So’nggi yangiliklar

17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  1 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  1 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  0 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   14 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  4 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  10 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   2 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  6 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1

Superliga. 7-turning ilk uchrashuvida "Qo'qon-1912" "Xorazm"dan ustun keldi Yangiliklar

Superliga. 7-turning ilk uchrashuvida "Qo'qon-1912" "Xorazm"dan ustun keldi

Superliga 7-turidan o'rin egallagan "Qo'qon-1912" – "Xorazm" bahsi poyoniga etdi.

Superliga

7-tur

"Qo'qon-1912" – "Xorazm" 1:0 

Qo'qon. "Markaziy" stadioni. 18:00

Gol: Шahzod Beshimov penalti 44'

Bosh hakam: Firdavs Norsafarov

Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Baxtiyor Шavkatov

Zaxira hakami: Xushnud Suyunboev

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

VAR: Doston Rahmonov

AVAR: G'ayrat Jo'raev

Komissar: Oybek Davletmuratov

"Qo'qon-1912": 13.Azizxon Isaqov, 4.Asliddin Toshtemirov, 6.Alisher Salimov, 7.Шota Gvazava, 8.Baxtiyorjon Qosimov, 11.Шahzod Beshimov (14.Jasur Xolto'raev, 90+4), 19.Шahzod Akramov, 22.Muhammadanas Hasanov (18.Bahrom Abdurahimov, 83), 23.Bekjon Jo'raboev (9.Javohir Husanov, 90+4), 44.Andro Giorgadze, 69.Egor Kondratyuk (5.Jasurbek Yoqubov, 80).

Zaxira: 1.Rustam Nortojiev, 10.Husniddin G'ofurov, 15.Zafar Hakimov, 17.Alisher Xayrullaev, 30.Ibrohimjon Muxtorov.

"Xorazm": 12.Sardor Qobuljonov, 5.Dilshod Jo'raev, 8.Xazratjon Tursunqulov (22.Sanjar Шoahmedov, 79), 10.Murodbek Bobojonov (99.Шahrom Samiev, 67), 11.Humoyunmirzo Iminov (9.Jasur Azimov, 79), 15.Vladimir Bubanya, 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 44.Dostonbek Tursunov, 77.Sunnatulla Abdullajonov (7.Temurbek Ismailov, 67), 88.Abror Xo'sinov (66.Ilhomjon Alijonov, 39), 94.Rustamjon Abduhamidov.

Zaxira: 1.Mashhurjon Muhammadjonov, 3.Ravshanbek Sultanov, 18.Francis Narx, 20.Danila Ejov.

Ogohlantirishlar: Bekjon Jo'raboev (34), Rustamjon Abduhamidov (50), Ilhomjon Alijonov (63), Alisher Salimov (72), Dilshod Jo'raev (90+7).

MATNLI TRANSLYACIYA

UCHRAШUV YAKUNLANDI!

90+7. Dilshod Jo'raev qo'pollik qilgani uchun ogohlantirildi. 

90+4. "Qo'qon-1912"da 2 ta o'zgarish: Beshimov o'rniga Xolto'raev, Jo'raboev o'rniga Husanov bahsga qo'shildi. 

90. Ikkinchi taymga 7 daqiqa qo'shildi. 

89. Tursunov yana Beshimov bilan to'qnashdi. Maydonda kichik tortishuv yuzaga keldi. 

87. Uuux! Dilshod Jo'raevning bosh bilan bergan zarbasidan keyin to'p darvoza ustuniga tegib maydondan chiqib ketdi. 

84. "Qo'qon-1912"da almashtirish: Hasanov o'rniga Abdurahimov maydonga tushdi.  

82. Uuuux! Azimovning chamasi 19 metrdan bergan kuchli zarbasi biroz noaniq ketdi.  

80. Zarbaaa! Sandar Шoahmedovning jarima maydonchasi ichida yo'llagan zarbasi himoyachiga tegib qaytdi. 

80. "Qo'qon-1912"da o'zgarish: Kondratyuk o'rniga Yoqubov tushdi. 

79. Zarba! Abduhamidovning uzoqdan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

79. "Xorazm"da 2 ta o'zgarish: Tursunqulov o'rniga Шoahmedov, Iminov o'rniga Azimov o'yinni davom ettiradi. 

75. Uuux! Samiev yaqin masofadan ikki bor himoyachini poyladi. Juda jiddiy vaziyat yuzaga kelgandi. 

72. Alisher Salimov Alijonovga nisbatan qoidani buzdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

71. Hasanovning ichkariga oshirib bergan to'pini himoyachilar bartaraf qilishdi. 

67. "Xorazm"da 2 ta almashtirish: Abdullajonov o'rniga Temurbek Ismailov, Bobojonov o'rniga Samiev maydonga tushdi. 

66. Yaxshi tashkil etilgan hujum Dilshod Jo'raevning noaniq zarbasi bilan yakun topdi. 

63. Hasanovga nisbatan qo'pol o'ynagan Alijonov ogohlantirish oldi. 

61. Zarbaaa! Iminovning zarbasi, xavfli ammo noaniq ko'rinish oldi – to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi. 

59. Uuuux! Шahzod Akramov ikki himoyachini aldab, zarba yo'lladi, ammo so'nggi pallada Tursunov jamoasi joniga ora kirdi.

58. Abdullajonov bir raqibini ortda qoldirdi, ammo keyin Salimov to'sig'iga uchradi va hujum poyoniga etdi.  

55. Uuux! Beshimov jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va Qobuljonovni sinovdan o'tkazdi. Erlatib yo'llangan zarbani tajribali posbon qaytarishga erishdi. 

53. Zarbaaa! Beshimovning o'ng oyoqdagi kuchli zaobasini Qobuljonov qaytardi! 

53. Alijonovning havodan amalga oshirgan uzatmasi Isaqovga haqiqiy sovg'a bo'ldi desak adashmaymiz. Posbon hech bir qiyinchiliksiz to'pga ega chiqdi. 

50. Zarbaaa! Abduhamidovning kuchli zarbasini Isaqov qaytardi. Aslida burchak zarbasi berilishi kerak edi, hakam darvozabon to'pga tegmadi deb topdi. Etirozini bildirgan Abduhamidovga sariq kartochka ko'rsatildi. 

49. Uuuux! Alijonovning uzatmasi xavfli zarbaga aylanib ketdi, to'r darvoza ustuni oldidan o'tdi. 

48. Mezbonlar bo'limni juda faol boshlashdi, mehmonlar hozircha raqibni kutib olish bilan band.

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus! 

45+1. Dostonbek Tursunov Beshimovni turtib yubordi. VAR vaziyatni ko'rib chiqdi va hech kimni jazolamadi. 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

44. GOL! Beshimov penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi – 1:0!

42. Penalti! Beshimov birga-bir holatda Qobuljonov tomonidan yiqitildi. U darvozabonni aldab o'tgandi. 

39. "Xorazm"da o'zgarish: jarohatlangan Xo'sinov o'rniga Alijonov tushirildi. 

38. Xo'sinov Isaqov bilan jiddiy to'qnashib ketib o'yinni davom ettirolmaydigan bo'ldi. 

35. Uuux! Iminovning jarima zarbasdan oshirib bergan to'pini Toshtemirov o'z darvozasiga to'g'rilab yuborishiga bir baxya qoldi, Isaqov qutqardi. 

34. Bekjon Jo'raboev Abduhamidovga nisbatan qo'pol harakat qildi va ogohlantirildi. 

33. Zarbaaa! Bekjon Jo'raboev chap oyoqda erlatib yo'llagan zarbasi ancha xavfli ko'rindi. 

30. Giorgadze Iminovning oyog'ini bosib oldi. Шifokorlar ungi tibbiy yordam ko'rsatishmoqda. 

27. Uuuux! Bobojonovning bosh bilan bergan qulay pasidan keyin Tursunqulov yaqin masofadan xavfli, ammo noaniq zarba ijro etdi. 

26. Iminovning aqlli pasidan so'ng Abduhamidov to'pga ulgurmadi va himoyachi qarshiligiga uchradi. 

22. Zarbaaaa! Bobojonovning bosh bilan yo'llagan zarbasini Azizxon Isaqov bartaraf etdi. Yaxshi zarba, chiroyli seyv! 

21. Zarba! Toshpo'latovning "aut"dan oshirib bergan pasidan keyin Vladimir Bubanya oyog'i bilan xavfsiz zarba berdi.  

18. Zarba! Asliddin Toshtemirov olisdan xavfli, ammo noaniq zarba yo'lladi.  

16. Hasanovning uzatmasidan keyin Beshimov bosh bilan zarba berishning uddasidan chiqolmadi. To'p sal teparoqdan o'tib ketdi. 

15. Abdullajonovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng to'p maydonni tark etdi. 

12. Uuux! Muhammadanov Hasanovning burchak zarbasidan tepgan to'pi darvoza to'siniga tegdi.  

8. Xorazmliklarning hujumi yakuniga etmay qoldi. Giorgadze jamoasi joniga ora kirdi. 

6. Ixtiyor Toshpo'latov maydon markazida Kondratyuk bilan to'qnashib ketdi va maydonda qimiralmasdan yotibdi. Unga shifokorlar tibbiy yordam ko'rsatishmoqda. 

3. Egor Kondratyuk o'ng qanot orqali jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va noaniq zarbaga mualliflik qildi.  

1. Bahs boshlandi!

- Uchrashuv 18:00 da boshlanadi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика