So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Olmaliqda o'tgan Qosimov va Abramov jamoalari qarama-qarshiligida murosa ko'chasi tanlandi Yangiliklar

Olmaliqda o'tgan Qosimov va Abramov jamoalari qarama-qarshiligida murosa ko'chasi tanlandi

Superliga 4-turidan o'rin olgan OKMK – "Dinamo" uchrashuvi nihoyasiga etdi.

Superliga

4-tur

OKMK – "Dinamo" 0:0  

Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 20:15

Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov

Yordamchi hakamlar: Elnur Doniyorov, Farhod Usmonov

Zaxira hakami: Rustam Choriev

Nazoratchi: Rustam Bobomurodov

VAR: Edita Miradibova

AVAR: Baxtiyorxo'ja Shavkatov

Komissar: Qudrat Madraimov

OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 3.Sardor Rahmonov, 5.Giorgi Papava (30.Abror Sarimsoqov, 70), 6.Avazbek O'lmasaliev (Arixiro Sentoku, 61), 7.Dilshod Ahmadaliev, 10.Xurshid G'iyosov, 15.Oybek Rustamov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 21.Saidafzalxon Axrorov, 23.Ajak Riak (Abdurahmonov, 61)77.Nodir Abdurazzoqov (99.Asad Sobirjonov, 61).

Zaxira: 25.Dilshod Yoqubov, 4.Mirjamol Qosimov, 13.Eldor Begimov, 16.Naoaki Senaga, 19.Ahmadullo Muqimjonov.

"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 6.Jahongir O'rozov, 7.Ratino, 8.Sanjar Qodirqulov (25.Oybek O'rmonjonov, 46), 9.Mirjahon Mirahmadov, 10.Anvarjon Hojimirzaev, 15.Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, 16.Richard Fraydey (11.Xislat Xalilov, 70), 22.Ulug'bek Abdullaev, 37.Firdavs Abdurahmonov, 88.Marko Stanoevich.

Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 14.Bahodir Nasimov, 17.Salim Mustafoev, 21.Muhammadaziz Ibrohimov, 24.Muhsin Bozorov, 55.Manuchehr Safarov, 77.Vohidjon Oqbo'taev.

Ogohlantirishlar: Firdavs Abdurahmonov (7), Maqsudxo'ja Aloxo'jaev (73), Oybek O'rmonjonov (86), Islom To'xtaxo'jaev (90).


UCHRASHUV YAKUNLANDI! 

90+4. Uuux! Yagudin Ahmadalievning yaqin masofadan bergan zarbasidan keyin to'pni egallashga erishdi. 

Ikkinchi taymga 5 daqiqa qo'shildi. 

90+2. Bosh hakam VAR monitori sari yo'l oldi va To'xtaxo'jaev bilan bog'liq vaziyatni tekshirib, qarorini o'zgartirmadi.  

90. Islom To'xtaxo'jaev qarshi hujumga qochib ketayotgan Anvar Hojimirzaevni yiqitgani bois sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.  

86. Oybek O'rmonjonov qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirish oldi.

83. Zarbaaa! Uuux! Xalilovning zarbasidan so'ng Ilyosov jamoasini yaqqol goldan qutqardi! 

81. OKMK "Dinamo" jarima maydonchasi yaqinida vaziyatlarni keskin ko'paytirdi. 

78. OKMKda almashtirish: G'iyosov o'rniga Senaga uchrashuvni tugatib qo'yadi. 

77. "Dinamo"da o'zgarish: Firdavs Abdurahmonov o'rniga Muhammadaziz Ibrohimov o'yinni davom ettiradi. 

73. Maqsudxo'ja Aloxo'jaev Rustamovga nisbatan qo'pol harakat qilgani uchun ogohlantirildi. 

70. "Dinamo"da almashtirish: Fraydey o'rniga Xalilov o'yinni davom ettiradi. 

69. OKMKda o'zgarish: Papava o'rniga Sarimsoqov maydonga tushdi. 

66. Uuuux! Hojimirzaevning uzatmasidan so'ng Mirahmadov darvozaga zarba yo'lladi, biroz muvaffaqiyatsiz. Ilyosov ham o'z o'rnida!

61. OKMKda 3 ta almashtirish: O'lmasaliev o'rniga Sentoku, Riak o'rniga Abdurahmonov, Abdurazzoqov o'rniga Sobirjonov o'yinga qo'shildi. 

57. Zarbaaa! Hojimirzaevning chap oyoqda bergan zarbasi noaniq ko'rinish oldi. Mahoratli hujumchi uchun zo'r vaziyat edi. 

56. Uuux! Abdurazzoqovning havolatib amalga oshirgan pasidan keyin Ahmadaliev bosh bilan ancha noaniq zarba yo'lladi. 

55. Ochig'i, bugungi o'yin tempi uchrashuv oldidan kutilgan darajada emas.  

50. Zarbaaa! Richard Fraydey jarima maydonchasi ichiga yorib kirib, o'ng oyoqda kuchli zarba berdi, biroq to'p darvozaning tashqi tomonidan to'rga tegdi. 

47. Abdullaev to'p bilan o'ng qanotdan oldinga borib, hujumda O'lmasalievga nisbatan qoidani buzishga majbur bo'ldi.  

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. "Dinamo"da o'zgarish: Qodirqulov o'rniga O'rmonjonov tushirildi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus! 

45+3. Uuuux! O'lmasalievning yaqin masofadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. Mezbonlar burchak zarbasidan foyda chiqarishlari mumkin edi...

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

43. Qodirqulovning maydon markazidan oshirib bergan to'pi shunchaki maydondan chiqib ketdi, bu to'pga Krauchning ham bo'yi etmasdi. 

37. Zarba! Sanjar Qodirqulov Javohir Ilyosovni sinovdan o'tkazdi. Darvozabon to'pni ilib oldi. 

36. Abdurazzoqov aldamchi harakatlarni amalga oshirgan Fraydeyni yiqitdi, jarima zarbasi. 

33. Maqsudxo'ja Aloxo'jaev Ahmadalievga nisbatan jiddiy ravishda qo'pollik ishlatdi. 

28. Zarba! Papava Abdurazzoqovga havas qilib uzoqdan zarba berib ko'rdi, ammo uning zarbasidan so'ng to'p tribunadan chiqib ketishiga bir baxya qoldi. 

27. Zarbaaaa! Nodir Abdurazzoqovdan chap oyoqda "zambarakni o'qi"! Zarba juda-juda xavfli, biroq biroz noaniq ko'rinish oldi.  

24. Uuux! G'iyosovning qanotdan oshirib bergan to'pini Stanoevich bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

22. Bugun VAR ko'p vaziyatlar tufayli o'yinni to'xtatib turibdi. Shuni VAR o'zi ko'rib, bosh hakamga xalaqit qilmay tursa bo'lmasmikan? Chunki vaziyatlar shu darajadaki, buning uchun bosh hakamdan o'yinni to'xtatib turishni so'rash shart emas. 

20. Nodir Abdurazzoqov Axrorovni yaxshi vaziyatga olib chiqish uchun yaxshi pas uzatdi, ammo himoyachilar jonbozlik ko'rsatishdi. 

16. Jahongir O'rozov katta tezlikda oldinga intilgan Ajak Riakka nisbatan fol ishlatdi. 

14. Zarbaaa! Saidafzalxon Axrorovning uzoqdan yo'llagan zarbasi xavfli, ammo sal noaniq chiqdi. 

11. Etiborlisi, Vadim Abramov bugun tayanch yarim himoyachisi Marko Stanoevichdan markaziy himoyada foydalanmoqda. 

7. Abdurahmonov maydon markazida Rustamovga nisbatan qoidani buzdi va sariq kartochka oldi. 

6. Zarba! Firdavs Abdurahmonov olis masofadan darvozani nishonga olishga urindi, zarbani Ilyosov qiyinchiliksiz egallab oldi. 

3. "Dinamo" hujumchilari OKMK himoyachilarini tahlikada ushlab turibdi. 

1. Uchrashuv boshlandi! 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика