. ZARBAAA!  Salimovning jarimadan yo'llagan zarbasidan keyin Adhamov ajoyib seyv namoyish etdi!

83. Bosh hakam yana VARga murojaat qildi, bu vaziyatda "Andijon" futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatilishi mumkinligi tekshirildi, hammasi joyida o'yin davom etadi 

82. Ogohlantirish. "Andijon". Abdurahmon Komilov

78. O'zgarish. "Andijon". Abdig'aniev o'rniga Samiev tushdi

76. Bosh hakam VAR bilan gaplashdi, "Andijon" darvozasiga penalti belgilanishi mumkin... yo'q hammasi joyida, penaltiga asos yo'q.

72. O'zgarish. "So'g'diyona". Andreev o'rniga Umidbek Sultonov tushdi

67. Ogohlantirish. "Andijon". Sardorbek Azimov

55. GOL! Sohibjonovning to'p uzatishidan keyin Rustam Turdimurodov jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba bilan hisobni tenglashtirdi - 1:1.

46. Ikkinchi taym boshlandi



45+1. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 1:0

45+1. ZARBA! Abdig'anievning kuchli zarbasi biroz noaniq ketdi

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

41. ZARBAAA! "Andijon"ning hujumi, yaqin masofadan yo'llangan zarba himoyachiga tegib maydonni tark etdi! 

35. "Andijon" gol o'tkazgach hujumga zo'r bermoqda, ammo faqat Sohibjonovning bir o'zi hech nima qila olmayapti

24. GOL! Samandarjon Mavlonqulov! Dorievning o'ng qanotdan oshirgan to'pini Mavlonqulov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:0! 

23. ZARBAAA! Mavlonqulovning to'p uzatishidan keyin Vladimir Yovovich darvozaga aniq va kuchli zarba berdi, Adhamov to'pni qaytardi! 

15. "Andijon"ning hujumi, Sohibjonovning yo'llagan zarbasi anchagina noaniq ketdi

10. ZARBA! Farhod Bekmuratovning uzoqdan yo'llagan aniq zarbasidan keyin Mitrovich to'pni qaytardi!

5. ZARBA! Suhrob Izzatovning uzatgan to'pini Oleg Zoteev darvozaga yo'lladi, Adhamov to'pni egallab oldi! 


1. Uchrashuv boshlandi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика