So’nggi yangiliklar

23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  0 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  2 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  0 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  11 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  5 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  22

Superliga, PRO liga va Birinchi liga vakillari ishtirokida yangi mavsum masalalari muhokama qilindi Yangiliklar

Superliga, PRO liga va Birinchi liga vakillari ishtirokida yangi mavsum masalalari muhokama qilindi

O'zbekiston Professional futbol ligasida Superliga, Pro-liga, Birinchi liga klublari sport va texnik direktorlari, yuriskonsultlari, klublar qoshidagi akademiya (futbol maktablari) direktorlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda Musobaqalarni tartibga soluvchi meyoriy hujjatlar, Futbolchilarning maqomi va transferi bo'yicha Reglament, licenziyalash bo'yicha qo'yilayotgan talablar, shuningdek yangi mavsum rejalari muhokama etildi.

Endilikda Superliga va Pro-liga klublari birdek OFK va Milliy licenziyalashdan o'tkaziladi. Bunda har bir klub qo'yilayotgan talablarni to'liq va o'z vaqtida bajarishi shart ekani takidlandi.

SHuningdek, klub qoshida U-10, U-14, U-16, U-18 va U-21 yoshlar jamoalari faoliyat yuritishi va milliy miqiyosdagi musobaqalarda qatnashishi malum qilindi. Ayollar futbolida ham bundan keyin U-14 va U-16 chempionatlari o'tkazilishi bildirildi.

Bu yildan etiboran O'zPFL O'FA bilan kelishgan holda meyoriy hujjatlarni tartibga solish asnosida bir qator yangi reglament va nizomlar ishlab chiqmoqda. Yig'ilishda Futbolchilarning maqomi va transferi bo'yicha Reglament, Tartib-intizom kodeksi, Medicina Reglamenti, Tijorat Reglamenti va Media nizomlarga ham to'xtalib o'tilib, mashg'ulotlar kompensaciyasi, endilikda tibbiy tekshiruv faqat Toshkentda emas, balki boshqa shaharlarda ham o'tkazilishi, Stadionlar to'g'risidagi Nizom talablari bajarilishi lozim ekani, klublarda faoliyat yurituvchi murabbiylar licenziyalari darajasi qatiy nazorat qilinishi kabi masalalar klublar bilan muhokama etilib, ularning fikr va takliflari o'rganildi.


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика