So’nggi yangiliklar

23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  26 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  6 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  18 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1

Superliga. "Sho'rtan" o'z uyida "Buxoro" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

Superliga. "Sho'rtan" o'z uyida "Buxoro" bilan durang o'ynadi

Teglar :  Buxoro SHo'rtan
Superliganing 29-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" – "Buxoro" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Superliga, 29-tur
"Sho'rtan" – "Buxoro" 1:1
19 noyabr 2025 yil. G'uzor, "Sho'rtan" stadioni.  
Hakamlar: 
Ahrol Risqullaev, Alisher Usmonov, Aleksandr Sidorov, Alisher Rahimqulov
Nazoratchi: Viktor Serazitdinov
VAR: Asker Najafaliev
AVAR: Amal Sultonov
Komissar: Sherzod Rajabov.
Gollar: Frane Ikich 58, - 0:1 (Frane Chiryak). Po'latxo'ja Xoldorxonov 65, - 1:1.
"Sho'rtan": 1.Shohruh Eshbo'taev, 4.Ulug'bek Xudayberdiev, 8.Abubakr Rizo Turdialiev, 11.Jasur Hakimov (79.Mahmud Jo'raboev, 76), 14.Abror Toshqo'ziev (24.Doniyor Narzullaev, 76), 17.Farruh Muxtorov (9.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 46), 21.Muhammadaziz Ibrohimov (19.Nuriddin Hasanov, 60), 22.Sardor Sadullaev, 55.Azizbek Pirmuhammadov, 70.Mirjalol Jumaev, 88.Diyorbek Asomiddinov.
Zaxira: 35.Sherzod Abduraimov, 7.Bekzod Suvonov, 15.Jo'rabek Mannonov, 45.G'anisher Qodirov, 99.Sardorbek Saidov.

"Buxoro": 21.Otabek Boymurodov, 2.Izzatillo Po'latov, 5.Sardor Qulmatov, 10.Azizbek Amonov (19.Bilol Tupliev, 84), 17.Javohir Ro'ziev, 22.Toma Tabatadze, 25.Frane Chiryak (8.Anvarjon Jo'raev, 84), 27.Muhammad Yo'ldoshev (4.Javohir O'tamurodov, 90+1), 33.Yosip Tomashevich (97.Shahboz Jo'rabekov, 81), 88.Dominik Begich, 94.Frane Ikich.
Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 11.Ibrohim No'monov, 14.Alisher Xayrullaev, 92.Nikita Karpenko, 95.Nodir Ahmadjonov.

Ogohlantirishlar: Frane Ikich 39, Jasur Hakimov 51, Azizbek Amonov 69, Mahmud Jo'raboev 87, 


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

 

90+5. O'yin tugadi. "Sho'rtan" - "Buxoro" 1:1

90+4. ZARBAAAAAA! Tuplievning reydidan keyin Ikich yaqin masofadan gol ura olmadi! 

90+1. O'zgarish. "Buxoro". Yo'ldoshev o'rniga O'tamurodov tushdi

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shildi

88. ZARBAA! Jo'rabekovning zarbasiga ham aniqlik etishmadi 

88. ZARBA! Ikichning zarbasi noaniq ketdi 

87. Ogohlantirish. "Sho'rtan". Jo'raboev 

84. O'zgarishlar. "Buxoro". Chiryak va Amonov o'rniga Jo'raev va Tupliev

82. Po'latov hozir Hasanovni aldab oldinga o'tdi, lekin to'p uzatishd xato qildi, to'g'rirog'i Jumaev to'pni qaytardi

81. O'zgarish. "Buxoro". Tomashevich o'rniga Jo'rabekov tushdi 

76. O'zgarishlar. "Sho'rtan". Toshqo'ziev va Hakimov o'rniga Narzullaev va Jo'raboev tushdi 

72. ZARBAAAAA! Diyorbek Asomiddinov burchak to'pidan to'g'ri darvozani nishonga oldi, ustun "Buxoro"ni qutqardi! 

69. Ogohlantirish. "Buxoro". Azizbek Amonov 

65. GOL! Sadullaev o'ng qanotdan to'pni oldinga uzatdi, Po'latxo'ja ikki raqibni aldab jarima maydoni markaziga yaqinlashib chap oyoqda gol urdi - 1:1. GOLNI KO'RISH60. O'zgarish. "Sho'rtan". Ibrohimov o'rniga Hasanov tushdi 

58. GOL! Burchakdan Chiryak uzatgan to'pni Ikich boshi bilan darvozaga yo'lladi - 0:1. GOLNI KO'RISH55. ZARBAAA! Ro'zievning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi 

53. ZARBAAAAAA! Amonovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Begich boshi bilan darvozaga yo'lladi, Eshbo'taevdan yana bir superseyv!

51. Ogohlantirish. "Sho'rtan". Jasur Hakimov

49. ZARBAAAA! Chiryakning havodan uzatgan to'pini Tabatadze boshi bilan darvozaga yo'lladi, Eshbo'taevdan superseyv! Qanot hakami bu vaziyatda ofsayd borligini qayd etdi 

48. ZARBAA! Begichning to'p uzatishidan keyin Amonov 17 metrlardan kuchli zarba berdi, biroz noaniq! To'p himoyachiga ham tekkan ekan 

46. Ikkinchi taym boshlandi 

46. O'zgarish. "Sho'rtan". Muxtorov o'rniga Xoldorxonov tushdi 


45+1. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 0:0

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi 

44. Xavfli vaziyat. Chiryak jarima to'pini amalga oshirdi, Amonov to'pni egallab darvoza yoniga uzatdi, Jumaev boshi bilan to'pni qaytarib yubordi, uning ortida Begich turgandi 

41. ZARBA! Ro'zievning o'ng tomondan uzatgan to'pi Tabatadzega bordi, Tomaning zarbasi noaniq ketdi 

40. Ibrohimov jarima to'pini amalga oshirdi, Qulmatov to'pni boshi bilan qaytardi 

39. Ogohlantirish. "Buxoro". Frane Ikich 

39. Xavfli vaziyat! Yana Turdialievdan xato, Begich to'pni egallab Tabatadzega oshirdi, Tomaning o'ng tomondan uzatgan to'piga Begich eta olmadi! 

38. ZARBA! Amonov-Yo'ldoshev-Po'latov kombinaciyasi Izzatilloning chap oyoqdagi noaniq zarbasi bilan tugadi. 

36. ZARBAA! Juda xavfli vaziyat! Chiryak maydon markazida Turdialievdan to'pni olib qo'yib oldinga Amonovga to'p uzatdi, Aziz birga bir vaziyatga chiqib o'ng oyoqda zarba berdi, noaniq! 

34. "Buxoro"ning hujumi, Javohir Ro'zievning uzoqdan tepgan to'pi noaniq ketdi 

26. Zarba! Burchak to'pidan keyin Tomashevich jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, ancha noaniq 

22. Xavfli vaziyat! "Buxoro"ning hujumi Amonovning zarbasi bilan tugadi, to'p himoyachidan maydonni tark etdi. 

16. Zarba! Turdialievning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi ancha noaniq chiqdi 

15. Zarba! Sadullaev himoyadan to'pni hujumga uzatdi, Jasur Hakimovning jarima maydoni ichidan tepgan to'pi noaniq ketdi 

10. "Buxoro"da aut, Po'latovning jarima maydoniga uzatgan to'pini Qulmatov boshi bilan sherigiga oshirdi, to'p Toma Tabatadzening qo'liga tegib ketdi va hujum to'xtadi  

5. "Buxoro"da burchak to'pi, Amonovning uzatgan to'pini Eshbo'taev ushlab oldi 

4. Zarba! Po'latov Begichning to'p uzatishidan keyin darvozaga aniq zarba berdi, Eshbo'taev o'z o'rnida! 

3. Zarba! Toshqo'zievning o'ng qanotdan chap oyoqda yo'llagan zarbasi noaniq ketdi 

1.O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi. 

Reyting:    

Fikrlar

+1   
19 noy 20:38:52
Туйгун
Azimovv foydalanuvchining fikriga javob berish
Olga shortan provakatorlarni pro ligaga tortib ket
Каланга сани
   
19 noy 17:46:59
barselona7
Шўртан ҳар бир очко учун шунча жон куйдирар экан олдинроқ қаерда эди?
-2   
19 noy 17:45:57
Saidjahon
Хомяковни севимли сунгги дакикалари бошланяпти
-2   
19 noy 17:32:53
Azimovv
Olga shortan provakatorlarni pro ligaga tortib ket
-2   
19 noy 16:26:32
Фарход
Бу учрашувда ОЧКО БУХОРО клубига зарур, Шуртан келаси мавсум про-лига голиби булиб кайтишини кутамиз.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика