So’nggi yangiliklar

10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  0 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  0 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  2 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  12 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  8 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  2 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  1 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  2 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  3 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  5 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0

Superliga. "Navbahor" Bekobodda mag'lub bo'ldi Yangiliklar

Superliga. "Navbahor" Bekobodda mag'lub bo'ldi

Superliganing 28-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH


Uchrashuv boshlandi. 20-daqiqada Isoqjonovning 18 metrlardan tepgan to'pini Akbar To'raev ushlab oldi. 23-daqiqada No'monovning tepgan to'pini Ilyosov qiyinchilik bilan qaytarib qolishga erishdi.

31-daqiqada Zohid Abdullaev darvozabon bilan yakkama-yakka chiqish imkoniga ega bo'lgandi. To'raev to'pni o'z vaqtida qaytarishga erishdi. 32-daqiqada O'runovning 17 metrlardan tepgan to'pi noaniq ketdi. 

33-daqiqada Isoqjonovning jarima zarbasidan keyin to'p jonli devorga tegib qaytdi. Takroriy zarba esa noaniq ko'rinish oldi. 37-daqiqada burchak zarbasidan keyin xavfli vaziyat yuzaga keldi. O'runovning yakuniy zarbasi esa himoyachiga tegib maydonni tark etdi.

39-daqiqada Jo'raboevning 17 metrlardan tepgan to'pi yo'nalishi biroz noaniq ketdi. 42-daqiqada Isaevning zarbasi ham noaniq ko'rinish oldi. 

Birinchi taymda hisob ochilmadi. 

47-daqiqada himoyadagi xatodan so'ng Islombek Isoqjonov jarima maydoni tashqarisidan Akbar To'raev darvozasini ishg'ol qildi - 1:0.

75-daqiqada Turg'unboevning tepgan to'pini himoyachi maydon tashqarasiga chiqarib yubordi.

O'yinda "Metallurg" 1:0 hisobida g'alaba qozondi. 



Superliga / 29-tur
4 noyabr, yakshanba
“METALLURG” – “NAVBAHOR” 1:0
Bekobod. “Metallurg” markaziy stadioni.
Hakamlar
: Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Rahimbek Karimov.
Nazoratchi: Artyom Arutyunov.
Komissar: Baxtiyor Mametov.

Gol: Islombek Isoqjonov 47, - 1:0.  

“Metallurg”: 35. Javohir Ilyosov, 2. Zoir Jo'raboev, 5. Abbos Otaxonov, 7. Suhrob Nurulloev, 8. SHahzod SHaymanov (87. Bahodir Pardaev, 83), 10. Islom Isoqjonov (90. Zafar To'raev, 70), 15. Zohid Abdullaev,  28. Stanislav Andreev, 37. SHerzod Fayziev, 42. Xudoyshukur Sattorov, 77. Muhammad Isaev.
Zaxira: 1. Zafar Safaev, 6. Ibrohim Yo'ldoshev, 11. Muhammadjon Sultonov, 22. Davronbek Umirov, 88. Abror Xusinov, 91. Pavel Smolyachenko, 92. Otabek Zokirov.

“Navbahor”: 45. Akbar To'raev, 5. Igor Golban, 6. Oston O'runov, 8. Ayubxon No'monov, 9. Dilshod Jabborov, 10. Azizbek Turg'unboev, 21. Azam Aliev, 22. Ro'zimboy Ahmedov (17. Sardor Sulapymonov, 55), 24. Davronbek Hoshimov, 32. Jahongir Mehmonov, 33. Tomislav Payovich.
Zaxira: 35. Dilshod Hamroev, 29. Hojiakbar Yunusov, 77. Muzaffar Abdullaev, 96. Biloljon Toshmirzaev.

Ogohlantirishlar: Islombek Isoqjonov 26, Zoir Jo'raboev 60, Dilshod Jabborov 60, Jahongir Mehmonov 65, SHahzod SHaymanov 66, Tomislav Payovich 90+3, Stanislav Andreev 90+4.


Reyting: +8   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика