So’nggi yangiliklar

18:59ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон — КХДР 1:0 (матнли трансляция)  24 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Фаластин дарвозасига йўл топа олмади!  4 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Япония Хитой дарвозасига жавобсиз 7 та гол урди!   5 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ футболчилари "Бунёдкор" стадионига етиб келишди  6 17:36ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР: Асосий таркибимиз маълум  42 17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  6 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  8 17:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР учрашувини кимлар шарҳлайди?  7 16:53Расман: МЮ ва "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Австралия давом эттиради  4 16:34Фабрицио Романо: "Каземиро "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда"  4 16:15Breaking! Абдуқодир Ҳусанов Францияга учиб кетмоқда  16 15:51Ўзбекистон ва КХДР ўзаро ўйинлар тарихи. Пхеняндаги мағлубият, Гейнрихнинг чиройли голи ва Австралияда "порлаган" Сергеев  4 15:26Футзал. Панаманинг Жаҳон чемпионати учун якуний таркиби маълум  0 14:45Саралаш баҳслари старти олдидан Ширшов хотирасига турнир ташкил қилинди  5 14:07Ўзбекистон - КХДР: Терма жамоамиз таркибида йўқотиш бор  21

Superliga. "Qizilqum" va "Surxon" 1 ochkodan bo'lishib olishdi Yangiliklar

Superliga. "Qizilqum" va "Surxon" 1 ochkodan bo'lishib olishdi

Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Surxon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Coca-Cola Superliga. 10-tur
18 iyun, juma
20:00 - QIZILQUM – SURXON 1:1

Gollar: Erkin Baydullaev 57' – Jasur Xolto'raev 34'

Gol urilmagan penalti: Oybek Qilichev (darvoza to'sini) 12'
Hakamlar: SHavkat Nasibullaev, Timur Galeev, Akmal G'iyosov, Ilya Ilin
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Laziz Qo'chqorov

"Qizilqum": 1.Ignatiy Nesterov, 6.Erkin Baydullaev, 7.Oybek Qilichev (10.Mate Vatsadze, 52), 8.Giorgi Kuxianidze, 14.Fayzullo Qambarov, 17.Salim Mustafoev, 18.Jasur Azimov (21.Muhsin Ubaydullaev, 76), 19.Jamshid Hasanov (30.Elguja Grigalashvili, 52), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 23.SHerali Jo'raev, 75.Oleg Tolmasov.
Zaxira: 22.Artyom Makosin, 4.Mirjalol Qosimov, 9.Behruz Sadilloev, 11.SHamsiddin Sagdullaev, 25.Azizbek Usmonov, 44.Humoyun Abdualimov.

"Surxon": 1.Azamat Ahmedov, 6.Alisher Salimov, 7.Islomjon Toshpo'latov, 9.Nizomjon Norov (38.Muhammad Ali Abdurahmonov, 78), 14.Jasur Xolto'raev (10.Murodbek Bobojonov, 84), 15.Vladimir Bubanya, 19.Nuriddin Hasanov, 20.Husniddin G'ofurov, 55.SHarafildin SHobirov, 66.Behruz SHaydulov, 77.Asror G'ofurov.
Zaxira: 12.Rustam Nartadjiev, 86.Davron Merganov, 3.Kamoliddin Ashurov, 18.Eldor Boymatov, 33.Asilbek Temirov, 60.O'ral CHoriev, 70.Ibrohim Yo'ldoshev.

Ogohlantirishlar: Fayzullo Qambarov (85), Asror G'ofurov (90+3).

Bahs durang bilan yakunlandi! 

90+4. "Surxon"da o'zgarish: Hasanov o'rniga CHoriev tushdi. 

90+3. Grigalashvili bilan tortishib ketgan Asror G'ofurovga sariq berildi. 

90+1. Nuriddin Hasanovning zarbasi darvoza sohasiga aniq bormadi.

Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shildi. 

87. Ignatiy Nevterov darvozani tark etib, "Surxon" uyushtirayotgan hujumga chek qo'ydi.

85. Islomjon Toshpo'latovga nisbatan qo'pollik ishlatgan Fayzullo Qambarov ogohlantirildi. 

84. "Surxon"da o'zgarish: Xolto'raev o'rniga Bobojonov maydonga tushdi. 

83. Zarba!  Baydullaevning zarbasi aniq chiqmadi.

82. Zarba!  SHaydulovning zarbasi himoyachilarga tegib qoldi. 

78. "Surxon"da almashtirish: Norov o'rniga Abdurahmonov tushirildi. 

76. "Qizilqum"da almashtirish: Jasur Azimov o'rniga Muhsin Ubaydullaev o'yinni davom ettiradi. 

74. Norov maydonda yotibdi. Unga tibbiy yordam kerakligi bois Azamat Ahmedov to'pni maydon tashqarisiga tepib yubordi. 

70. Islom To'xtaxo'jaev hujumga o'tdi va Vatsadzega o'z vaqtida pas bermagani tufayli ofsayd qayd etildi. 

64. Zarba!  Hasanovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Nesterov qaytarishga erishdi. 

60. Uuuux!  "Qizilqumdan" dahshatli hujum va bosimlar. Grigilashvili, Kuxianidze va Vatsadzelar xavfli vaziyat sodir etishmoqda. 

57. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Hisob tenglashdi!  Erkin Baydullaevning ajoyib zarbasidan so'ng to'p darvoza to'ridan joy oldi – 1:1!  


56. Zaxiradan tushganlar mezbonlarga foyda keltirishmoqda. Kuxianidze va Grigalashvilining ketma-ket zarbalari himoyachilarga tegdi.

52. "Qizilqum"da 2 ta o'zgarish: Hasanov o'rniga Grigalashvili, Oybek Qilichev o'rniga Vatsadze tushdi. 

51. Nuriddinov Hasanovning zarbasi rikoshet orqali maydonni tark etdi, burchak to'pi.

49. Zarba!  Xolto'raevning kuchli zarbasi ancha noaniq ketdi. 

48. Norovning o'ng qanotdan amalga oshirgan uzatmasi noaniq ko'rinish kasb etdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus! 

45+3. Zarba!  Kuxianidzening aylanma zarbasi sal noaniq ketdi.  

45+1. Xolto'raevga bevosita maydonning o'zida tibbiy yordam namoyish qilinmoqda. 

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi. 

42. Zarba!  SHarafiddin SHobirovning olisdan masofadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

36. Erkin Baydullaev maydon markazi chizig'i ustida Islomjon Toshpo'latovga nisbatan qoidani buzdi. 

34. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Jasur Xolto'raev o'yindagi hisobni ochdi. U o'ng qanotdan kirib borib, Nesterov qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qildi – 0:1! 


33. Kurash asosan maydon markazida kechmoqda. 

30. Jasur Xolto'raev chap qanotda raqib bilan to'qnashib ketdi, unga tibbiy yordam zarur. 

28. Husniddin G'ofurovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

25. Islomjon Toshpo'latovning erlatib yo'naltirgan zarbasi aniq chiqmadi.

23. Islom To'xtaxo'jaev Asror G'ofurovga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

18. Hasanovning bo'sh qolgan darvoza tomon bergan zarbasini Husniddin G'ofurov to'sib qoldi. U jamoasini yaqqol goldan qutqardi.  

17. Jasur Xolto'raev birga-bir holatga chiqib borgan edi, ammo u ofsaydda qolgani malum bo'ldi. 

15. Zarba!  Nizomjon Norovning zarbasi darvoza ustuniga tegdi. Hozircha gol yo'q. 

13. Zarba!  Kuxianidze yaqin masofadan darvozaga yo'l topa olmadi. 

12. GOL!  Oybek Qilichevning penaltidan yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegib, maydonni tark etdi.


11. Penalti!  SHarafiddin SHobirov Salim Mustfoevni yiqitdi. 

7. Mezbonlar Nesterov orqali hujum boshlashdi. Jo'raev ichkariga pas uzatdi, to'p Qilichevga keldi, ammo u to'pni o'zida saqlab qola olmadi.  

5. "Qizilqum" futbolchilari Xolto'raevga nisbatan qoida buzishdi. 

4. SHaydulov Nesterov darvozani tark etganini ko'rgan holda zarba berdi, noaniq.

3. Zarba!  Jamshid Hasanovning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi. 

2. Zarbaaa!  Kuxianidzening darvoza tomon yo'llagan zarbasidan keyin Bubanya jamoasini qutqarib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.  

1. O'yinga start berildi! 

Navoiy shahridagi "Yoshlar" sport majmuasi bahsni qabul qilishga tayyor!

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика