So’nggi yangiliklar

17:02ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон бир поғона пастлади  0 16:49"Машъал" - "Хоразм" 0:0 (Матнли трансляция)  0 16:40Ислом Исмоилов иштирокидаги матбуот анжумани ўтказилмоқда  1 16:05Ўзбекистон терма жамоаси афсонаси Қозоғистон жамоасини бошқарадими?  3 15:37"Аҳал" ОЧЛ-2'даги уй учрашувини Эронда ўтказади  3 15:16Қозоғистон футзал термаси устози Кака: "Бизда легионерлардан Игита билан Эдсон қолди"  0 14:54Фабио Каннаваро Қаршидаги футбол академияси билан танишди  12 14:32Ўзбекистон Кубоги финалида жамоалар қандай рангдаги либосларда ўйнашига аниқлик киритилди  1 14:14Футзал бўйича Олий лига 4-тур учрашувларига қайси шаҳар мезбонлик қилиши маълум  0 13:59"Олимпик"нинг 11 ўйинлик мағлубиятли серияси якун топган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:40Испания футбол федерацияси президенти АҚШда бўлиб ўтадиган "Вильярреал" – "Барселона" учрашувига муносабат билдирди  9 13:12ФИФА Трампнинг ЖЧ-2026 ўйинлари Бостондан кўчирилиши ҳақидаги баёнотига жавоб берди  3 12:43"Насаф" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  1 12:17Буни кўриш керак. Ўзбекистон футзалда ҳам Қозоғистонни мағлуб этди  2 12:10"Сўғдиёна" футболчисига Германиянинг қайси клуби қизиқаётгани маълум  4

Superliga. 10 kishi bo'lib qolgan "Nasaf" o'z uyida "Dinamo" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

Superliga. 10 kishi bo'lib qolgan "Nasaf" o'z uyida "Dinamo" bilan durang o'ynadi

Superliga 9-turidan o'rin olgan bahs yakuniga etdi.

Unda "Nasaf" Qarshida "Dinamo" bilan murosa ko'chasini tanladi. Alohida aytish joiz, qarshiliklar 11-daqiqada bir kishi kam bo'lib qolishgandi. 

Superliga

9-tur

Nasaf

Akmal Mozgovoy - 24'

Superliga. 9-tur

25/05/2024, 19:00

1
:
1
Tugadi

Dinamo

Dushan Miyich - 60'

45'
90'
11'  G'olib G'aybullaev
24'  Akmal Mozgovoy
24'  Sharof Muhitdinov
64'  Oybek Bozorov (Temur Chogadze)
79'  Marko Stanoevich (Zafarmurod Abdurahmatov)
79'  Sharof Muhitdinov (Javohir Sidiqov)
79'  Zoran Marushich (Bobir Abdixoliqov)
35'  Ulug'bek Abdullaev (Dilshod Rahmatullayev)
41'  Dushan Miyich
45'  Ratinyo
45'  Ratinyo
59'  Humoyunmirzo Iminov (Hislat Halilov)
59'  Dilshod Rahmatullayev (Emmanuel Yagr)
60'  Dushan Miyich
60'  Hislat Halilov
70'  Sanzhar SHoahmedov (Damir Temirov)
70'  Anvar Hojimirzaev (Abubakir Mo'ydinov)

"Nasaf" – "Dinamo" 1:1  

25 may. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 19:00

Gollar: Akmal Mozgovoy (SHarof Muhitdinov) 24' – Dushan Miyich (Xislat Xalilov) 60'

Bosh hakam: Olim To'ychiboev

Qanot hakamlari: Islom Azimov, SHerzod Azamov 

Zaxira hakami: Jahongir Noraliev

VAR: Ahrol Risqullaev

AVAR: Adham Rixsiboev

Nazoratchi: Mamur Saidqosimov

Komissar: Vladimir Nazarov

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Akmal Mozgovoy, 14.SHarof Muhitdinov (9.Javohir Sidiqov, 79), 20.Viktor Da Silva (6.Murod Rahmatov, 14), 27.Islom Kenjaboev, 28.SHuhrat Muhammadiev, 32.Zoran Marushich (10.Bobir Abdixoliqov, 79), 34.SHerzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov (30.Temur CHogadze, 64), 88.Marko Stanoevich (8.Zafarmurod Abdiraxmatov, 79).

Zaxira: 91.Zafar Safaev, 21.Doniyor Narzullaev, 44.SHahzod Akramov, 70.Jambuli Jigauri.

"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 3.Ulug'bek Abdullaev (18.Dilshod Rahmatullaev, 35, 35.Emmanuel Yagr 59), 4.Odilbek Abdumajidov, 7.Francis Narx, 9.Humoyunmirzo Iminov (8.Xislat Xalilov, 59), 10.Joel Kojo, 17.Salim Mustafoev, 20.Fransisko Ferreyra, 21.Anvar Hojimirzaev (30.Abubakir Mo'ydinov, 70), 22.Sanjar SHoahmedov (11.Damir Temirov, 70), 44.Dushan Miyich.

Zaxira: 1.Farhod Rahmatov, 14.Bahodir Nasimov, 23.Farruh Ikromov, 99.Muhammadbobur Asadullaev.

Ogohlantirishlar: Dushan Miyich (41), Fransisko Ferreyra (45+6).

CHetlatish: G'olib G'aybullaev (11). 

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



BAHS YAKUNLANDI!

90+4. Abduvohid Nematovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

90+2. Uuuuux! Temirovning kuchli zarbasidan so'ng Nematov yana katta sahnaga chiqdi!

90+1. Uuux! Mo'ydinovning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

90. Ikkinchi taymga 6 daqiqa qo'shildi.

90. Uuuux! Kojo sal qolsa birga-bir holatga chiqib ketardi, biroq Nasrullaev bunga yo'l qo'ymadi va futbolchining ortidan quvib etdi, burchak o'arbasi. 

89. Uuuux! Kojoning yaqin masofadan bergan zarbasidan so'ng Abduvohid Nematov "Nasaf"ni muqarrar goldan qutqarib qoldi.  

87. Zarba! Abdiraxmatovning havolatib amalga oshirgan pasidan keyin Abdixoliqov bosh bilan noaniq zarba yo'lladi. 

85. Mozgovoy o'z finti orqali Kenjaboevni birga-bir holatga chiqarishga urindi, ammo to'p Miyichdan o'tmadi. 

79. "Nasaf"da 3 ta almashtirish: Marushich o'rniga Abdixoliqov, Muhitdinov o'rniga Sidiqov, Stanoevich o'rniga Abdiraxmatov uchrashuvni tugatib qo'yadi.

76. Yagr hujum vaqtida Mozgovoyga nisbatan qoidani buzdi. 

73. Uuux! CHogadze ketma-ket ikki bor zarba berdi, Yagudin jamoasini yaqqol goldan qutqardi va biroz jabrlandi ham.  

70. "Dinamo"da 2 ta o'zgarish: Hojimirzaev o'rniga Mo'ydinov, SHoahmedov o'rniga Temirov bahsni davom ettiradi.

64. "Nasaf"da almashtirish: sal oldin imkoniyatni ko'kka sovurgan Bozorov o'rniga CHogadze o'yinga qo'shildi.  

63. Zarbaa! Oybek Bozorov to'pni muxlislarga sovg'a qilib qo'ya qoldi. 

60. GOL! Xalilovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Miyich bosh bilan gol urib, muvozanatni tikladi – 1:1!

59. "Dinamo"da 2 ta o'zgarish: Iminov o'rniga Xalilov, Rahmatullaev o'rniga Yagr tushirildi.

56. SHerzod Nasrullaev qanotdan kirib borib, ichkariga pas uzatdi, ammo himoyachilardan biri so'nggi pallada to'pni uzoqlashtirishga erishdi. 

55. Uuuux! Humoyunmirzo Iminovning kuchli zarbasi ancha xavfli, biroq noaniq ko'rinish oldi. 

53. Uuuux! Anvar Hojimirzaevning uzatmasi ancha kuchli chiqqani bois to'p maydondan chiqib ketdi. 

51. "Nasaf" hujumlar tashkil qilishda ancha faol. Xuddi bir kishi kam emas, ko'p o'ynayotganga o'xshaydi.  

47. Zarbaaa! Anvar Hojimirzaev chap qanotdan yorib kirib, darvoza tomon zarba yo'lladi, ammo darvozabon sergak turganini bildirdi. Sal o'tib o'yindan tashqari holat borligi ham malum qilindi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaafus! 

45+6. Fransisko Ferreyra to'p yo'q joyda Islom Kenjaboevni ochiqchasiga turtib yubordi va sariq kartochka oldi. 

45+4. Joel Kojo Akmal Mozgovoyga nisbatan qo'pol harakat qildi. 

45. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

41. Marushichga nisbatan qoidani buzgan Miyich sariq kartochka bilan jazolandi. 

38. Islom Kenjaboev Anvar Hojimirzaevning oyog'ini bosib oldi. Bosh hakam aybdorni og'zaki ogohlantirdi. Referi jahl ortidan maydonga tushib ketgan Ro'ziqul Berdievga ham dakki berib qo'ydi. 

35. "Dinamo"da almashtirish: Abdullaev o'rniga Rahmatullaev maydonga tushdi. 

32. Joel Kojo qulay pas qabul qilib, oldinga oshiqayotgandi, biroq ofsayd borligi malum qilindi.

28. Anvar Hojimirzaev "Dinamo" muxlislarini xavotirga solib, maydonda yotdi, biroq keyinroq o'rnidan turdi. 

24. GOL! SHarof Muhitdinovning uzatmasidan keyin Akmal Mozgovoy bosh bilan gol urib, hisobni ochdi. Bayram boshlanib ketdi. Qarshida ham muxlislar tomonidan petardalar ishlatila boshlandi!

24. Salim Mustafoev Islom Kenjaboevga nisbatan juda qo'pol o'ynadi.

21. SHerzod Nasrullaev Anvar Hojimirzaev bilan tortishib qoldi. Hakam ularni yarashtirib qo'ydi.  

19. "Dinamo" qaytanga teng tarkiblarda yaxshiroq o'ynayotgandi, hozir esa jamoada xatolar ko'paydi. 

16. Oybek Bozorov yaqin masofadan kuchsiz zarba ijro etdi. 

14. "Nasaf"da o'zgarish: Viktor Da Silva o'rniga Murod Rahmatov o'yinni davom ettiradi.

11. Bosh hakam vaziyatni VAR'da ko'rib, sariq kartochkani qizil kartochkaga o'zgartirdi. "Nasaf" bir kishi kam bo'lib qoldi.  

10. Kojoga nisbatan qo'pol harakat qilgan G'olib G'aybullaev ogohlantirildi. 

9. Zarbaaa! Joel Kojoning chamasi 17 metrlardan bergan zarbasi Nematov tomonidan bartaraf etildi, burchak zarbasi.  

7. Nasrullaevning qanotdan oshirib bergan to'pini Marushich darvozaga yo'naltira olmadi. Vaziyat so'ngida ofsayd bo'lgani ham qayd etildi. 

5. "Dinamo" Bozorovdan to'pni olib qo'yib, oldinga o'tdi. Kojo to'pni qanotga Hojimirzaevga uzatdi, ammo to'pni Nasrullaev "podkat" orqali tortib oldi.  

2. Uuuux! Kojoning birga-bir holatda yo'llagan zarbasini Nematov qaytarishga erishdi. 

2. "Dinamo" muxlislari ham xuddi "Andijon" va "Navbahor" muxlislari singari petardalarni ishlatmoqda. 

1. O'yin boshlandi! 

- Uchrashvv 19:00 ga belgilangan. 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика