So’nggi yangiliklar

02:02Валижон Раҳимов: "Андижон" ўз ўйинини топиб олади"  2 01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  0 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  2 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  14 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  239 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10

Coca Cola Superligasi. "Nasaf" qo'polliklarga boy o'yinda OKMK bilan durang o'ynab, chempionatda 2-o'rinni qo'lga kiritdi! Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Nasaf" qo'polliklarga boy o'yinda OKMK bilan durang o'ynab, chempionatda 2-o'rinni qo'lga kiritdi!

Coca Cola Superligasi oxirgi, 26-turidan o'rin olgan bellashuv yakuniga etdi.

Coca Cola Superligasi

26-tur

OKMK

Muhammadanas Hasanov - 60'

Superliga. 26-tur

01/12/2023, 17:15

1
:
1
Tugadi

Nasaf

Akmal Mozgovoy - 53'

45'
90'
50'  Mirjamol Qosimov
60'  Muhammadanas Hasanov
60'  Sardor Rahmonov
83'  Islom Tuxtaxo’jayev
83'  Sanjar Tursunov
33'  SHerzod Nasrullaev
47'  Alibek Davronov
53'  Akmal Mozgovoy

OKMK – "Nasaf" 1:1 (TUGADI)

Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 17:15

Gol: Muhammadanas Hasanov (Sardor Rahmonov) 60' – Akmal Mozgovoy (Suhrob Nurulloev) 53'

Bosh hakam: Temur To'xtasinov

Qanot hakamlari: Islom Azimov, SHerzod Azamov

Zaxira hakami: Olim To'ychiboev

VAR: Rahimbek Karimov

AVAR: Asker Najafaliev

Nazoratchi: Aleksandr Popov

Komissar: Bekzod Aripov

OKMK: 25.Valijon Rahimov, 3.Sardor Rahmonov, 4.Mirjamol Qosimov (24.Murat Ermatov, 90), 7.Dilshodbek Ahmadaliev, 10.Xurshid G'iyosov, 17.Sanjar Tursunov (s), 19.Muhammadanas Hasanov (14.Mirjahon Mirahmadov, 78), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 27.Martin Boake (23.Iskandar Bo'sinov, 90), 29.Vitaliy Denisov, 88.Siavash Haqnazariy. 

Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 12.Dilshodbek Yoqubov, 38.Sirojiddin Bashriddinov, 39.Asilbek Umirzoqov, 40.Jahongir Fozilov.

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 2.Alibek Davronov, 5.G'olib G'aybullaev (s), 7.Akmal Mozgovoy, 17.Suhrob Nurulloev (8.Zafarmurod Abdirahmatov, 66), 28.SHuhrat Muhammadiev (36.Azizjon Axrorov, 88), 34.SHerzod Nasrullaev, 70.Jambuli Jigauri (9.Javohir Sidiqov, 66), 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoevich (18.Bahrom Abdurahimov, 66), 99.Azizbek Amonov (19.Mateus Lima Kruz, 66).

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 10.Andres CHaves, 21.Doniyor Narzullaev, 32.Zafar Hakimov.

Ogohlantirishlar: SHerzod Nasrullaev (33), Alibek Davronov (47), Mirjamol Qosimov (50), Martin Boake (76), Javohir Sidiqov (90+4), Zafarmurod Abdirahmatov (90+5).

CHetlatishlar: Islom To'xtaxo'jaev (82), Sanjar Tursunov (83).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


UCHRASHUV VA MAVSUM YAKUNLANDI! "Nasaf" 2, OKMK 4-o'rinni qo'lga kiritdi. 

90+5. Zafarmurod Abdirahmatov qoidani buzgani uchun sariq oldi. 

90+4. Javohir Sidiqov qarshi hujumni to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

90. Ikkinchi taymga 7 daqiqa qo'shib berildi. 

90. OKMKda 2 ta o'zgarish: Boake o'rniga Bo'sinov, Qosimov o'rniga Ermatov tushirildi.

88. "Nasaf"da almashtirish: SHuhrat Muhammadiev o'rniga Azizjon Axrorov maydonga tushdi. 

83. Sanjar Tursunov to'p yo'q joyda Akmal Mozgovoyni urgani uchun maydondan chetlatildi! 

82. Islom To'xtaxo'jaevning qo'polligi VAR'da tekshirild va sariq qizilga almashtirildi.  

79. Islom To'xtaxo'jaev Mateus Limani yiqitgani uchun ogohlantirildi.  

78. OKMKda almashtirish: Hasanov o'rniga Mirahmadov tushirildi. 

76. Martin Boake to'p uchun kurashda G'aybullaevni turtib yubordi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

72. Zarbaaa! Qanday vaziyat! Haqnazariy aldamchi harakatlar qilib, zarba yo'llashni ham uddaladi, ammo Nematov sergakligini ko'rsatdi.

70. Zarbaaa! Xurshid G'iyosovning olisdan yo'llagan zarbasi sal noaniq ko'rinish kasb etdi. 

66. "Nasaf"da 4 ta o'zgarish: Nurulloev o'rniga Abdirahmatov, Amonov o'rniga Lima, Stanoevich o'rniga Abdurahimov, Jigauri o'rniga Sidiqov o'yinga qo'shildi. 

64. O'yin qizigandan qizidi. Har holda o'rtaga Superliga medallari qo'yilgan-da.

60. GOL! Sardor Rahmonovning pasidan keyin Muhammadanas Hasanov "Nasaf" jarima maydonchasi ichiga yorib kirib, hisobni tenglashtiruvchi golni urdi – 1:1!

55. Zarbaaa! SHerzod Nasrullaev chap qanotdan yorib kirib, o'ng oyoqda zarba berdi, sal noaniq.

53. GOL! Suhrob Nurulloevning jarima zarbasidan oshirib bergan pasidan so'ng Akmal Mozgovoy bosh bilan darvozani ishg'ol qildi – 0:1! 

50. Mirjamol Qosimov ogohlantirildi. 

48. Zarba! Suhrob Nurulloevning pasidan keyin Jigauri qulay imkoniyatni ko'kka sovurdi. Uning chap oyoqda yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. 

47. Alibek Davronov hakam tomonidan ogohlantirildi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Tanaffus! 

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

44. Oybek Bozorovning aqlli pasidan so'ng Sardor Rahmonov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

43. Jambuli Jigaurining olisdan yo'llagan zarbasi darvozaga aniq bormadi. 

33. SHerzod Nasrullaev Muhammadanas Hasanovga nisbatan qo'pol harakat qildi va sariq kartochka oldi. 

31. Uuux! Martin Boakening bosh bilan bergan zarbasidan keyin himoyachi to'pni darvozaga kirishiga yo'l qo'ymadi. Keyinroq hakamlar ofsayd qayd etishdi, biroq Martin ofsaydda emasdi...

29. Zarbaaaa! Mirjamol Qosimovning o'ng oyoqda bergan zarbasi darvoza ustunini "gumburlatdi"! 

23. Zarbaaa! Marko Stanoevichning kuchli zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

21. Zarba! SHerzod Nasrullaevning havolatib amalga oshirgan pasidan keyin SHuhrat Muhammadiev bosh bilan noaniq zarba berdi. 

18. Nasrullaevning uzatmasidan keyin himoyachilar to'pni maydon tashqarisiga chiqib ketishini taminlashdi. 

15. Zarbaaa! OKMK qulay nuqtadan jarima zarbasiga ega bo'ldi. Muhammadanas Hasanovning zarbasini Abduvohid Nematov qaytarishga erishdi.  

10. Zarbaaa! Azizbek Amonovning olisdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

5. Hozircha jamoalar ehtiyotkorona o'yin namoyish etishmoqda. 

1. Uchrashuv boshlandi! 

- Uchrashuv 17:15 da boshlanadi. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика