Superliga. "Navbahor"ning noxush ananasi tugaydimi?
03 mar 2022 14:30
Yangiliklar


Superliga. "Navbahor"ning noxush ananasi tugaydimi?
Malumot uchun, "Navbahor" so'nggi 2 mavsum startini mag'lubiyat bilan boshlagan edi. Jamoa 2020 yilda Toshkentda "Paxtakor"ga engilgan bo'lsa, 2021 yil o'z maydonida "So'g'diyona"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Umuman olganda, "lochinlar" chempionatni so'nggi 10 yilda faqat 1 martagina g'alaba bilan boshlagan. Bu 2017 yilga to'g'ri keladi. O'shanda "Obod"ni qabul qilgan namanganliklar Mirzohid G'ofurov va G'iyosjon Komilovning gollari evaziga 3 ochkolik bo'lgan edi.
Oxirgi 10 mavsum startida qayd etilgan natijalar: 6 mag'lubiyat, 3 durang, 1 mag'lubiyat.
2012. 1-tur: "Navbahor" 0:0 "Qizilqum"
2013. 1-tur: "Paxtakor" 2:0 "Navbahor"
2014. 1-tur: "Navbahor" 0:1 "Lokomotiv"
2015. 1-tur: "Navbahor" 0:2 "Mashal"
2016. 1-tur: "Navbahor" 2:3 "Lokomotiv"
2017. 1-tur: "Navbahor" 2:1 "Obod"
2018. 1-tur: "Metallurg" 0:0 "Navbahor"
2019. 1-tur: "Navbahor" 1:1 "Qo'qon-1912"
2020. 1-tur: "Paxtakor" 2:1 "Navbahor"
2021. 1-tur: "Navbahor" 0:1 "So'g'diyona"
O’xshash yangiliklar

Fikrlar