So’nggi yangiliklar

02:11Марко Станоевич: "Аламли мағлубият бўлди. Буни тезроқ унутиб, машғулотларга қайтишимиз керак"  1 01:33Аброр Исмоилов: "Муҳим учрашувда керакли очколарни қўлга киритдик"  0 01:27Камолиддин Тожиев: "Натижа бор, лекин жамоамиз ўйинидан қониқмадим"  0 00:45Ольмо Клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Мавсумга тўлақонли тайёргарлик кўраётганимиздан хурсандмиз"  2 00:35Фарҳод Нишонов: "Кубок ўйинларида янада узоқроқ боришни мақсад қилгандик"  0 00:22Ҳаким Фузайлов: "Бугунги мағлубият учун ҳамма айбни ўзимга оламан"  2 00:00Суперлига. "Динамо" мухлислари кўз ўнгида "Нефтчи"га ютқазди  0 23:50Сергей Лушчан: "Кубок ўйинларида футболчиларга қўшимча мотивация керак"  5 23:28Вадим Абрамов: "Бугун жамоам жуда оғир ўйнади"  10 23:06Брайан Риаскос: "Суперлига – бир қараганда осон, аммо аслида жуда мураккаб турнир"  2 22:59Виталий Левченко: "Динамо"нинг турнир жадвалида биздан юқори эканлиги футболчиларга қўшимча мотивация берди"  5 22:25Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Лаос дарвозасига еттита жавобсиз тўп киритди  6 22:19"Милан" 20 млн евродан зиёдга Италия термаси футболчисини сотиб олади  1 22:14Ўзбекистон кубоги. Чорак финалнинг барча иштирокчилари аниқ!  2 21:58Суперлига. "Нефтчи" қолдирилган ўйинда "Динамо"ни ишончли ҳисобда ютиб, 3-ўринга кўтарилиб олди  55

Superliga. "Nasaf" Qarshida "Qizilqum" ustidan qiyin g'alabaga erishdi Yangiliklar

Superliga. "Nasaf" Qarshida "Qizilqum" ustidan qiyin g'alabaga erishdi

Superliga 2-turidan o'rin olgan "Nasaf" – "Qizilqum" uchrashuvi yakuniga etdi.

Superliga

3-tur

Nasaf

Alibek Davronov - 18', Murodbek Rahmatov - 42'

Superliga. 3-tur

16/03/2024, 19:00

1
:
2
Tugadi

Qizilqum

Akaki SHulaya - 64'

45'
90'
18'  Alibek Davronov
42'  Murodbek Rahmatov
42'  Akmal Mozgovoy
47'  Marko Stanoevich
56'  Murodbek Rahmatov
61'  Marko Stanoevich (Javohir Sidiqov)
61'  Viktor Da Silva (Temur Chogadze)
61'  Zoran Marushich (Bobir Abdixoliqov)
65'  Sharof Muhitdinov (SHerzod Nasrullaev)
65'  Murodbek Rahmatov (G'olib G'aybullaev)
89'  Oybek Bozorov
18'  Ilhom Vahobov
46'  Davron Anvarov (Giorgi Kuxianidze)
46'  Diyor Rahmatilloev (Jamoliddin Ubaydullayev)
64'  Akaki SHulaya
64'  Samandar Shukurullayev
83'  Ilhom Vahobov

"Nasaf" – "Qizilqum" 2:1 

Qarshi. "Markaziy" stadioni. 19:00

Gollar: Alibek Davronov 18', Murod Rahmatov (Akmal Mozgovoy) 42' – Akaki SHulaya (Samandar SHukurullaev) 64'

Bosh hakam: Abdurashid Xuboyberganov

Qanot hakamlari: Husniddin SHodmonov, SHavkat Rahmatov

Zaxira hakami: Turg'un Jumaboev

VAR: Rahimbek Karimov

AVAR: Rishat Nugmanov

Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev

Komissar: Davron Ibrohimov

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 2.Alibek Davronov, 6.Murod Rahmatov (5.G'olib G'aybullaev, 65), 7.Akmal Mozgovoy, 14.SHarof Muhitdinov (34.SHerzod Nasrullaev, 65), 20.Viktor Da Silva (30.Temur CHogadze, 61), 22.Igor Golban, 28.SHuhrat Muhammadiev, 32.Zoran Marushich (10.Bobir Abdixoliqov, 61), 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoevich (s) (9.Javohir Sidiqov, 61).

Zaxira: 91.Zafar Safoev, 8.Zafarmurod Abdiraxmatov, 21.Doniyor Narzullaev, 44.SHahzod Akramov.

"Qizilqum": 12.Roberts Ozols, 4.Ilhomjon Vahobov, 7.Davron Anvarov (8.Giorgi Kuxianidze, 46), 11.Akaki SHulaya, 13.Nikolay Tarasov, 23.Samandar SHukurullaev, 25.Azizbek Usmonov (s), 27.SHahboz Jo'rabekov, 37.SHerzod Fayziev, 77.Fayzullobek Jumanqo'ziev, 79.Diyor Raxmatilloev (71.Jamoliddin Ubaydullaev, 46).

Zaxira: 1.Xumoyunshox Sayyotov, 9.Xumoyun Abdualimov, 14.Fayzulla Qambarov, 22.SHahzodbek Rahmatullaev, 28.Akmal Muzaffarov, 29.Salohiddin Tursunov, 99.Asadbek Asadov.

Ogohlantirishlar: Ilhomjon Vahobov (18), Marko Stanoevich (47), Murod Rahmatov (56), Oybek Bozorov (89).

CHetlatish: Ilhomjon Vahobov (ikkkinchi sariq, 83).

MATNLI TRANSLYACIYA

UCHRASHUV YAKUNLANDI! 

90+3. Zarbaaaa! Uuuux! Jamoliddin Ubaydullaevning jarima maydonchasi ichidagi kuchli zarbasiga aniqlik etishmay qoldi. Dahshaaaat! 

90. Ikkinchi taymga 4 daqiqa qo'shildi. 

89. Oybek Bozorov Giorgi Kuxianidzeni yiqitgani uchun ogohlantirish oldi. 

87. Zarbaaa! SHulayaning pasidan so'ng Kuxianidze erlatib zarba yo'lladi, ammo bu zarba Nematov tomonidan bartaraf qilindi. 

83. Ilhom Vahobov darvozabonga xalaqit qilgani bois ikkinchi bor ogohlantirildi va bu qizil kartochka degani edi. 

80. Uuux! SHahboz Jo'rabekov qanotdan ichkariga kirib bordi va burchakdan zarba yo'lladi, zarba xavfli, ammo noaniq chiqdi.  

78. Akmal Mozgovoy hujumchini birga-bir vaziyatga olib chiqmoqchi bo'ldi, biroq Robert Ozols sergak turganligini ko'rsatib, to'pni uzoqlashtirdi. 

74. Zarba! Akaki SHulayaning qoyilmaqom pasidan so'ng SHerzod Fayziev to'pni tribuna sari tepdi... 

70. SHuhrat Muhammadievning qanotdan oshirgan pasidan so'ng to'p Nasrullaevga qadar etib keldi, uning o'ng oyoqdagi zarbasi darvozabonga qiyinchilik tug'dirmadi. 

65. "Nasaf"da 2 ta o'zgarish: Rahmatov o'rniga G'aybullaev, Muhitdinov o'rniga Nasrullaev o'yinga qo'shildi.

64. GOL! Akaki SHulaya himoyani yorib kirib, o'tkir burchakni nishonga oldi – 2:1!

61. "Nasaf"da 3 ta almashtirish: Marushich o'rniga Abdixoliqov, Da Silva o'rniga CHogadze, Stanoevich o'rniga Sidiqov maydonga tushdi. 

60. Uuux! SHulayaning uzatmasidan keyin Kuxianidze to'pga ulgurmay qoldi, aks holda xavfli holat yuzaga kelardi.  

56. Murod Rahmatov Azizbek Usmonovga nisbatan qoidani buzgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

55. Zarbaaa! SHulayaning havodan oshirgan to'pini Jumanqo'ziev bosh bilan darvozaga yo'naltirishga urindi, ammo noaniq. 

54. Rahmatovning uzatmasidan so'ng Da Silva qulay poziciyaga chiqib bordi, biroq himoyachilar o'z vaqtida xavfni bartaraf etishdi. 

51. Zarbaaa! Da Silvaning kuchli zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi. 

47. Marko Stanoevich qo'pollik ishtalgani uchun ogohlantirildi. 

46. "Qizilqum"da 2 ta o'zgarish: Anvarov o'rniga Kuxianidze, Raxmatilloev o'rniga Ubaydullaev tushirildi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 2:0. Tanaffus! 

45+3. Uuuux! Dahshaaat! Zoran Marushich birga-bir holatga chiqib borib, noaniq zarba yo'lladi va qulay imkoniyatni ko'kka sovurdi. 

45. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

42. GOL! Akmal Mozgovoyning uzun pasidan keyin Murod Rahmatov birga-bir holatga chiqib borib, darvozabonning ustidan to'pni oshirib qo'ydi – 2:0!

39. Alibek Davronov biroz noqulay yiqilgani uchun unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

35. SHuhrat Muhammadiev Azizbek Usmonovga nisbatan qo'pollik ishlatdi, navoiyliklar sardori qarshiliklarning tajribali futbolchisidan norozi. 

32. "Qizilqum" ancha faol harakat qilmoqda, biroq pas bilan bog'liq kamchiliklar jamoaga xalaqit qilyapti.  

30. Zarba! SHahboz Jo'rabekovning qanotdan yo'llagan zarbasi sal noaniq ketdi. 

25. Akaki SHulaya chap qanotdan hujumga o'tib, himoyachi bilan to'qnashib ketdi va yiqildi, hakam hech qanday qoidabuzarlik yo'qligini takidladi. 

22. Zarba! SHulayaning jarima orqali olisdan yo'llagan zarbasidan keyin Abduvohid Nematov to'pga ega chiqdi. 

18. GOL! Viktor Da Silva jarima maydonchasi ichida faollik ko'rsatib, ketma-ket zarbalarga mualliflik qildi, himoyachilardan qaytgan to'pni esa Alibek Davronov kuchli zarbasi orqali darvoza to'riga joylab qo'ydi – 1:0! 

18. Ilhom Vahobov Murod Rahmatovni chaldi va sariq kartochka oldi. 

16. Alibek Davronov Jumanqo'zievning zarbasidan keyin yiqilib tushdi, biroz o'tib hakam o'yinni to'xtatdi va aybdor jabrlanuvchidan uzr so'radi. Davom etamiz. 

14. Zarba! Muhitdinovning havolitib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Marushich bosh bilan zarba berdi, to'p darvozabonning qo'lida va ofsayd. 

13. Oybek Bozorov chap qanotda Akaki SHulaya tomonidan yiqitildi, fol. 

12. Viktor Da Silva maydon markazida to'pni zo'r qabul qilib oldi va Marushichni qulay vaziyatga olib chiqish ilinjida sal kuchli pas berib yubordi... 

9. "Nasaf" qarshi hujumga o'tdi, biroq Oybek Bozorov Da Silva bilan "devor" uslubida o'ynayman deb adashdi, narigi qanotda Marushich qulay vaziyatga chiqib borayotgandi...

8. Alibek Davronov o'ng qanotda tezlik olgan Akaki SHulayani qoida buzish evaziga yiqitdi. 

3. Zoran Marushichning uzatmasidan so'ng Ozols to'pni qaytardi, so'ng himoyachilar uni uzoqlashtirishdi. 

1. O'yin boshlandi! 

- Uchrashuv 19:00 da start oladi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика