So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  4 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  1 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  2 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  26 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Superliga. O'zbek "El Klassiko"sida "Neftchi" "Paxtakor"ni minimal hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. O'zbek "El Klassiko"sida "Neftchi" "Paxtakor"ni minimal hisobda mag'lub etdi

Coca Cola Superligasi 15-turidan o'rin olgan bahs yakunlandi.

Coca Cola Superligasi  15-tur

Toshkent, "Paxtakor" stadioni. 20:00

"Paxtakor" – "Neftchi" 0:1

Gollar: Diyorjon Turopov 70'

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Abdurashid Xudoyberganov

VAR: Ahrol Risqullaev

AVAR: Sanjar SHoyusupov

Nazoratchi: Timur Abdullaev

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Dostonbek Tursunov (20.Hojimat Erkinov 80'), 5.Muhammadqodir Hamraliev, 10.Dragan CHeran (s), 19.Pshemislav Banashak (11.Po'latxo'ja Xoldorxonov 73'), 27.Sardor Sobirxo'jaev (8.Aziz Turg'unboev 70'), 28.Diyor Xolmatov, 30.Metyu Stinvorden, 34.Farruh Sayfiev, 77.Dilshod Saitov (17.Doston Hamdamov 80')

Zaxira: 36.Pavel Pavlyuchenko, 2.Behruz Asqarov, 9.Mixal Kuxarchik, 23.SHerzod Azamov, 55.Muhammadali Abdumajidov

"Neftchi": 12.Vladimir Nazarov, 2.Zoir Jo'raboev, 7.Umar Adhamzoda, 8.SHarof Muhitdinov, 9.Ulug'bek Hoshimov (70.Abbos G'ulomov 69'), 13.Lutfulla To'raev (s) (40.Bachana Arabuli 69'), 19.Mirzoxid G'ofurov (23.Diyor Turopov 69'), 20. Anvar G'ofurov (26.Oleksey Larin 23'), 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 22.Georgiy Nikabidze, 24.G'ulom Haydar Gulyamov

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 5.Tomislav Mrchela, 11.Izzatilla Abdullaev, 17.Abdulloh Olimov, 77.Bilolxon Toshmirzaev

Ogohlantirishlar: Umar Adhamzoda 79', Diyorjon Turopov 79', Abbos G'ulomov 82'

CHetlatish: Maksim SHackix 52' ("Paxtakor" bosh murabbiyi)



90+8. O'yin yakunlandi!

90+4. Sal qolsa Turopov darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, "sherlar" himoyachisi faol harakat qilib, to'pni birinchi "ilib ketdi".

90. O'yinning asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo'shib berildi.

88. Azizbek Turg'unboev gol urdi, biroq ushbu vaziyatda o'yin qoidasi buzilgani malum bo'ldi.

78. Quvvatov!!! Nimalar qilmoqda??? Sal qolsa "Neftchi" raqib darvozaboni to'pni qo'lidan chiqarib yuborishi natijasida ikkinchi golini urishi mumkin edi.

76. "Paxtakor" endilikda hujumlarni ko'paytirishmoqda. 

74. Toshkentliklar gol o'tkazib yuborgandan so'ng qanday harakat qiladi? Kuzatamiz.

Turopovning darvoza tomon erlatib bergan zarbasi rekoshetga uchrab darvoza to'ridan joy oldi!

70. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Diyorjon Turopov uchrashuvda hisobni ochdi!

64. Water time

60. Bahsning 1 soati ortda qoldi, hozircha hisob 0:0. Oldindagi yarim soatdan ko'proq vaqt mobaynida qanday o'yin ko'ramiz, qiziq...

52. "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackixga qizil kartochka ko'rsatildi!

50. Banashak o'ziga uzatib berilgan to'pni darvozaga yo'llay olmadi, "Neftchi" himoyachisi ajoyib harakat qilib, to'pni olib qo'ydi.

48. Banashak va Ubaydullaev to'qnashib ketishdi. Muhsinjon maydonga qaytdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

45. Alijonovning darvoza tomon yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

38. Diyor Xolmatovning darvoza tomon tepgan to'pini darvozabon ushlab oldi.

36. Jarima zarbasidan uzatilgan to'pni dastlab "Paxtakor" himoyachisi qaytardi, farg'onalik futbolchi bosh bilan zarba berdi, ushbu zarba avval darvoza ustuniga tekkan bo'lsa, Quvvatovning harakati xavf bartaraf etilishiga sabab bo'ldi.

34. Hozirgacha bo'lgan jarayonlarni hisobga olganda, hujumlar tashkil qilish borasida "Neftchi" futbolchilari faol.

30. O'yin tempi boshidagiga qaraganda biroz tushdi. Jamoalar asosan maydon markazida o'yin o'tkazmoqda.

23. Water time

23. SHarof Muhitdinovning jarima zarbasidan tepgan to'pi noaniq bo'ldi.

20. O'yin tempi yuqori. Jamoalar haqiqiy futbol o'ynashmoqda.

12. Havolatib uzatilgan to'pni CHeran bosh bilan darvozaga yo'lladi, biroq aniq bo'lmadi.

9. Nikabidze o'ziga uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi, biroq to'p ancha noaniq ketdi.

5. Farg'onaliklar maydonda pressing uyushtirmoqda.

1. O'yin boshlandi!

- Uchrashuv 20:00 da boshlanadi. 

Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика