So’nggi yangiliklar

16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  0 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  3 15:46"Лацио" — "Наполи". Таркиблар маълум  1 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  4 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  7 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  3 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  6 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  12

Superliga. “Paxtakor” “Neftchi”ga uchta gol urdi Yangiliklar

Superliga. “Paxtakor” “Neftchi”ga uchta gol urdi

Teglar :  PaxtakorNeftchi
Superliganing 4-turidan o'rin olgan “Paxtakor” – “Neftchi” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasi va eng muhim vaziyatlarini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH

 O'yin boshlandi. 20-daqiqada Bezerraning jarimadan tepgan to'pini Mirniy maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 24-daqiqada Akmal SHorahmedovning kuchli zarbasini ham Mirniy qaytardi, qaytgan to'pni Ismoil Gonsalvesh osmonu falakka tepib yubordi.

45-daqiqada mezbonlar hisobni ochishdi. Jasur Yaxshiboevning pasidan so'ng Isroilov  kutilmaganda o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi - 1:0.

Ikkinchi taym boshida Marko Simich Masharipovning to'p uzatishidan so'ng boshi bilan darvozani ishg'ol qildi - 2:0.

54-daqiqada Akmal SHorahmedov to'pni o'z darvozaboniga uzatdi, Suyunov to'pni qo'liga oldi. Hakam jarima maydoni ichidan erkin zarba belgiladi. Berilgan zarba jonli devorga tegib qaytdi.

63-daqiqada Jaloliddin Masharipov gol urdi, unga to'pni Ismoil Gonsalvesh uzatgandi - 3:0. 

O'yinda 3:0 hisobi qayd etildi.


20:00 - “Paxtakor” – “Neftchi” 3:0  
31 mart 2018. Toshkent. "Paxtakor" stadioni.
Hakamlar:
A. Asimov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), T. Suyunov (Guliston)
Nazoratchi: K. Smirnov (Qarshi)
Komissar: R. CHernikov
Gol: Abdujamol Isroilov 45 avtogol, - 1:0. Marko Simich 47, - 2:0 (Jaloliddin Masharipov). Jaloliddin Masharipov 63, - 3:0 (Ismoil Gonsalvesh)
“Paxtakor” – Eldorbek Suyunov, Akmal SHorahmedov (Farruh Sayfiev, 66), Kamoliddin Tojiev, Marko Simich, Vladimir Kozak, Rostin Griffits, Azim Ahmedov (Dilshod Rahmatullaev, 84), Jasur Yaxshiboev, Tiago Bezerra (Jamshid Iskanderov, 86), Jaloliddin Masharipov, Ismoil Gonsalvesh
Zaxira: Aleksandr Lobanov, Bahrom Abdurahimov, Jasurbek Hakimov, Doston Ibrohimov, SHerzod Azamov, Stanislav Andreev,

“Neftchi” - Vitaliy Mirniy, Iskandar SHoyqulov (Jalil Kimsanov, 46), Sunnatilla Ermatov (Elyor Mamasoliev, 76), Otabek Ahmadjonov (Abdurahmon Abdulhoqov, 54), Abbosbek Maxstaliev, Abdulaziz Yusupov, Husniddin G'ofurov, Abdujamol Isroilov, Davron Mamatov, Avaz Agaliev, Doston Tursunov (s)
Zaxira: Abdumavlon Abdujalilov, SHukurali Po'latov,  Anvar Berdiev,  Abror Ismoilov, Avazbek O'lmasaliev, Alisher Samatov

Ogohlantirishlar: Doston Tursunov 19, Akmal SHorahmedov 21, Jasur Yaxshiboev 90.


Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика