So’nggi yangiliklar

22:20Суперлига. "Пахтакор" — "Локомотив" 3:1, "шерлар" биринчи даврадаги мағлубият учун ўч олишди  0 22:10АПЛ. Челси – Манчестер Сити 0:2 (Матнли трансляция)  11 22:06Суперлига. "Пахтакор" "Локомотив"дан биринчи даврадаги мағлубият аламини олди, Абдуманноповдан дубль ва ассист  7 21:54Лига 1. "Ланс" илк турда меҳмонда ғалаба қозонди, Ҳусанов захирадан майдонга тушди!  0 21:30БАА Лига кубоги. Ғаниев ва "Ал Батеҳ" илк ўйинда мағлуб бўлди  2 21:28ЦСКА сўнгги дақиқада ўтказиб юборилган гол эвазига мағлуб бўлди. Файзуллаев 86 дақиқа ҳаракат қилди  9 21:00Суперлига. "Бобур Арена"да 5 та гол урилган ўйинда "Сурхон" "Андижон"ни мағлуб этди  97 20:28Ўзимизнинг карикатура. "Air Alikulov" парвозини давом эттирмоқда  0 19:54ҚПЛ. Яхшибоевнинг дубли "Ордабаси"га меҳмондаги ғалабани тақдим этди!  4 19:10"Пахтакор" — "Локомотив". Таркиблар маълум  2 18:19Ўзимизнинг карикатура. Вадим Абрамовнинг "Динамо"сидан "оловли" ўйин  3 17:10"Барса" пул ва Ольмонинг келиши сабаб Гюндоганни сотмоқчи. Илкай кетмоқчи эмас (Marca)  3 16:41Фермин Лопес "қовун туширди"  2 16:17Суперлига. 14-турнинг қолдирилган 3 ўйинида ишлайдиган ҳакамлар маълум  7 15:13"Рома" бугун "Кальяри" меҳмони бўлади. Шомуродов қайдномадан жой олдими?  7

Superliga. "Paxtakor" "Lokomotiv"dan birinchi davradagi mag'lubiyat alamini oldi, Abdumannopovdan dubl va assist Yangiliklar

Superliga. "Paxtakor" "Lokomotiv"dan birinchi davradagi mag'lubiyat alamini oldi, Abdumannopovdan dubl va assist

O'zbekiston Superligasi 16-tur doirasidagi "Paxtakor" - "Lokomotiv" o'yini yakunlandi.

"Paxtakor" - "Lokomotiv" 3:1

18.08.2024. 20:15

"Jar" stadioni, Toshkent

Bosh hakam: Ibrohim Ismoilov

Yordamchi hakamlar: SHohnur Yo'ldoshev, Hasan Xudoyberdiev

Zaxira hakami: Umid Nutfulloev

VAR: Rustam Lutfullin

AVAR: Daniil Yacenko

Nazoratchi: Mamur Saidqosimov

Komissar: Rustam Zuparov

Gollar: 1:0 — 16, Doniyor Abdumannopov (Dragan CHeran), 2:0 — 18, Dragan CHeran (Doniyor Abdumannopov), 3:0 — 65, Doniyor Abdumannopov (Hojiakbar Alijonov), 3:1 — 81, Sardor Abdunabiev (Lazizbek Mirzaev).

"Paxtakor": 12. Vladimir Nazarov, 3. SHahzod Azmiddinov, 4. Abdulla Abdullaev, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 7. Hojiakbar Alijonov (77. Dilshod Saitov, 70), 10. Dragan CHeran (30. Otabek Jo'raqo'ziev, 71), 17. Dostonbek Hamdamov (99. Ulug'bek Hoshimov, 71), 22. Umar Adhamzoda, 23. Abdurauf Bo'riev, 27. Sardor Sobirxo'jaev (8. Diyor Xolmatov, 74), 33. Doniyor Abdumannopov (11. Po'latxo'ja Xoldorxonov, 70).

Zaxira: 35. Pavel Pavlyuchenko, 2. Behruzbek Asqarov, 40. Kimi Merk, 55. Muhammadrasul Abdumajidov.

"Lokomotiv": 32. Suhrobjon Sultonov, 2. Abdulazizxon Abdurashidov, 3. Valeriy Kichin, 11. Konstantin Bazelyuk (77. Lazizbek Mirzaev, 46), 15. Jasurbek Hakimov (8. Dilshod Jo'raev, 71), 17. Sanjar Tursunov (72. Rustam Xolnazarov, 74), 22. Muhammadanas Hasanov (9. Temur Mamasidiqov, 88), 26. Abdulloh Yo'ldoshev, 27. Sobit Sindarov (7. Sardor Abdunabiev, 71), 55. Anzur Ismoilov, 97. Mixail Gashchenkov.

Zaxira: 1. Abdumavlon Abdujalilov, 10. SHodiyor SHodiboev, 44. Ismoilbek Usmonxo'jaev, 70. Abubakr Rizo Turdialiev.

Ogohlantirish: Valeriy Kichin (39), Sardor Sobirxo'jaev (56), Umar Adhamzoda (87).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

90+4. Xavfli vaziyat! Hoshimovning raqib jarima maydonidan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. Xavfli vaziyat! Abdunabievning zarbasi xavfli ko'rinish oldi, ammo darvozaga kirmadi.

87. Adhamzoda Xolnazarovni qo'pollik evaziga to'xatib qolgani uchun ogohlantirildi

86. Gashchenkov tomonidan yo'llangan zarba ancha noaniq ko'rinish oldi.

81. GOL! Abdunabiev Mirzaevning uzatmasini yaqin masofadan golga aylantirib, hisobni biroz qisqartirdi.

74. Ikkala jamoada yana o'zgarishlar sodir bo'ldi.

70. Ikkala jamoa tarkibida o'zgarishlar amalga oshirildi.

65. GOL! Raqib jarima maydonida shijoat ko'rsata olgan Abdumannopov raqib posboni ustidan to'pni tashlab qo'yib, hisobni yirik ko'rinishga keltirdi.

61. Abdumannopovning chap oyoqda yo'llagan zarbasiga raqib himoyachisi "blok" qo'ydi.

56. Sobirxo'jaev raqib futbolchisini to'xtatib qolgani va hakamga etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

55. "Paxtakor"ning navbatdagi burchak uzatmasi Bo'rievning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

49. "Paxtakor"ning burchak zarbasi Alijonovning ketma-ket zarbalari bilan yakunlandi.

47. Xavfli vaziyat! Hozirgina maydonga tushgan Mirzaev raqib jarima maydoniga kirib borib, olis burchakni nishonga oldi, ammo zarbaga aniqlik etishmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

45. Xavfli vaziyat! Abdumannopovning pasidan so'ng Alijonov raqib jarima maydoni ichida darvozaning olis burchagini nishonga olib ko'rdi, biroq biroz aniqlik etishmadi.

43. CHap qanotdan uzatilgan to'pga Alijonov kuchli zarba bera olmagani uchun Sultonov qiyinchiliksiz to'pni egallab oldi.

41. Xavfli vaziyat! Adhamzodaning uzatmasidan so'ng CHeran kuchli zarba yo'llay olmadi, darvozaga kirib ketayotgan to'pni Sindorov bartaraf etdi.

39. Raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqishga urinayotgan Hamdamovga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun Kichin ogohlantirildi

37. "Paxtakor"da standart vaziyat yuzaga keldi. Alijonovning jarimadan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. 

34. Adhamzodaning chap qanotdan jarima maydoniga yaqin hududdan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

28. Gashchenkovga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Mehmonlar standart vaziyatdan foydalana olishmadi.

26. "Paxtakor" burchak zarbasi ishlab oldi. Uzatma Hamralievning zarbasi bilan yakunlandi, himoyachilar to'p yo'liga to'g'anoq bo'lishdi.

22. "Lokomotiv" futbolchisi o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

18. GOL! CHeran hali o'ziga kelib ulgurmagan "Lokomotiv" darvozasiga boshi bilan ikkinchi to'pni kiritdi. Abdumannopov esa ajoyib uzatma orqali "qarzini uzdi".

16. GOL! CHeran bilan kombinaciya natijasida Abdumannopov chap oyoqda "Lokomotiv" darvozasini ishg'ol qildi. SHu daqiqaga qadar muqarrar gollardan jamoasini qutqargan Sultonov bu gal to'pni qaytarishda xatoga yo'l qo'ydi.


15. Xavfli vaziyat! Azmiddinovning ajoyib oshirmasidan so'ng Hamdamov raqib posboni bilan birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi.

14. "Paxtakor"ning navbatdagi hujumi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Abdumannopov o'ng qanotdan oldinga borishga urinib ko'rgandi, ammo to'pni maydonda saqlab qololmadi.

8. Xavfli vaziyat! Abdumannopovning uzatmasidan so'ng CHeran bo'sh qolgan darvozaga aniq zarba yo'llay olmadi.

7. "Paxtakor" yana bir xavfli hujum tashkil etishga urinib ko'rdi, ammo yakunda to'p mezbonlardan maydonni tark etdi.

5. Xavfli vaziyat! Mezbonlarning ketma-ket ikkita xavfli zarbasini Sultonov qaytardi.

2. "Lokomotiv"da standart vaziyat yuzaga keldi. Tursunovning uzatmasini mezbonlar futbolchisi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak uzatmasidan so'ng "temiryo'lchilar" zarba ham yo'llashdi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Paxtakor" oq, "Lokomotiv" qizil rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

+2   
18 avg 21:46:55
Акрамжон
Тугриси шу Локомотивни деб поездни чипталариям киммат булди шекилли! Шу команда узи суперлигага кереми?Хоразмгами, Сирдарегами, Нукусгами прописка килиб кучирса буларди! Тренириям алкаш уйинчиларни йигвопти! Легионерларни ахволини карелар! Узимизи боллар яхши уйнади булардан! Эстикина темир йулни пули, хайф буляпти!!!
+2   
18 avg 21:05:46
Muhammadxon Mamatov
Пахтакорга омад ғалабали бўлсин
   
18 avg 20:41:11
_ ️
Локомотиви вокзалдаги стадионига нма кган? Халям боса ошатта ойинни койса бомидми? Жар чимми коп стадионикидан яхшикан
   
18 avg 20:38:32
ПСЖ
Kichkina Jarri kotta kotta stadionladan maysasi ancha yaxwirogu (:
   
18 avg 20:34:14
UzBekistanTEAMFCCC
Бляяяяяя бугун 5 та гол ур. 2 та урилди. 1-даврадаги 3:0 ни тўғирлаб қўйиш керак.
   
18 avg 20:22:19
Baxrom Ramazanov
Пахтакорда шунча ишни к,илган Шацких менимча шу Достонни хам бирор бир еш иктидорларларга алмаштирса буларди.Ешларни орасида умуман уйини ковушмаяпти.
-2   
18 avg 21:52:11
Мансур Бухгалтер
Сурхон-Анжан 2-3, Анжон-Сурхон 2-3 ва Локо-Пахтакор 3-0, Пахтакор- Локо 3-0 тасадифми экан
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика