So’nggi yangiliklar

09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  1 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  2 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  4 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  8 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  9 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  25 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3

Superliga: “Nasaf” - “Lokomotiv”. Prevyu Yangiliklar

Superliga: “Nasaf” - “Lokomotiv”. Prevyu

Teglar :  NasafLokomotiv
Superliganing 6-turidagi “Nasaf” - “Lokomotiv” bahsi, turning markaziy uchrashuvi sanaladi.

Uchrashuv 11 aprel chorshanba kuni “Markaziy” stadionda bo'lib o'tadi va soat 20:00da boshlanadi.

O'zbekiston Superligasi-2018. 6-tur
“Nasaf” (Qarshi) – “Lokomotiv” (Toshkent)
11.04.2018. “Markaziy” stadion. 20:00da
Bosh hakam: 
Ilgiz Tantashev (Buxoro)
Qanot hakamlari: Husniddin SHodmonov (Buxoro), Aleksandr Burov (Buxoro)
Zaxira hakami:  To'rabek Suyunov (Guliston)
Nazoratchi: Marat Ismoilov (Toshkent)
Uchrashuv komissari: Laziz Qo'chqorov
 
O'zaro uchrashuvlar tarixiga oid

Ushbu jamoalar milliy chempionatimizda 26 marta to'qnash kelishgan. O'tgan uchrashuvlarning 13 tasida “ajdarlar” g'alaba qozongan. 5 uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan. Qolgan 8 uchrashuvda “temiryo'lchilar”ning qo'li baland kelgan. To'plar nisbati bo'yicha  ustunlik "Nasaf" tomonida 37-27.

Bu jamoalar  o'rtasidagi uchrashuvlarda “Nasaf” – “Lokomotiv” 5:1 (2 marta), “Lokomotiv” – “Nasaf” 5:2 ko'rinishidagi eng yirik hisoblar qayd etilgan.

“Nasaf” bu  yilgi chempionatda 5ta uchrashuv o'tkazib, 9 ochko to'pladi va  turnir jadvalining 3-pog'onasida bormoqda. “Lokomotiv” jamoasi 5 uchrashuvdan so'ng 5 ochko to'plab, turnir jadvalida 9-pog'onasida bormoqda. Amaldagi mamlakat chempionning bu yilgi chempionatda unchalik omadi chopmayapti.

Qarshidagi o'zaro uchrashuvlarga oid

Mazkur jamoalar Qarshida shu paytgacha 13 marta o'zaro kuch sinashganlar. Bu uchrashuvlarning 9tasida "Nasaf" g'alaba qozongan, 3 uchrashuvda “Lokomotiv”ning qo'li baland kelgan, qolgan 1 uchrashuvda durangga imzo chekilgan. Qarshidagi o'zaro uchrashuvlarda jami darvozalarga 41ta to'p kiritilgan, to'plar nisbati - 26-15ni tashkil etmoqda. Demak, to'plar nisbati bo'yicha ham ustunlik "Nasaf" tomonida.

“Nasaf” o'tgan yilgi chempionatda “Lokomotiv”ni Qarshida 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan. Uchrashuvdagi ikki golga ham Dragan CHeran mualliflik qilgan. “Lokomotiv” jamoasi esa so'nggi bor, 2016 yili Qarshidagi uchrashuvda 2:1 hisobida “Nasaf”dan ustun kelgan.

Qarshidagi  so'nggi besh uchrashuv natijalari
2017 yil. “Nasaf” - “Lokomotiv”   2:0
2016 yil. “Nasaf” - “Lokomotiv”   1:2
2015 yil. “Nasaf” - “Lokomotiv”   1:0
2014 yil. “Nasaf” - “Lokomotiv”   2:5
2013 yil. “Nasaf” - “Lokomotiv”   2:1
 
Uchrashuvga oid yana malumotlar

Bu jamoalarning o'rtasidagi bo'lib o'tgan har bir uchrashuv futbol ishqibozlarida katta qiziqish o'yg'otib keladi. Bu safar ham oldindan uchrashuvni shunday o'tishini taxmin qilsa bo'ladi.

Bo'lajak uchrashuv, “Nasaf”ning milliy chempionatdagi 624-uchrashuvi bo'ladi.

Mazkur jamoalar o'tgan 5-tur uchrashuvida durangga erishdi. “Lokomotiv” – “Qo'qon-1912” 1:1, “Navbahor” – “Nasaf” 0:0. “Ajdarlar” o'tgan ikki turda durang qayd etishdi. Bu safar qarshiliklar o'z maydonida uch ochko uchun kurashishi turgan gap. Bu ham o'yinning keskin bo'lishiga sabab bo'ladi.

“Lokomotiv” jamoasi bu uchrashuvga jiddiy yo'qotishlar orqali tashrif buyuradi. Jamoaning ikki nafar etakchi o'yinchisi "Nasaf"ga qarshi uchrashuvda, diskvalifikaciya tufayli maydonga tusha olmaydi. Bular Ikrom Aliboev va Rodriges Nivaldo.

Mamlakatimizning  OCHL ishtirokchilari sanalgan mazkur jamoalar, OCHL-2018 guruh bosqichining so'nggi tur uchrashuvi oldidan tuqnash kelishmoqda. Bu uchrashuvdagi ijobiy natija jamoalarga ruhiy dalda ham beradi. “Nasaf”ning bu uchrashuvda g'alaba qozonishi uchun yaxshigina imkoniyati bor. CHunki “ajdarlar” o'z muxlislari ko'z o'ngida to'p tepishadi.


Eslatib o'tamiz, “Nasaf” - “Lokomotiv” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 11 aprel chorshanba kuni “Markaziy” stadionda soat 20:00da boshlanadi.

Barcha futbol ishqibozlarini ushbu qiziqarli uchrashuvga chorlab qolamiz.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика