So’nggi yangiliklar

08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  5 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  32 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3

Superliga. "Lokomotiv" bu mavsumda o'z maydonidagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi Yangiliklar

Superliga. "Lokomotiv" bu mavsumda o'z maydonidagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi

Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "So'g'diyona" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasi va eng asosiy vaziyatlar bilan tanishib borish mumkin. 


YANGILASH

O'yin boshlandi. 31-daqiqada Marat Bikmaev jarima maydoniga yorib kirdi va o'tkir burchakdan zarba berdi, Dilshod Hamroev ajoyib seyv namoyish etdi. 

35-daqiqada Maxaradzening ajoyib pasidan so'ng jarima maydoni ichidan Sardor Rashidov to'pni darvozaga yo'lladi - 1:0. 

Birinchi taym yakuniga etdi.

Ikkinchi taym boshlandi.

49-daqiqada Sardor Mirzaevning jarimadan yo'llagan zarbasini Dilshod Hamroev seyv namoyish etib qaytardi. 

53-daqiqada Sardor Rashidov birga bir vaziyatdan zarba berdi, Hamroevdan navbatdagi seyv. 

54-daqiqada Rashidovning pasidan so'ng Sanjar SHoahmedov to'pni darvozabonning ustidan darvozaga yo'lladi - 2:0. 

80-daqiqada SHoahmedovning kuchsiz zarbasini Hamroev ushlab oldi. 

82-daqiqada Ziyovuddinovning zarbasi noaniq ketdi. 

90+3-daqiqada Nurillo To'xtasinov birga bir vaziyatda to'pni osmonga qarab tepdi.

Uchrashuvda boshqa gol bo'lmadi va "Lokomotiv" o'z maydonida g'alabaga erishdi - 2:0.



20:00 - “Lokomotiv” – “So'g'diyona” 2:0  
21 aprel 2018. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni.  
Hakamlar: 
A.Asimov (Toshkent), S.SHoyusupov (Toshkent), O.Abduvasilov (Toshkent), R.Karimov (Toshkent).
Nazoratchi – K.Smirnov (Qarshi).
Komissar – L.Qo'chqorov.

Gollar: Sardor Rashidov 35, - 1:0 (Kaxi Maxaradze). Sanjar SHoahmedov 54, - 2:0 (Sardor Rashidov).

"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Boburbek Yo'ldoshev, Kaxi Maxaradze (Sadriddin Abdullaev, 65), Marat Bikmaev, Sardor Mirzaev, Husniddin G'ofurov (Diyor Turopov, 77), Sanjar SHoahmedov, Sardor Rashidov (Aziz Omonov, 86), SHuhrat Muhammadiev, Oleg Zoteev, Igor Yelich.
Zaxira: Mamur Ikromov, SHerzod Karimov, Farhod Bekmurotov, Idris Bikmaykin, CHo Suk Jae

"So'g'diyona": Dilshod Hamroev, Elyor Orifov, Alisher Ziyovuddinov, Akmal Xolmurodov, Azamat Isroilov, Dilmurod Karimov (Doniyor Hasanov, 55), Sardorbek Azimov, SHohruz Norxonov, Tohirjon SHamsiddinov, Jahongir Abdumo'minov (Izzat Abdullaev, 68), Nurillo To'xtasinov.
Zaxira: SHirinboy Abdullaev, Sardor Qulmatov, SHohruh Xolmatov, Iqbol Malikjonov, Farhod Mirahmatov, Doniyor Odilov, Siroj Meliev.

Ogohlantirishlar: Marat Bikmaev 20, Husniddin G'ofurov 75.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика