So’nggi yangiliklar

12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  2 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  5 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  17 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  4 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7

Superliga o'yinida Farg'onada mezbonga aylanayotgan uchinchi jamoa - "Andijon" "Paxtakor"ni mehmon qiladi (prevyu) Yangiliklar

Superliga o'yinida Farg'onada mezbonga aylanayotgan uchinchi jamoa - "Andijon" "Paxtakor"ni mehmon qiladi (prevyu)

Superliganing 9-tur doirasida "Andijon" - "Paxtakor" uchrashuvi o'tkaziladi.

Turnir jadvali peshqadami "Paxtakor"ni mehmon qiladigan "Andijon" Farg'onada mezbonga aylanadi.

Andijon

Superliga. 9-tur

16/05/2019, 18:30

3
:
0
Tugadi

Paxtakor

Dragan CHeran - 45', Marat Bikmayev - 81', Marat Bikmayev - 85'

45'
90'
42'  Shahzod Ubaydullayev
45'  Ildar Mamatkazin
59'  Abdullo Olimov (Abbos Otaxonov)
64'  Radosav Aleksich
74'  Abduraxmon Abdulxaqov (Ro’zimboy Ahmedov)
79'  Shahzod Ubaydullayev (Shahboz Jumaboev)
45'  Dragan CHeran
67'  Marko Simich
76'  Sardor Sobirxo’jayev (Vladimir Kozak)
78'  Dostonbek Hamdamov (Marat Bikmayev)
81'  Marat Bikmayev
85'  Marat Bikmayev
90'  Odiljon Hamrobekov (Farrux Sayfiev)


Ayni paytda Ildar Sakaev boshchiligidagi jamoa turnir jadvalida 7 ochko to'plagan holda 12-o'rinda bormoqda. "Andijon" hozirgacha o'tkazilgan 8 uchrashuvdan 1tasida g'alaba qozongan, 4 durang qayd etib, 3 bahsda mag'lubiyatga uchragan.

Jamoa o'tkazilgan 8 uchrashuvda jami 7 gol urib, o'z darvozasidan 11 marotaba to'p olib chiqqan. Joriy mavsum "Andijon"  o'tkazilgan 8 uchrashuvlarning faqatgina to'rttasida maydonni golsiz tark etmagan. Qolgan to'rtala uchrashuvda esa "Andijon" raqiblar darvozasini ishg'ol etishni uddalagan. SHuningdek, jamoa o'tkazilgan sakkizta uchrashuvning faqatgina ikkitasida o'z darvozasi dahlsizligini quruq saqlashga muvaffaq bo'lgan.

"Andijon" jamoasining joriy mavsumdagi gollariga SHahzod Ubaydullaev (3), Ro'zimboy Ahmedov (2), Oybek Qilichev (1) va Abror Husinov (1) mualliflik qilishgan.


"Paxtakor" esa o'tkazilgan 8 uchrashuvda 6 g'alaba va 2 durang qayd etib, turnir jadvalida 20 ochko bilan yakka peshqadamlik qilmoqda. SHota Arveladze boshchiligidagi jamoa o'tgan 8 turda raqiblari darvozasi tomon 15 marotaba yo'l topib, darvozalaridan 7 bor to'p olib chiqqan. 

Qayd etish kerakki, ayni paytda chempionatda "Paxtakor" hozircha yagona mag'lub bo'lmagan jamoa hisoblanadi. Jamoa safardagi o'yinlarda ham 2 g'alaba va 1 durang qayd etgan.

"Paxtakor"ning joriy mavsumdagi gollariga Dragan CHeran (8), Jaloliddin Masharipov (2), Igor Sergeev (1), Doston Hamdamov (1), Marat Bikmaev (1), Egor Krimec (1) va Javohir Sidiqov (1) mualliflik qilishgan.


Yo'qotishlar: "Paxtakor" yarim himoyachilari Sadriddin Abdullaev hamda Javohir Sidiqov jarohatlari bois safdan chiqishgan va bugungi bahsda ular maydonga tusha olishmaydi. "Andijon" tarkibida ham yo'qotish mavjud. Joriy mavsumdan etiboran "Paxtakor"dan o'tgan tajribali yarim himoyachi Dilshod Rahmatullaev ham jarohati tufayli mazkur o'yinda jamoasiga yordam bera olmaydi.


O'zaro o'yinlardagi fakt: 

O'yinlar: 46

"Andijon" g'alabasi: 4

"Paxtakor" g'alabasi: 34

Durang: 8

To'plar nisbati: 34-112

Qiziq fakt: Joriy mavsumda Superligada garchi Farg'ona shahri jamoasi ishtirok etmayotgan bo'lsada, aynan mazkur shahardagi "Istiqlol" stadioni beshinchi marotaba chempionat o'yiniga mezbonlik qiladi. Eng qizig'i, vodiyning uchala jamoasi: "Navbahor" (2), "Qo'qon-1912" (2) va endilikda "Andijon" bu o'yingohda mezbonlik qiladi. Bunga qadar "Andijon" joriy mavsumda mazkur stadionda mehmon sifatida o'ynashga ulgurgan va "Qo'qon-1912" bilan durang qayd etilgandi.

"Istiqlol" o'yingohidagi "Paxtakor" o'tkazgan so'nggi bellashuvda jamoa O'zbekiston Kubogi finalida AGMKga mag'lub bo'lgandi. "Andijon" esa joriy mavsumda "Qo'qon-1912" bilan mazkur o'yingohda durang o'ynadi.


Eslatib o'tamiz, mazkur jamoalar o'rtasidagi o'yin bugun Farg'ona shahridagi "Istiqlol" stadionida soat 18:30da start oladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика