So’nggi yangiliklar

00:14Отабек Нарзуллаев: "Мақсадимиз кубок финали эди. Энди бор эътиборимиз Суперлигага қаратилади"  0 23:55"Ювентус" Влаховични Салемакерсга алмаштирмоқчи. "Милан" ушбу келишувга рози бўлиши мумкин  0 23:35МЮ Майнунинг келажаги бўйича қарорни яқин икки кун ичида қабул қилади  1 22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  45 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  1 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  9 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   7 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  15 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  4 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2

Superliga. "Neftchi" gollarga boy o'yinda kambek evaziga "Navbahor"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "Neftchi" gollarga boy o'yinda kambek evaziga "Navbahor"ni mag'lub etdi

Superliga 4-tur doirasidagi "Neftchi" – "Navbahor" o'yini yakunlandi.

05.04.2025
“Neftchi” – “Navbahor” 3:2

Bosh hakam: Rustam Lutfullin
Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov
Zaxira hakami: Xushnud Suyunboev
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
VAR: Nayim Qosimov
AVAR: Nasibabonu Toshmuhammedova
Komissar: Shohruh Said

Gollar: 0:1 – 29, Azim Ahmedov, 1:1 – 48, Bilol Toshmirzaev (Jamshid Iskanderov), 1:2 – 49, Ruslanbek Jiyanov (Pedro Augusto), 2:2 – 64, Zoran Marushich (Jamshid Boltaboev), 3:2 – 72, Zoran Marushich (Abror Ismoilov).

"Neftchi": 25.Eldor Suyunov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 20.Anvar G'ofurov (s), 34.Farruh Sayfiev, 77.Bilolxon Toshmirzaev (6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 71), 14.Jamshid Boltaboev, 10.Jamshid Iskanderov (17.Muhammadali G'iyosov, 59), 5.Ikrom Aliboev (23.Yovan Jokich, 71), 7.Abror Ismoilov (11.Quvondiq Ro'ziev, 90), 8.Vladimir Yovovich, 32.Zoran Marushich

Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 33.Shohruh Yoqubjonov, 24.G'ulom-Haydar G'ulomov, 9.Shohruh Gadoev.

"Navbahor": 16.Shukron Yo'ldoshev, 7.Azim Ahmedov (s), 8.Shohmalik Komilov (55.Komiljon Tojidinov, 88), 13.Benjamin Teydi, 17.Ruslanbek Jiyanov (70.Abbos G'ulomov, 63),19.Mirzohid G'ofurov (71.Navro'zbek Iminjonov, 42), 29.Pedro Augusto (11.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 63), 33.Sergey Karpovich, 36.Gilerme Gedesh, 37.Alisher Odilov (10.Shahzodbek Ubaydullaev, 63), 99.Igor Gabriel

Zaxira: 1.Umid Ergashev, 4.Shaxzod Tairov, 6.Sherzod G'ulomjonov, 21.Rian Islomov.

Ogohlantirishlar: Shohmalik Komilov (25), Farruh Sayfiev (37), Azim Ahmedov (37), Ikrom Aliboev (61), Zoran Marushich (73)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

Nihoyat, "Neftchi" mavsumdagi ilk g'alabasini tantana qilishga juda yaqin. Voqea jamiyat ijtimoiy hayotida siqimaslik haqida musiqiy maslahat berayotgan hamda noto'g'ri operaciya qilingan bloger murojaaridan keyingi uchinchi voqea hisoblanadi.

90+3. "Navbahor"ning standart vaziyatdan so'nggi urinishi muvaffaqiyatsiz tugadi.

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

90. "Neftchi"da o'zgarish sodir bo'ldi.

88. "Navbahor" tarkibida o'zgarish amalga oshirildi.

83. Boltaboev raqib jarima maydonida yiqildi, ammo hakam o'yinni davom ettirishni malqu ko'rdi.

81. Mezbonlarning standarti samarasiz yakunlandi.

73. Marushich golni libosini echib nishonlagani uchun ogohlantirildi.

72. GOL! Marushich "Neftchi"ni hisobda oldinga olib chiqdi! "Navbahor" himoyasi Orol dengizi kabi parcha-parcha bo'lib ketdi.71. G'iyosov yaqin masofadan darvozaga aniq zarba yo'llay olmadi.

69. Komilovning zarbaga aylangan uzatmasini Suyunov egallab oldi.

67. Aliboevning chap oyoqda yo'llagan zarbasiga aniq etishmadi.

64. GOL! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Marushich to'xtatmasdan raqib darvozasiga aniq yo'lladi va hisobni tenglashtirdi!

61. Aliboev ogohlantirildi.

59. "Neftchi" tarkibida o'zgarish amalga oshirildi.

58. Xavfli vaziyat! Yovovichning chap qanotdan bergan pasini Gedesh qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

55. Iskanderovning uzatmasidan so'ng Toshmirzaev zarba yo'llashga kechikdi.

49. GOL! "Neftchi" golini takror ko'ryapman deb o'ylasam, adashgan ekanman, Jiyanov "Navbahor"ni hisobda oldinga olib chiqdi!

48. GOL! Toshmirzaev o'ng qanotdan raqib jarima maydoniga kirib bordi va hisobni tenglashtirdi!

47. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan oshirilgan uzatmadan so'ng Marushich bosh bilan zarba yo'lladi, biroz noaniq.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45+2. "Neftchi"ning ajoyib hujumiga yana so'nggi zarba etishmadi. Yovovich–Toshmirzaev kombinaciyasi yakunlanmay qoldi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

45. "Neftchi" futbolchisining olis masofadan yo'llagan zarbasi darvoza ortidagi muxlisning qo'lidagi burgerni aniq nishonga oldi.

42. "Navbahor"da majburiy o'zgarish amalga oshirildi.

41. Mezbonlarning navbatdagi xavfli hujumi yakunlanmay qoldi. G'ofurov yakuniy zarbani berishga bo'yi etmadi.

36. Sobiq jamoadoshlar – Sayfiev va Ahmedov janjallashib qolishdi. Ikkalasi ham ogohlantirildi.

33. Futbolga darvozasi yuqorisiga basketol savati o'rnatilganda, Yovovichning zarbasidan so'ng hisobda ortda borayotgan mezbonlar oldinga chiqib olardi.

29. GOL! Azim Ahmedov jarima zarbasidan "Neftchi" darvozasini ishg'ol qildi! Darvozabon esa to'pga xuddi unga xiyonat qilganday qarashdan boshqa chora topa olmadi!

25. Ismoilovga nisbatan fol ishlatgan Komilov ogohlantirildi.

20. Komilovni tanimaganlar hozirgi fintni ko'rib, Zidan ulamasoch kiyib maydonga tushibdi deb o'ylashi mumkin.

19. Xavfli vaziyat! Ismoilovning raqib jarima maydoni ichida yo'llagan kuchli zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

17. Xavfli vaziyat! "Navbahor" xavfli hujum tashkil etdi. o'ng qanotdan markazga oshirilgan pasdan keyin zarba yo'llaydigan futbolchi topilmadi.  

16. Agar burchak zarbalari ham gol sifatida inobatga olinganda, dastlabki 15 daqiqalikdayoq mezbonlar raqibini tor-mor etishgan bo'lardi.

14. Iskanderovning burchakdan darvoza tomon yo'llagan zarbasini Yo'ldoshev qaytardi.

10. Ikki jamoa futbolchilari jon-jahdlari bilan tezkorlikka urg'u berishmoqda, biroq baribir Xayrulla Hamidovning sharhda aytayotgan voqealariga eta olishmayapti. Menimcha, tasvir uzilishi bo'lganda, futbolchilardan kimdir sharhlovchilar xonasiga chiqib, iltimos, sekinroq sharhlang, ulgurolmay qolyapmiz deb aytsa kerak. 

6. "Neftchi"ning tezkor hujumi to'xtatib qolindi. Gedesh Ismoilovni tunda daraxtni ag'darganday hakamning ko'zidan pana qilib, raqibini erga qulatdi. Hakam esa unga jazo belgilmadi. 

4. Abror Ismoilovga nisbatan fol ishlatildi. Iskanderovning uzatgan to'pi Yo'ldoshevning manziliga borib tushdi.

1. G'alaba ilinjida maydonga tushgan "Navbahor" jamoasi o'yinni boshladi va 10- soniyadayoq to'pni yo'qotdi. Hujum xavfli zarba bilan yakunlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Neftchi" sariq-qora, "Navbahor" ko'k rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика