So’nggi yangiliklar

07:54"Бухоро"нинг 2025 йилги мавсум учун қайдномаси эълон қилинди  0 07:27Элит ОЧЛ. Бугун «Пахтакор» «Ал Ҳилол»ни меҳмон қилади  1 04:32"Жар"да қорбўрон ўйнаган "Ал Ҳилол" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  5 04:28ОФК ЭЧЛ. "Ал Васл" ғалабани қўлдан чиқарди  0 04:15А Серия. "Ювентус" ғалаба қозониб, кучли тўртликка қайтди  3 01:11"Ал Ҳилол" устози: "Биз ушбу мусобақанинг финал баҳсида ўйнашни мақсад қилганмиз"  5 23:40Пицца тайёрловчи компания МЮ устидан кулди  9 23:11Озарбайжон. Абдихолиқов тўлиқ ўйнади, Жалолиддинов захирадан баҳсга қўшилди  2 22:58ОФК ЭЧЛ. Эрондаги баҳсда гол киритилмади, Машарипов захирадан майдонга тушди  4 22:34“Ал Ҳилол”нинг мусулмон футболчилари рўза тутишмоқдами?  12 21:53FA Гвардиоланинг Англия Кубогидаги тўп ҳақидаги шикоятларига жавоби: "У ФИФА талабларига мувофиқ синовдан ўтказилди"  1 21:38Гвардиолага Англия Кубогидаги тўплар ёқмаяпти  1 20:39Футбол олами. Суперлига-2025'га ким қандай тайёрланди?  2 20:25"Истиқлол" - "Ал Насср". Таркиблар эълон қилинди  7 19:48"Ал Ҳилол" Собослаи учун 120 млн евро тўлашга тайёр  8

Superliga. "Andijon" "Paxtakor"ga mag'lub bo'ldi va o'tish o'yinida o'ynaydi Yangiliklar

Superliga. "Andijon" "Paxtakor"ga mag'lub bo'ldi va o'tish o'yinida o'ynaydi

Teglar :  Andijon Paxtakor
Superliganing 26-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.


Coca Cola Superliga. 26-tur
PAXTAKOR – ANDIJON 2:0
3 dekabr 2020 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni.
Hakamlar:
Zokir Qodirov, Ruslan Samandarov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Davronbek Akmalov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov

Gol: Dragan CHeran 32, 1:0 Javohir Sidiqov 33, 2:0

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Akramjon Komilov, 5.Anzur Ismoilov, 15.Egor Krimec, 21.Abror Ismoilov, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 10.Dragan CHeran, 9.Jaloliddin Masharipov, 77.Eren Derdiyok, 99.Javohir Sidiqov.
Zaxira: 25.Eldor Suyunov, 7.Sadriddin Abdullaev, 8.Asadbek Sobirjonov, 11.Igor Sergeev, 17.Dostonbek Hamdamov, 18. Xojimat Erkinov, 28. Diyor Xolmatov, 34.Farrux Sayfiev, 88. SHahzod Azmiddinov.

“Andijon”: 16. Eldor Adhamov, 3. Azamat Isroilov, 4. Farhod Mirahmatov, 5. Xushnud Avilov, 6. Baxtiyor Qosimov, 8. Farhod Bekmurodov, 17. Abdullox Olimov, 22. Usmonali Ismonaliev, 28. Farhod Sohibjonov, 33. Doniyor Abdumannonov, 80. SHahboz Jumaboev.
Zaxira: 13. Muhammadsolix Ubaydullaev, 11. Siroj Meliev, 20. Asilbek Azizov, 25. Qahramon Bahodirov, 27. Muhammad Yo'ldoshev, 99. Jamshid Homidov.


Paxtakor

Dragan CHeran - 32', Javohir Sidiqov - 33'

Superliga. 26-tur

03/12/2020, 14:00

0
:
2
Tugadi

Andijon

45'
90'
32'  Dragan CHeran
33'  Javohir Sidiqov



YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. "Andijon" Superligada qolish uchun "Neftchi"ga qarshi o'ynaydi.

90. Ikkinchi bo'limga uch daqiqa qo'shib berildi.

Uchrashuvning so'nggi daqiqalari o'tib bormoqda, voqealar rivoji shu zayilda davom etsa "Andijon" Superligada qolish uchun Pro ligada ikkinchi o'rinni egallagan "Neftchi" bilan kuch sinashadi.

81. O'zgarish. "Paxtakor"da Sardor Sobirxo'jaev o'rniga Diyor Holmatov tushirildi

80. O'zgarish. "Andijon"da SHahboz Jumaboev o'rniga JamshidHomidov, Farhod Bekmurodov o'rniga Qahramon Bahodirov tushirildi

77. O'zgarish. "Paxtakor"da Anzur Ismoilov o'rniga SHahzod Azmiddinov, Abror Ismoilov o'rniga Sadriddin Abdullaev tushirildi

71. Ogoxlantirish. "Paxtakor"dan Abror Ismoilov ogoxlantirildi.

69. O'zgarish. Abdullo Olimov o'rnida Siroj Meliev o'yinni davom ettiradi.

63. Zarbaaaa. Eren Derdiyoook. Hujumchining xavfli zarbasidan keyin raqib posboni to'pni qaytardi

58. O'zgarish. "Andijon"da Farhod Sohibjonov o'rniga Muhammad Yo'ldoshev tushirildi

45. Ikkinchi bo'limga start berildi!

Birinchi bo'lim yakunlandi.

44. Zarbaaaa.Eren Derdiyokning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Eldor Adxamov bartaraf etdi.

Mehmonlar tarkibida Farhod Soxibjonov faol harakat qilmoqda. Uning yo'llagan ikki zarbasi havfli chiqdi.

36. Zarbaaaa. "Andijon" futbolchisining uzoq masofadan erlatib bergan zarbasini raqib posboni osonlikcha ushlab oldi.

Uchrashuvda temp oshdi. 

33. Gooooool. "Andijon"ga nimalar bo'lmoqda? "Paxtakor" birinchi goldan so'ng darhol ikkinchi golni urdi. Masharipovning yana bir uzatgan to'pi himoyachilardan qaytgach, Javohir yaqin masofadan darvozani ishg'ol qildi 2:0

32. Gooooool. Dragan CHeraaaan. Masharipov qanotdan oshirgan to'pni darvozabon qaytargach, Dragan darvozaga aniq zarba yo'lladi 1:0

25. Dragan CHeran raqib darvozaboni bilan birga bir vaziyatga chiqib borgan edi. Biroq o'yindan tashqari holat qayd etildi.

23. "Paxtakor"dan havfli hujuuuum. O'yin tizgini mezbonlar tomonida.

20. Mezbonlar jarima zarbasini "Andijon" himoyachilari bartaraf etdi. Eldor Adxamov mahoratini ko'rsatdi.

12. "Andijon"ning hujumi yakuniga etmay qoldi. O'yin tengkurashlar ostida davom etmoqda.

Ikki jamoada ham ishtiyoq va xohish yuqori ekanligini sezish qiyin emas. To'p nazorati maydon egalarida.

O'yin boshlandi. 

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Demak, boshladik! 

Qiziqarli o'tishi kutilayotgan "Paxtakor" - "Andijon" uchrashuvi boshlanish arafasida.

Jamoalarning birinchi davradagi uchrashuvida "sherlar" 2:0 hisobidagi g'alabani tantana qilgan edi. 

Superligada jon saqlab qolish uchun kurashayotgan "Andijon" kerak bo'lsa ikki hissa kuch bilan o'ynashga va maydonda borini berishga majbur. "Paxtakor" esa muxlislari ko'z o'ngida chiroyli o'yin namoyish etishga harakat qilishi shubhasiz. Birgalikda voqealar rivojini kuzatamiz. 

Ishoning bugun oddiy o'yin bo'lmaydi, garchi mezbonlar uchun mazkur uchrashuv ahamiyatsiz bo'lsa, "Andijon" uchun hayot va mamot o'yini bo'ladi. Otabek G'ulomxo'jaev shogirdlari uchun "Paxtakor" stadionida qo'lga kiritilgan har qanday ochko muhim hisoblanadi. 

Assalomu aleykum qadrli futbol ixlosmandlari. Superliga 2020 mavsumning so'nggi turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Andijon" uchrashuvidan matnli translyaciyamizni boshlaymiz.

- Uchrashuv soat 14:00da boshlanadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика