So’nggi yangiliklar

11:52Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади  0 11:25Энцо Мареска: "Челси" сўнгги ойдаги энг зўр ўйинини ўтказди"  0 10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  1 09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  6 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  2 08:34"Нефтчи" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  4 08:03Бугун аёллар терма жамоамиз Осиё кубоги саралашдаги юришини бошлайди  3 07:40Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" "Бенфика"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  6 01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  3 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  3 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  1

Superliga. “Nasaf” - AGMK. Prevyu Yangiliklar

Superliga. “Nasaf” - AGMK. Prevyu

Teglar :  NasafAGMK
Superliganing 19-turida “Nasaf” Olmaliqning AGMK jamoasi bilan, o'z maydonida bahslashadi.

Uchrashuv 28 iyul shanba kuni “Markaziy” stadionda soat 20:00da boshlanadi.

Superliga, 19-tur
“NASAF” –“AGMK”
28.07.2018. “Markaziy” stadion. 20:00da
Bosh hakam:
Viktor Serazitdinov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Ravil SHoyaxmetov (Toshkent), Husniddin SHodmonov (Buxoro)
Zaxira hakami: Isxaq Ibragimov (Nukus)
Nazoratchi: G'ayrat Karimov (Toshkent)
Uchrashuv komissari: Laziz Qo'chqorov.

Viktor Serazitdinov bu yilgi "Nasaf" ishtirokidagi uchrashuvlarning uchinchisiga tayinlandi. Bungacha Serazitdinov “Nasaf” – “Buxoro” 3:1 va “Buxoro” – “Nasaf” 1:0 uchrashuvlarini boshqargan edi.

O'zaro uchrashuvlarga oid faktlar

“Nasaf” va AGMK jamoalari shu paytgacha milliy chempionatda o'zaro 21 marta kuch sinashgan. Bo'lib o'tgan uchrashuvlarning 11tasida “Nasaf” zafar quchgan, yana 8 o'yinda durang natija qayd etilgan. 2ta o'yinda olmaliqlik futbolchilar o'z maydonida g'alabaga erishishgan. To'plar nisbati quyidagicha ko'rinish olgan – 32:17. Ustunlik “Nasaf” tomonida.


Qarshidagi o'zaro uchrashuvlarga oid

Qarshida bo'lib o'tgan 10ta o'yindan 8tasida “Nasaf” g'alaba qozongan. 2 uchrashuvda bir xil 2:2 durang hisobi qayd etilgan. Ko'rib turganingizdek, “AGMK” jamoasi hanuzgacha Qarshida g'alaba qozona olmagan. Qarshidagi so'nggi o'zaro durang natija esa 2013 yili qayd etilgan. O'tgan yili Qarshida bo'lib o'tgan o'zaro uchrashuvda “Nasaf” 1:0 hisobida muvaffaqiyatga erishgan.

Qarshida bo'lib o'tgan uchrashuvlarda mazkur jamoalar o'rtasida eng yirik 4:0 hisobi, 2010 yili qayd etilgan. Bu uchrashuvda Ilhom SHomurodov xet-trik muallifi bo'lgan. Kenja To'raev esa bitta gol kiritgan.

Qarshida bo'lib o'tgan o'zaro uchrashuvlar:
08.09.2017.  “Nasaf” – AGMK 1:0
08.08.2016.  “Nasaf” - AGMK 2:1
08.08.2015.  “Nasaf” - AGMK 2:0
07.11.2014.  “Nasaf” - AGMK  2:2
02.03.2013.  “Nasaf” - AGMK  2:2
01.07.2012.  “Nasaf” – AGMK 4:2
20.03.2011.  “Nasaf” – AGMK 2:1
26.08.2010.  “Nasaf” – AGMK 4:0
07.08.2009.  “Nasaf” – AGMK 2:1
10.05.2008.  “Nasaf” – AGMK 1:0
 
Qarshidagi o'zaro uchrashuvlarda darvozalarga jami 31ta to'p kiritilgan. To'plar nisbati bo'yicha ham ustunlik “Nasaf” tomonida  22-9.

Jamoalar to'purarlari


Ayni paytda to'purarlar bo'yicha "Nasaf"da Bobir Abduxoliqov karvonboshilik qilmoqda. U hozirgacha 5ta gol kiritgan. “AGMK” jamoasining to'purari serbiyalik yarim himoyachisi Yovan Jokich hisoblanadi. Uning hisobida 8ta gol bor, ularning 6tasini penaltidan kiritgan.

Mazkur jamoalarning yoshlari o'rtasidagi uchrashuv 27 iyul juma kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Sputnik qo'rg'onidagi yoshlar qarorgohi maydonida soat 18:30da boshlanadi.

Barcha futbol ishqibozlarini ana shu uchrashuvlarga taklif etib qolamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика