So’nggi yangiliklar

19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   1 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  0 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  1 17:58"Ливерпуль" икки футболчи учун 105 млн фунт сарфлашга тайёр  1 17:14"Атлетико" Лунинни "Реал"дан 15 млн еврога харид қилишга тайёр эди  0 16:32"Манчестер Юнайтед" де Лигт учун "Бавария"га 45 млн фунт таклиф қилади  1 16:02"Ливерпуль" Саудия Арабистони клублари учун ван Дейкка нарх қўйди  1 15:38"Барселона" де Йонг билан шартномани узайтирмоқчи  4 15:10Улуғбек Ҳошимов: "Ўзим катта бўлган жамоага қайтиш ёқимли. "Пахтакор" билан катта ютуқларга эришишни мақсад қилганман"  3 14:33"Ал Иттиҳод" Эдерсонни харид қилишга уриниб кўради, "Ман Сити" 50-60 млн евро хоҳламоқда  0 13:47"Астон Вилла" "Барселона" собиқ ўйинчисини сотишга тайёр  0 13:20"Манчестер Юнайтед" Маунтни сотишга тайёр  3 12:55ПСЖ йирик трансферга қўл уришга яқин  1 12:39Қирғизистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Ўзимиз йўл қўйган хатоларимиз сабабли мағлуб бўлдик. Осиё кубогида Японияни мағлуб этганимиздан сўнг босимни ҳис қилдик"  1 12:17"Барселона" Уильямснинг товон пулини фаоллаштиришга тайёр  1

Superliga. "Qizilqum" "Bunyodkor"ni ishonchli tarzda mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

Superliga. "Qizilqum" "Bunyodkor"ni ishonchli tarzda mag'lubiyatga uchratdi

Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Bunyodkor" uchrashuvi yakunlandi.

Qizilqum

Sherali Jo’rayev - 45', Temurxo’ja Abduxoliqov - 47', Aleksandar Stanisavlevich - 75'

Superliga. 2-tur

10/03/2022, 18:30

1
:
3
Tugadi

Bunyodkor

Dilshod Jo’rayev - 90'

45'
90'
45'  Sherali Jo’rayev
47'  Temurxo’ja Abduxoliqov
53'  Erkin Baydullaev
71'  Islom Tuxtaxo’jayev
75'  Aleksandar Stanisavlevich
82'  Sherali Jo’rayev (Jasur Azimov)
86'  Aleksandar Stanisavlevich (Salim Mustafoyev)
45'  Jahongir O'rozov
64'  Rasul Yo'ldoshev (Bilol Tupliev)
64'  Ibrohim Tomiva (Francis Narx)
78'  Bilol Tupliev
78'  Mahmud Mahamadzhonov (Husayin Ergashboev)
78'  Usmonali Ismonaliev (Odiljon Abdurahmonov)
90'  Dilshod Jo’rayev

Coca Cola Superliga, 2-tur
QIZILQUM – BUNYODKOR 3:1
10 mart 2022 yil. Olmaliq. OKMK stadioni.

Gol: SHerali Jo'raev 45', Temurxo'ja Abduholiqov 47, Aleksandar Stanislavlevich 75 — Dilshod Jo'raev 90+2
Hakamlar
: Ilgiz Tantashev, Andrey Capenko, Timur Gaynullin, Xushnud Suyunboev
Nazoratchi: Igor Nexochin
Komissar: SHohruh Said

"Qizilqum": 1. Ignatiy Nesterov, 4. Boburbek Yo'ldoshev, 6. Erkin Baydullaev, 7. Sanjar SHoahmedov, 10. Temurxo'ja Abduxoliqov, 11. Aleksandar Stanislavlevich (17. Salim Mustafoev, 86), 20. Islom To'xtaxo'jaev, 23. SHerali Jo'raev (18. Jasur Azimov, 82), 28. SHuhrat Muhammadiev, 33. Oleg Zoteev, 88. Artyom Dmitriev

"Bunyodkor": 32.Suhrobjon Sultonov, 3.Mahmud Mahamadjonov (14. Husayn Ergashboev, 79), 4.Davronjon Ergashev, 5.Dilshod Jo'raev, 6.Avazbek O'lmasaliev, 10.Rasul Yo'ldoshev (19.Bilol Tupliev, 64), 22.Usmonali Ismonaliev (7. Odiljon Abdurahmonov, 79), 33.Umarali Rahmonaliev, 34.Suhrob Izzatov, 49.Ibrohim Gbadamosi (8.Francis Narx, 64), 88.Jahongir O'rozov.

Ogohlantirish: Jahongir O'rozov (45+2), Erkin Boydullaev 53, Bilol Tupliev 78, 


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Qizilqum" ketma-ket ikkinchi uchrashuvda ham g'alaba qozondi.

90+2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!! Dilshod Jo'raev oradagi farqni qisqartirdi.

90+1. "Qizilqum" darvozasi tomon penalti belgilandi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. Rahmonaliev hamda Mustafoev to'p uchun kurashda to'qnashib ketishdi.

86. Rahmonaliev jarima zarbasini ijro etdi, noaniq.

86. "Qizilqum"da o'zgarish: Stanislavlevich o'rniga Salim Mustafoev maydonga tushdi.

85. "Bunyodkor" futbolchilari bir-birlarini yaxshi tushunishmayapti.

82. "Qizilqum"da o'zgarish: SHerali Jo'raev o'rniga Jasur Azimov o'yinga qo'shildi.

79. "Bunyodkor"da ikki o'zgarish: Mahmud Mahamadjonov o'rniga Husayn Ergashboev, Usmonali Ismonaliev o'rniga esa Odil Abdurahmonov maydonga tushdi.

78. Bilol Tupliev qo'pol harakati uchun ogohlantirildi.

75. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLL!!! "Bunyodkor" futbolchisi autdan raqib futbolchisiga to'pni sovg'a qildi, Stanislavlevich esa birga-bir vaziyatdan osonlikcha foydalanib, hisobni yiriklashtirdi.

75. "Qizilqum"ning burchak zarbasini Sultonov bartaraf etdi.

72. Usmonali Ismonaliev juda yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi. Jarima maydonida to'pni qabul qilib olgan futbolchining zarbasiga Nesterov to'g'anoq bo'ldi.

71. Islom To'xtaxo'jaev raqibiga nisbatan qo'pol o'ynagani sababli ogohlantirildi.

70. Zoteevga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Standart vaziyat bartaraf etildi.

67. ZARBA! Narx o'z omadini sinab ko'rdi, burchak to'pi.

64. ZARBA! Suhrob Izzatov chap oyoqda ajoyib zarba yo'llagandi, to'p darvoza to'sini yonidan o'tib ketdi.

64. "Bunyodkor"da ikki o'zgarish: Bilol Tupliev Rasul Yo'ldoshev, Frensis Narx esa Tomiva Ibroxim o'rniga o'yinga qo'shildi.

63. Abduxoliqov SHoahmedov kombinaciyasi o'xshamadi.

57. Abduxoliqov chap qanotdan oldinga bordi va markazga to'pni uzatdi, "Bunyodkor" futbolchilari uning sherigidan to'pni olib qo'yishdi.

55. Xavfli vaziyat! Boburbek Yo'ldoshev burchakdan yo'llangan to'pga zarba yo'lladi, Suhrobjon Sultonovdan seyv. Keyingi hujumda Sanjar SHoahmedov hisobni yiriklashtirishi mumkin edi, biroq himoyachilar unga zarba berishga imkon berishmadi.

54. "Qizilqum" burchak zarbasi ishlab oldi.

53. Erkin Boydullaev hakam tomonidan ogohlantirildi.

53. Zarba! Aleksandr Stanislavlevichning kuchli va aniq zarbasini Sultonov egallab oldi

47. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Temurxo'ja Abduholiqov raqib darvozaboni bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Unga pas bergan SHerali Jo'raev Modrich uslubida orqachasiga uzatma amalga oshirdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi taym tugadi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus! 

45+2. Jo'raevga nisbatan qo'pollik ishlatgan Jahongir O'rozov sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

45. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Yuldashevning zarbasi Sultonov tomonidan bartaraf etildi. Qaytgan to'pga egalik qilgan SHerali Jo'raev to'pni darvoza to'riga kiritdi – 1:0!


44. Zarba!  Stanislavlevichning zarbasini Sultonov qaytardi, qaytgan to'pga Baydullaev ega chiqdi. Tajribali yarim himoyachining yo'llagan zarbasi esa ancha noaniq ketdi. 

42. Suhrob Izzatovga tibbiy yordam namoyish qilindi. 

40. Muhammadjonovning qanotdan havolatib uzatgan pasidan keyin Nesterov to'pni egallab oldi. 

40. Navoiyliklar so'nggi daqiqalarda ancha faol o'yin ko'rsatishmoqda. 

37. Uuuux!  Stanislavlevichning jarimadan yo'llagan zarbasi xavfli ko'rinish oldi. Sultonov to'pni qaytardi. 

34. Muhammadjonov deyarli birga-bir holatda Nesterov bilan jiddiy to'qnashuvda qatnashdi. Futbolchilar tibbiy yordamga muhtoj. 

33. Ibrohim Tomiva to'pni to'xtatishda qo'lini ishlatdi. 

31. Stanislavlevich pas berishda xato qildi, shundan so'ng "qaldirg'ochlar" hujumga o'tib ketishdi. Ismonaliev zarba berishga chog'langanda, raqibdan oyog'iga zarba qabul qilib oldi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

29. Boburbek Yuldashev bosim ostida to'pni yo'qotdi. "Bunyodkor" ustozi etiroz uchun sariq kartochka oldi.    

26. Dmitrievning zarbasi kuchsiz chiqib qoldi.

20. Qarama-qarshilik o'rtacha tempda davom etmoqda. 

17. Zarbaaa! SHuhrat Muhammadievning boshb bilan yo'llagan zarbasini Suhrobjon Sultonov qaytardi. 

15. "Qizilqum" hujumga o'tgan vaqtda raqib darvozaboni qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Abduxoliqov bo'sh darvozaga yo'l topishiga himoyachi xalaqit qildi.

12. Takroriy lavhalardan malum bo'lishicha, to'p Izzatovning qo'liga tekkan. SHu bois gol bekor qilingan. 

10. Temurxo'ja Abduholiqov o'tkir burchakdan darvozani nishonga oldi. Suhrob Sultonov zarbani bartaraf qilishga erishdi. 

6. GOOOOOOOOOOOOOOOL! Suhrob Izzatov raqib darvozasini ishg'ol qildi, ammo hakamlar tushunarsiz sabablar tufayli golni inobatga olishmadi.  


5. Boburbek Yo'ldoshev Temurxo'ja Abduxoliqovni to'p bilan taminlash maqsadida uzun pasni amalga oshirdi, biroq hujumchi ofsaydda qolib ketdi. 

2. Avazbek O'lmasaliev o'ng qanotdan ichkariga kirib bordi va to'pni o'zida saqlab qoldi. Natijada, to'p maydonni tark etdi. 

1. Bahsga start berildi! 


Foto: Jahongir Fayzullaev 

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика