So’nggi yangiliklar

06:55Европа лигаси. "Марсель" - "Бенфика" 1:0 (Пенальтилар 4:2)   0 06:50Европа лигаси. "Рома" - "Милан" 2:1   0 06:45Европа лигаси. "Аталанта" - "Ливерпуль" 0:1   0 06:40Европа лигаси. "Вест Хэм" - "Байер" 1:1   0 03:36ЕКЛ. Ярим финал иштирокичилари маълум  2 02:01Европа лигаси. "Милан" ва "Ливерпуль" мусобақани тарк этди, "Байер" ва "Рома" эса ярим финал иштирокчисига айланди  12 01:17Мартинес ўйин давомида икки марта сариқ карточка олди, аммо майдондан четлатилмади. Бу қоидаларга зид эмасми? Йўқ!   12 00:53Аршавин: "Ливерпул"га қарши тўртта гол урган ўйиним фаолиятимдаги энг яхшиси эмас"  3 00:36Машариповнинг жамоадоши мухлисини бағрига босгани учун жазоланди  7 23:54"Барселона" мухлислари ПСЖга учралган мағлубиятдан илгари ўз жамоаси автобусига ҳужум қилишди  3 23:37Эрон Про лигаси. Ўрунов 77 дақиқа ҳаракат қилган ўйинда "Персеполис" йирик ғалабага эришди  0 23:20Футзал бўйича Осиё кубоги. Тожикистон - Жанубий Корея 2:0   0 23:10Футзал бўйича Осиё кубоги. Япония - Қирғиз Республикаси 2:3   2 23:08АПЛда дебют қилган 19 ёшли футболчи майдонга тушганидан 3 дақиқа ўтгач, ҳушидан кетди   0 22:41U-23 Осиё кубоги. Қатар ҳакам томонидан қўшиб берилган 13-дақиқада Иордания дарвозасига ғалаба тўпини киритди  17

Superliga. "Lokomotiv" "Olimpik"ni yirik hisobda dog'da qoldirdi, Jerom Etamedan dubl! Yangiliklar

Superliga. "Lokomotiv" "Olimpik"ni yirik hisobda dog'da qoldirdi, Jerom Etamedan dubl!

Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Lokomotiv" uchrashuvi nihoyalandi.



Coca-Cola Superliga. 9-tur
OLIMPIK – LOKOMOTIV 0:3 
16 may 2022 yil. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 19:00

Gollar: Jerom Etame 17, - 0:1 (Nurmuhammad Toshpo'latov). Jerom Etame 20, - 0:2, Diyor Turopov penalti 80, - 0:3.
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Elnur Doniyorov, Artyom Kalinin, Hasan Nabiev
Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev
VAR hakami: Aziz Asimov
VAR assistenti: Edita Mirabidova
VAR nazoratchisi: Vladislav Ceytlin
Komissar: Laziz Qo'chqorov

"Olimpik": 13.Hamidullo Abdunabiev, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 7.Ruslanbek Jiyanov, 11.Otabek Jo'raqo'ziev (22.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 46), 19.Dostonbek Tursunov, 23.Abdurauf Bo'riev, 28.Sunnatilloh Hamidjonov (17.Jaloliddin Sodiqov, 90+2), 37.Alisher Odilov (9.Temur Mamasidiqov, 73), 44.SHahzod Toirov (21.Muhammadaziz Ibrohimov, 62), 70.Abubakrrizo Turdialiev, 77.Davron Anvarov (99.Muhammadali G'iyosov, 46).
Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 6.Behzod SHamsiev, 10.Farruh Muxtorov, 20.Diyorbek Ortiqboev.

"Lokomotiv": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 3.Islom Qobilov, 4.Dilshod Komilov (22.Muhammadanas Hasanov, 66), 7.Diyor Turopov (98.Maruf Jumaev, 87), 8.Nurmuhammad Toshpo'latov, 11.Kaxi Maxaradze, 14.Xurshid Muxtorov, 17.Sanjar Qodirqulov (9.Javohir Alijonov, 87), 19.Jerom Etame (18.Ali Abdurahmonov, 87), 21.G'ulom Haydar G'ulomov (27.Islom Rashidxonov, 49), 44.Samuel Opex.
Zaxira: 13.Rustam Nartadiev, 5.Javohir Abdualimov, 20.Jaloliddin Jumaboev, 24.SHerzod Komilov.

Ogohlantirishlar: Alisher Odilov (37), Dilshod Komilov (44), Nurmuhammad Toshpo'latov (55). 


Olimpik

Superliga. 9-tur

16/05/2022, 19:00

3
:
0
Tugadi

Lokomotiv

Mpako Etame Jerom - 17', Mpako Etame Jerom - 20', Diyor Turopov - 80'

45'
90'
37'  Alisher Odilov
46'  Davron Anvarov (Muhammadali G'iyosov)
46'  Otabek Jo'raqo'ziev (Po'latxo'ja Xoldorxonov)
62'  SHahzod Toirov (Muhammadaziz Ibrohimov)
73'  Alisher Odilov (Temur Mamasidiqov)
90'  Sunnatulloh Hamidjonov (Jaloliddin Sodiqov)
17'  Mpako Etame Jerom
17'  Nurmuhammad Toshpo'latov
20'  Mpako Etame Jerom
44'  Dilshod Komilov
49'  G’ulomhaydar G’ulomov (Islom Rashidxonov)
55'  Nurmuhammad Toshpo'latov
66'  Dilshod Komilov (Muhammadanas Hasanov)
80'  Diyor Turopov
87'  Diyor Turopov (Maruf Jumaev)
87'  Mpako Etame Jerom (Ali Abdurahmonov)
87'  Sanzhar Qodirqulov (Javohir Alijonov)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


BAHS YAKUNLANDI! 

90+2. "Olimpik"da o'zgarish: Hamidjonov o'rniga Sidiqov maydonga tushdi.

Ikkinchi taymga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

87. "Lokomotiv"da 3 ta almashtirish: Turopov o'niga Jumaev, Etame o'rniga Abdurahmonov, Qodioqulov o'rniga Alijonov tushirildi.  

85. Etame darvozabon ancha oldinga chiqib ketganini sezgan holda olisdan zarba yo'lladi, noaniq.

83. Zarba!  Muxtorov Etame bilan kombinaciya amalga oshirib, qulay holatga chiqdi va zarba berdi. Hamidullo Abdunabiev zarbani qaytardi! 

80. GOOOOOOOOOL! Diyor Turopov penaltidan unumli foydalandi. U darvozaning chap tarafini poyladi va hisobni yiriklashtirdi – 0:3! 


78. Penalti bor yoki yo'qligi VARda tekshirilmoqda. Qarorga ko'ra, Abdunabiev Maxaradzega nisbatan qoidani buzdi. Penalti!   

77. Maxaradze birga-bir vaziyatga chiqib bordi, raqib posboni unga qarshilik ko'rsatdi. 

75. Uuuux! Mamasidiqov faollik ko'rsatib, himoyachilarni aldadi va markaz tomon havolatib pas uzatdi, so'ng Hasanov to'pni darvozadan uzoqlashtirdi. 

73. "Olimpik"da o'zgarish: Odilov o'rniga Mamasidiqov o'yinga qo'shildi.   

72. Uuuux!  "Olimpik" qoyilmaqom kombinaciya tashkil qildi. Dostonbek Tursunovning bo'sh qolgan darvoza tomon yo'llagan zarbasini so'nggi lahzada himoyachilardan biri bartaraf etishga erishdi. 

69. "Olimpik" himoyadan boshlab hujum tashkil qila boshladi. Yakunda noaniq pas tufayli u poyoniga etdi.  

66. "Lokomotiv"da o'zgarish: Komilov o'rniga Hasanov maydonga tushdi. 

62. "Olimpik"da almashtirish: SHahzod Toirov o'rniga Muhammadaziz Ibrohimov tushirildi.  

61. Zarbaaa!  Islom Rashidxonovning zarbasi ancha xavfli ko'rinish olib, darvoza ustuniga tegib qaytdi. 

60. SHahzod Toirovga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam namoyish qiligmoqda. 

58. "Olimpik" ketma-ket hujum uyushtirmoqda, biroq "temiryo'lchilar" darvozaboni va himoyasi mustahkam turibdi. 

55. Nurmuhammad Toshpo'latov qoida buzilgach, to'pni raqibga bermagani uchun hakam tomonidan sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

52. Penalti yo'qligi malum qilindi. Davom etamiz. 

51. Maxaradzening uzatmasidan keyin to'p Bo'rievning qo'liga tegdi, VAR tekshirilmoqda. Penalti berilish ehtimoli bor.  

49. "Lokomotiv"da almashtrish: G'ulom Haydar G'ulomov o'rniga Islom Rashidxonov tushirildi. 

48. Zarbaaaa!  "Temiryo'lchilar" sardori Maxaradze Etamening qulay pasidan so'ng noaniq zarba berdi. Ajoyib imkoniyat yuzaga kelgandi...

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. "Olimpik"da 2 ta o'zgarish: Anvarov o'rniga G'iyosov, Jo'raqo'ziev o'rniga Xoldorxonov uchrashuvni davom ettiradi. 

Birinchi taym tugadi. Hozircha hisob – 0:2. Tanaffus! 

Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi. 

44. Dilshod Komilov hakam tomonidan ogohlantirildi. 

39. G'ulom Haydar G'ulomovga tibbiy yordam ko'rsatilyapti.

37. Alisher Odilov G'ulom Haydar G'ulomovga nisbatan qoidani buzdi va ogohlantirildi. 

35. Ruslanbek Jiyanov hujum chog'ida yiqilib tushdi, to'p shu paytda uning qo'liga tegib ketdi. 

33. Sunnatilloh Hamidjonov Dilshod Komilovga nisbatan qo'pol o'yin ko'rsatdi. 

30. Zarbaaa! Abubakrrizo Turdialievning zarbasi to'g'ri darvozabonning qo'liga borib tushdi. 

24. Timur Kapadze shogirdlariga ko'rsatmalar bermoqda. Endi "Olimpik" qiyin holatdan chiqib ketishiga to'g'ri keladi. 

20. GOOOOOOOOL! "Olimpik" himoyasida yo'l qo'yilgan xatodan unumli foydalangan Jerom Etame dublni rasmiylashtirdi – 0:2!  Gol urilgan holatda SHahzod Toirov sirpanib ketgandi.  


17. GOOOOOOOL! Jerom Etame katta tezlikda jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va darvoza pastki burchagini nishonga oldi – 0:1!  


14. Davron Anvarov burchak zarbasi orqali to'pni ichkariga oshirib berdi, so'ngra uning sherigi bosh bilan zarba berdi, noaniq.  

12. Zarba! Jiyanovning zarbasi Abdujalilovga qiyinchilik tug'dirmadi.  

10. Zarbaaa! Xurshid Muxtorovning olisdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

6. Diyor Turopovning burchakdan oshirib bergan to'pini Hamidullo Abdunabiev urib yubordi. 

3. "Olimpik" uchrashuvni faol boshladi. Birinchi burchak to'pini amalga oshirishga ham ulgurdi. 

1. O'yinga start berildi! 

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика