So’nggi yangiliklar

19:58"Манчестер Юнайтед" Уоткинс борасида музокараларни давом эттирмоқда  1 19:33"Бавария" аъзоси трансфери яна кун тартибида – "Арсенал" чекинишни истамаяпти  0 19:10"Манчестер Юнайтед"ни кучлилар даврасига қайтарадиган 5 қадам. Қиммат ҳужумчилар — бошланиши  0 18:44Неймар фаолиятини Европа клубларидан бирида давом эттириши мумкин  1 18:16"Реал" Родри учун "Манчестер Сити"га 115 миллион евро таклиф қилмоқчи  6 17:49"Нефтчи" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  3 17:28"Ливерпуль" Конатени "Реал"га қўйиб юбормоқчи эмас  2 16:59Breaking! Исак "Ньюкасл"дан кетиш ниятида  3 16:37Жорже Жезуш: "Роналду – катта масштабдаги шахс"  13 16:09Суннатуллоҳ Ҳамиджонов: "ОЧЛ 2 гуруҳ босқичини муваффақиятли ўтказиб, мухлисларимизни хурсанд қилишга ҳаракат қиламиз"  1 15:41"Сурхон" легионер хавбеки билан хайрлашди, яна бир футболчисини "Андижон"га ижарага берди  2 15:39Август ойидан Ўзбекистонда ҳам футболнинг янги қоидалари кучга киради   1 15:20"Натижа учун баъзида мазмунли ўйиндан воз кечдик. Етакчиларимизни йўқотишни истамаймиз, Хебайдан эса кўп нарса кутгандик" — Рўзиқул Бердиев билан интервью  9 15:05Расман: "Милан"га клуб тарихидаги биринчи эквадорлик ўтди   0 14:48Халқаро тақвим: Август ойида нималар кутмоқда?  1

"Mashal"ning afrikalik futbolchilari Aktamov boshchiligidagi "Qizilqum"ni mag'lub etdi Yangiliklar

"Mashal"ning afrikalik futbolchilari Aktamov boshchiligidagi "Qizilqum"ni mag'lub etdi

Teglar :  Qizilqum Mashal
Superliganing 25-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Qizilqum" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

MASH'AL – QIZILQUM 2:1 (TUGADI)

21.11.2021. Muborak. "Bahom Vafoev" stadioni. 

Hakamlar: Aziz Asimov, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev, Jaloliddin Husnidinov

Nazoratchi: Ravil SHayaxmitov

Komissar: Jamshid Imamov

Gol: Oleg Tolmasov (Erkin Baydullaev) 32 - 0:1, Godvin CHika Okvara 55 - 1:1, Godvin CHika Okvara 73 - 2:1

"Mashal": 35. Dostonbek To'xtaboev, 2. Zafarbek Akramov, 5. Najmiddin Normurodov, 7. Ifeaniy Ifeaniy, 9. Oybek Nurmatov (10. Godvin CHika Okvara, 46), 11. Samuel CHigoze (  19. Qahramon Bahodirov, 90+1), 15. Muhammadali Aliqulov (23. Samandar SHukurillaev, 46), 17. Jamoliddin Ubaydullaev, 22. Sirojiddin Qo'ziev, 27. Muhammad Yuldashev (18. Abbos SHodmonov, 80), 99. Jahongirbek Abdusalomov (77. Ibrohim No'monov, 72)

Zaxira: 1. Botir Nosirov, 6. Abdumalik Norqobilov, 20. Xudoyorxon Sagdullaev, 33. Sirojiddin Allaev

"Qizilqum": 1. Ignatiy Nesterov, 6. Erkin Baydullaev, 7. Islom Kenjaboev, 8. Georgiy Kuxianidze, 10. Mate Vatsadze (9. Behruz Sadilloev, 70), 17. Salim Mustafaev, 18. Jasur Azimov, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 21. Muxsinjon Ubaydullaev, 44. Humoyun Abdualimov (19. Jamshid Hasanov, 46) (92. Vladislav Aleksin, 85) 75. Oleg Tolmasov

Zaxira: 22. Artyom Makosin, 4. Mirjalol Kasimov,  25. Azizbek Usmonov, 71. Timur Nabiev, 77. Azamat Maksumov, 88. Ahror Umarjonov

Ogohlantirish: Oybek Nurmatov 30, Islom To'xtaxo'jaev 82

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. 

90+1. O'ZGARISH. "Mashal", Samuel CHigoze o'rniga Qahramon Bahodirov tushdi. 

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

85. O'ZGARISH. "Qizilqum", Jamshid Hasanov o'rniga Vladislav Aleksin tushdi

82. OGOHLANTIRISH. "Qizilqum", Islom To'xtaxo'jaev

80. O'ZGARISH. "Mashal", Muhammad Yo'ldoshev o'rniga Abbos SHodmonov tushdi. 

73. GOOOOOOOOOOOOL. "Mashal" hisobda oldinga chiqib oldi. Godvin CHikadan dubl o'ng qanotdan uzatib berilnan to'pni Godvin boshi bilan golga aylantirdi. Uni himoyachilar bo'sh qoldirishgandi. 




72. O'ZGARISH. "Mashal", Jahongir Abdusalomov o'rniga Ibrohim No'monov tushirildi.  

70. O'ZGARISH. "Qizilqum", Mate Vatsadze o'rniga Behruz Sadilloev tushdi. 

63. "Qizilqum" qarshi hujumga o'tdi. Erkin Baydullaevning birinchi golga o'xshash vaziyatda bergan zarbasini Doston To'xtaboev qaytardi. 

60. Samuel CHigozedan zarba, biroz noaniq.

55. GOOOOOOOOOOL. Zaxiradan maydonga tushgan Godvin CHika Okvara maydon markazida to'pni egallab olib Islom To'xtaxo'jaevni ortda qoldirdi, bir harakat bilan aldab Nesterov darvozasini ishg'ol qildi. 



54. ZARBAAAAAAA. CHigozening boshi bilan pastki burchakka bergan zarbasini Nesterov qaytardi. 

46. O'ZGARISH. "Qizilqum", Humoyun Abdualimov o'rniga Jamshid Hasanov tushdi. 

46. O'ZGARISH. "Mashal", Muhammadali Aliqulov o'rniga Samandar SHukurillaev, Oybek Nurmatov o'rniga Godvin CHika Okvara

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45+1. Mezbonlar hujumlar sonini oshirdi. Zarbalar himoyachilarga tegib qaytdi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. Erkin Baydullaevning keskin uzatmasi zarbaga aylanib ketdi. Doston To'xtaboev vaziyat qahramoni.

34. ZARBAAAAAAA. Samuel CHigozening zarbasini Nesterov o'ta qiyinchilik bilan bartaraf etdi. Uning tajribasi jamoasiga yordam berdi. 

32. GOOOOOOOOOOL. "Qizilqum" uchrashuvda hisobni ochdi. Erkin Baydullaevning o'ng qanotdan  jarimadan yuqorilatib uzatgan to'pidan keyin Oleg Tolmasov boshi bilan to'pni darvozaga kiritdi. 




30. OGOHLANTIRISH. "Mashal", Oybek Nurmatov

27. Bahs past tempda davom etmoqda.

18. ZARBAAAAAAAAAAA. O'yindagi dastlabki xavfli vaziyat. Erkin Baydullaevning uzoqdan yo'llagan zarbasini Doston To'xtaboev maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

15. Maydonda teng kurash kechyapti. Keskin vaziyatlar kam. Balki mavsum yakunidagi charchoq alomatlari sabab bo'lsa kerak.

1. Samuel CHigozening zarbasini Ignatiy Nesterov egallab oldi. Nesterovga ortiqcha qiyinchilik tug'dirmadi.

- O'yin boshlandi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика