So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  1 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  8 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  2 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  24 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  11 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  2

Superliga. Aziz Amonovning dubli "Lokomotiv"ga "Nasaf" ustidan g'alaba keltirdi Yangiliklar

Superliga. Aziz Amonovning dubli "Lokomotiv"ga "Nasaf" ustidan g'alaba keltirdi

Superliga 13-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


LOKOMOTIV – NASAF 2:0
30 iyul 2021 yil. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 20:00 (Sport TV)
Hakamlar:
Zokir Qodirov, Ruslan Samandarov, Obid Jumaev, Farruh Yansupov
VAR hakami: Ahrol Risqullaev
VAR assistent: Timur Gaynulin
VAR nazoratchisi: Vladislav Ceytlin
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar:
Jahongir Rahmatullaev 

Gol: Aziz Amonov 13, 37 2:0

"Lokomotiv": 1. Abdumavlon Abdujalilov, 3. Islom Qobilov, 5. Kaxi Maxaradze, 20. Jaloliddin Jumaboev, 28. SHuhrat Muhammadiev, 37. SHerzod Fayziev, 21. G'ulom Haydar Gulyamov, 19. Jasur Jaloliddinov , 14. Aziz Amonov, 17. Sanjar Qodirqulov, 77. Diyor Turopov

Zaxira: 35. Javohir Ilyosov, 4. Dilshod Komilov, 7. Sadriddin Abdullaev, 8. Javohir Sidikov, 9. Javohir Alijonov, 27. Islom Rashidxonov, 54. Igor CHikrizov, 94. Xurshid Muhtorov, 31. Javohir Abdualimov

"Nasaf": 35. Abduvohid Nematov, 4. Husniddin Aliqulov, 6. Murodbek Rahmatov, 8. Dilshod Saitov, 15. Jo'rabek Mannonov, 19. Husain Norchaev, 20. Suhrob Nurulloev, 70. Abubakr-Rizo Turdaliev, 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoevich, 92. Umarbek Eshmurodov.

Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 13. Azamat Soyibov, 2. Alibek Davronov, 7. Doniyor Narzullaev, 18. Bahrom Abdurahimov, 28. Sardor Sadullaev, 50. SHohmalik Komilov, 71. Jasur Jumaev, 99. Andriya Kaluderovich.



YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. "Lokomotiv" - "Nasaf", 2:0

90+7. OGOXLANTIRISH. Zokir Qodirov Marko Stanoevichga sariq kartochka ko'rsatdi. 

90+3. O'ZGARISH. "Lokomotiv", SHuhrat Muhammadiev o'rniga Javohir Alijonov, ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Javohir Sidiqov o'rniga Javohir Abdualimov maydonga tushdi. 

90. Ikkinchi bo'limga 10 daqiqa qo'shib berildi. 



89. CHETLATISH. Bosh hakam Zokir Qodirov VAR`ga murojaat qilgach Bahrom Abdurahimovga SHuhrat Muhammadievga nisbatan o'ta qo'pol o'ynagani uchun qizil kartochka ko'rsatdi. 

82. Ikkinchi bo'lim biroz zerikarli o'tmoqda. Temp yuqori emas. 

80. O'ZGARISH. "Lokomotiv"da Diyot Turopov o'rnida Dilshod Komilov, Sanjar Qodirqulov o'rnida Sadriddin Abdullaev o'yinni davom ettiradi. 

76. Uchrashuv davom etmoqda. Jamoalar hujumga hujum bilan javob qaytarmoqda. "Nasaf"ning hujumlari samarasiz

58. O'ZGARISH. "Lokomotiv"da Jasur Jaloliddinov o'z o'rnini Javohir Sidikovga bo'shatib berdi. 

57. O'ZGARISH. "Nasaf"da Jo'rabek Mannonov o'rniga Andriya Kaluderovich, Murodbek Rahmatov o'rniga Doniyor Narzullaev maydonga tushdi. 

46. O'ZGARISH. "Nasaf" tarkibida Abubakr-Rizo Turdaliev o'rniga Bahrom Abdurahimov maydonga tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 


Foto: Tolibjon Qosimov


Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus


37. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. YANA O'SHA AZIZ AMONOOOOOOOOOOOOOV. Hujumkor yarim himoyachi tezkorlik bilan "Nasaf" himoyachilarini ortda qoldirib yorib kirdi va darvozani ishg'ol qildi, 2:0.

33. O'yin tempi biroz pasaydi. O'yin maydon markazida kechmoqda. 

23. "Nasaf" "Lokomotiv"ni himoyalanishga majbur qilmoqda. Mehmonlar hujumlar sonini oshirishdi. Maydonda keskinlik ortdi. 

21. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA. Marko Stanoevichning jarimadan yo'llagan zarbasini "Lokomotiv" darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov qiyinchilik bilan qaytardi. 


13. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. AMONOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOV. Azizbek Amonov "Lokomotiv"ning uchrashuvdagi ilk goliga mualliflik qildi. Markazda tezda qochib ketgan Amanov kuchli zarba bilan raqib darvozasiga yo'l topdi. 


6. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Husayn Norchaev  raqib darvozasini ishg'ol qildi. Biroq uchrashuv hakami o'yindan tashqari holatni qayd etdi. Hujumchi haqiqatdan ham o'yindan tashqari holatda qolib ketgandi. 

1. Diyor Turopov chap qanotdan hujumga o'tdi. Biroq raqib himoyachilari jarima maydonchasida aniq harakat qilishdi va hujumni bartaraf qilishdi. 

O'yin boshlandi. 

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. 

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика