So’nggi yangiliklar

22:51"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  8 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2

Superliga. "Navbahor" "Paxtakor" maydonida irodali durangga erishdi Yangiliklar

Superliga. "Navbahor" "Paxtakor" maydonida irodali durangga erishdi

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


O'yinning 2-daqiqasida mehmonlar jarima to'piga ega bo'lishdi, Solovyovning to'g'ri darvozaga yo'llagan zarbasini Quvvatov ushlab oldi.  8-daqiqada Hamdamovning oshirgan to'pini Bikmaev darvozaga yo'lladi, to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi.

20-daqiqada chap qanotdan Sayfiev uzatgan to'pni CHeran yaqin masofadan boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:0. 

25-daqiqada Masharipov va CHeran ijrosidagi hujumni Dragan zarba bilan yakunladi, O'tkir Yusupov to'pni qaytardi. 

33-daqiqada hisob tenglashishi mumkin edi, Oston O'runovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Azimjon Ahmedov darvozaga yo'lladi, birozgina noaniq!

42-daqiqada Masharipov havodan oshirgan to'pini CHeran boshi bilan darvozaga yo'lladi, bu safar Yusupov ajoyib seyv namoyish etdi.

Birinchi taymda boshqa gol urilmadi.

Ikkinchi taym boshlandi.

50-daqiqada Hamdamov o'ng qanotdan to'pni oshirdi, Bikmaevning boshi bilan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. 

52-daqiqada bosh hakam "Navbahor" darvozasi tomon penalti belgiladi. Bu vaziyatda Mirzohid G'ofurov Hamdamovni yiqitgan deb topildi. Dragan CHeran penaltidan gol urdi - 2:0. 

57-daqiqada Sayfievning kuchli zarbasini Yusupov qaytardi.

59-daqiqada Abbos G'ulomovning chap qanotdan oshirgan to'pini Oston O'runov darvozaga aniq yo'lladi - 2:1. 

63-daqiqada "Navbahor"ning navbatdagi hujumlaridan birida Aleksandr Kasyanning bosh bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

76-daqiqada Sergeevning boshi bilan yo'llagan zarbasini Yusupov bartaraf etdi. 

82-daqiqada o'ng qanotdan Oston O'runov uzatgan to'pni Abdujamol Isroilov boshi bilan darvozaga yo'llab hisobni tenglashtirdi - 2:2. 

Uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etildi. 



“PAXTAKOR” – “NAVBAHOR” 2:2
11 may 2019 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 11918 tomoshabin.
Hakamlar:
Zokir Qodirov, Obid Jumaev, Ruslan Samandarov, Elyor Tursunov.
Nazoratchi: Farhod Abdullaev.
Komissar: Aleksandr Davidenko.

Gollar: Dragan CHeran 20, - 1:0 (Farruh Sayfiev). Dragan CHeran 53 penalti, - 2:0. Oston O'runov 59, - 2:1 (Abbos G'ulomov). Abdujamol Isroilov 82, - 2:2.

"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Farruh Sayfiev, Egor Krimec (s), Marko Simich, Xojiakbar Alijonov, Odiljon Hamrobekov, Sardor Sobirxo'jaev, Jaloliddin Masharipov, Dragan CHeran, Dostonbek Hamdamov, Marat Bikmaev (Igor Sergeev, 75)
Zaxira: Eldorbek Suyunov, Akrom Komilov, Alisher Salimov, Jahongir Ahmadov, SHohruh Mahmudhojiev, SHerzod Azamov, Vladimir Kozak, Sobit Sindarov

"Navbahor": O'tkir Yusupov, Slavko Lukich (Obid Jo'raboev, 43) (SHahzod SHaymanov, 90+2), Igor Golban, Jahongir Mehmonov (s), Mirzohid G'ofurov, Oston O'runov, Azimjon Ahmedov, Abdujamol Isroilov, Ivan Solovyov, Abbos G'ulomov (Aziz Ibragimov, 78), Aleksandr Kasyan
Zaxira: Dilshod Hamroev, Mirzohid Mamatxonov, Bahodir Nasimov, Xojiakbar Yunusov, G'iyos Komilov, Zafar To'raev

Ogohlantirishlar: Slavko Lukich 29, Aleksandr Kasyan 36, Abdujamol Isroilov 45, Ivan Solovyov 49, Egor Krimec 61, Farruh Sayfiev 68, O'tkir Yusupov 90+3.


Paxtakor

Dragan CHeran - 20', Dragan CHeran - 53'

Superliga. 8-tur

11/05/2019, 19:45

2
:
2
Tugadi

Navbahor

Oston O'runov - 59', Abduzhamol Isroilov - 82'

45'
90'
20'  Dragan CHeran
20'  Farrux Sayfiev
53'  Dragan CHeran
62'  Egor Krimets
68'  Farrux Sayfiev
75'  Marat Bikmayev (Igor Sergeyev)
29'  Slavko Lukich
36'  Aleksandr Kasyan
43'  Slavko Lukich (Obid Jo’raboyev)
45'  Abduzhamol Isroilov
49'  Ivan Solovyov
59'  Oston O'runov
59'  Abbos G'ulomov
78'  Abbos G'ulomov (Aziz Ibragimov)
82'  Abduzhamol Isroilov
82'  Oston O'runov
90'  Obid Jo’raboyev (Shahzod Shaymanov)
90'  O’tkir Yusupov


Reyting: +96   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика