So’nggi yangiliklar

12:13Ўзбекистон МТЖ Қирғиз Республикасига қарши ўйинга кетиш олдидан сўнгги машғулотни ўтказди ГАЛЕРЕЯ  1 11:44CA делегацияси машинада Бишкекка етиб борди, стадиондан лавҳа  1 11:242015 йилдан трансферларга энг кўп пул сарфлаган лига қайси?  0 10:50"Челси"да тахт учун кураш бошланди  2 10:17"Ман Сити" Де Брюйненинг ўрнига номзод топиб қўйди  0 09:43Осимхен "Галатасарой" сафига ўтганидан кейин илк бор фикр билдирди  3 09:05"Реал"нинг яна бир футболчиси терма жамоа сафида жароҳат олди  1 08:28Руни қайси клубда ўйнаш армон бўлиб қолганини маълум қилди  0 07:56"Ливерпуль" афсонаси вафот этди  2 07:27Бугун тарихда илк бор "Ҳумо арена"да футзал учрашуви бўлиб ўтади  6 07:05Миллатлар лигаси. Германия - Венгрия, Немислар йирик ғалаба билан бошлашди, Мусиалада 1+3  0 06:53Миллатлар лигаси. Ирландия - Англия, Райс ва Грилиш собиқ терма жамоаларига гол уришди  1 01:46Миллатлар лигаси. Германия, Греция ва Нидерландиядан йирик ғалаба, Украина эса кутилмаганда Албанияга мағлуб бўлди  0 01:23"Реал" жамоадаги захира ўйинчисининг ҳаракатларидан ҳайратда  5 00:55Эмерик Лапорт шу ёзда унга "Реал" қизиққани ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди  0

Superliga legionerlari: Kimlar ishonchni oqlayapti? Yangiliklar

Superliga legionerlari: Kimlar ishonchni oqlayapti?

PFL yangi mavsum oldidan bir qator o'zgarishlarga qo'l urdi. Avvalo shu paytgacha O'zbekiston oliy ligasi deb kelingan musobaqa Superligaga o'zgartirilib, jamoalar soni 12taga tushirildi.

Birinchi liga esa Pro-liga deyila boshlandi va bunda 18ta jamoa to'qqiztadan ikki guruhga bo'linib, Pro-liga “A” va Pro-liga “B” guruhlariga aylantirildi. Superligada legionerlarga nisbatan cheklov (limit) ham bittaga oshirildi. 

SHu paytgacha OCHL reglamentiga binoan ichki chempionatda ham 3+1 tizimiga amal qilib kelayotgandik. Ammo bu yildan legionerlar limiti 4+1 qilib belgilandi. Xo'sh, bu o'zgarishlarning  samarasi qanday bo'ldi? Bu yil kelgan legionerlar o'z jamoalariga qanday yordam berishdi va ular qanchalik kuchli? Quyida shu haqda fikr yuritamiz.


Mavsum boshida 35 legioner bilan 

Mavsum avvalida Superliga klublari jami 35 nafar xorijlik futbolchini ro'yxatdan o'tkazgan holda kurashni boshlashdi. Superliga jamoalari orasida birgina “So'g'diyona” yil boshida birorta ham xorijlikni ro'yxatdan o'tkazmadi. Jamoa faqat mahalliy o'yinchilarga tayangan holda maydonga tushdi. Qolgan klublar esa bu borada cho'ntakka qarab ish tutishdi.

Kim nechta legionerni ro'yxatdan o'tkazgandi? SHu o'rinda Superliga klublari qaysi o'yinchilarni chempionat avvalida PFL zayavkasiga kiritgandi degan savolga javob berib o'tsak. Quyida klublar ro'yxatdan o'tkazgan legionerlarni keltirib o'tamiz.

“Qizilqum” - 5ta. Evgeniy CHeremisin (Rossiya), Georgi Kvesieshvili (Gruziya), Artur Gevorkyan (Turkmaniston), Elguja Grigalashvili (Gruziya), Nemanya Yovanovich (Serbiya).

AGMK - 5ta. Pavel Matyash (Qirg'iziston), Vladimir Bubanya (Serbiya), Vladislav Kasminin (Belarus), Yovan Jokich (Serbiya), Vadim CHemirtan (Moldova).

“Lokomotiv” - 4ta. Kaxi Maxaradze (Gruziya), Igor Yelich (Serbiya), Nivaldo (Braziliya), CHo Suk Jae (J.Koreya).

“Nasaf” - 4ta. Igor Golban (Rossiya), Slavko Lukich (Serbiya), Jahongir Aliev (Tojikiston), Dragan CHeran (Serbiya).

“Paxtakor” - 4ta. Marko Simich (CHernogoriya), Rostin Griffits (Avstraliya), Tiago Bezerra (Braziliya), Ismoil Gonsalvesh (Portugaliya).

“Navbahor” - 3ta. Tomislav Payovich (Serbiya), Darko Stanoevich (Serbiya), Nenad Inyac (Serbiya).

“Buxoro” - 3ta. Marko Klisura (Serbiya), Sergey Ruseckiy (Belarus), Arslonmurod Amonov (Turkmaniston).

“Qo'qon-1912” - 3ta. Darko Gojkovich (Serbiya), Marko Milich (Serbiya), Milan Spremo (Serbiya).

“Neftchi” - 2ta. Vitaliy Mirniy (Ukraina), Vyacheslav Sushkin (Rossiya).

“Bunyodkor” - 1ta. Filipp Rayevac (Serbiya).

“Metallurg” - 1ta. Andrey SHipilov (Rossiya).


Kim qanday taassurot qoldirdi? 

Biz doim bir gapni takrorlab kelamiz, yani legioner mahalliy futbolchidan bir bosh ustun bo'lishi kerak. Bu gap hech kim uchun yangilik emas. Superliganing birinchi davrasi davom etayotgan paytda “Paxtakor” bosh murabbiyi SHota Arveladze bilan suhbatlashganimizda gruziyalik murabbiy ham xorijlik futbolchilar mahalliy o'yinchilarga har tomonlama o'rnak bo'lishi kerakligini va yaxshi o'yin ko'rsatishi lozimligini aytgandi. Arveladze aytganidek, “Paxtakor”ning to'rt nafar legioneridan uchtasi o'zini ko'rsatib kelmoqda. Bular - Marko Simich, Tiago Bezerra va Ismoil Gonsalvesh. Ammo avstraliyalik Rostin Griffits nimagadir o'zidan kutilgan o'yinni namoyish qila olmadi va natijada klubni tark etishga majbur bo'ldi.

Umuman olganda, bu yil mavsum boshida faqat ikkita klub 4+1 limitidan to'liq foydalandi: “Qizilqum” va AGMK. Demak, bu jamoalarda pul bor. “Lokomotiv”, “Nasaf” va “Paxtakor” to'rttadan legioner bilan cheklangan bo'lsa, “Navbahor”, “Buxoro”, “Qo'qon-1912” jamoalari uchtadan xorijlikni o'z saflariga qo'shib olishdi. “Neftchi” esa ikki nafar legionerni taklif etdi. “Bunyodkor” klubda pul yo'qligidan faqat Filipp Rayevacni olishga majbur bo'ldi. “Metallurg” ham bitta futbolchini qo'shib oldi, lekin bu o'yinchi bosh murabbiy Andrey SHipilovning o'g'li bo'lgani uchun jamoani kuchaytirish maqsadida taklif etilgan deb bo'lmaydi. Balki otasi ko'z oldimda o'ynab tursin degan niyatda chaqirgan bo'lishi mumkin.

Albatta, yaxshi taassurot qoldirgan legionerlar ham bor. Masalan, “Qizilqum”ning gruziyalik hujumchisi Elguja Grigalashvili ko'rsatayotgan o'yin ko'pchilikka manzur keldi. Superliganing 13ta uchtashuvida maydonga tushib ettita gol urgan hujumchi tez orada “Paxtakor”dek klub etiborini torta oldi.  Ammo Grigalashvili vadasiga muvofiq mavsumni “Qizilqum”da tugatishga qaror qildi va shu bois “Paxtakor” uning o'rniga Dragan CHeranni taklif etdi. O'zini ko'rsatgan legionerlardan Tiago Bezerrani ham alohida aytib o'tsa bo'ladi. Braziliyalik futbolchi o'z vatandoshlari kabi to'p bilan muomala qilganda “sehrgar” emas, biroq harakatlari, epchilligi hamda oxirigacha kurashuvchanligi bilan ajralib turadi. 

“Lokomotiv” olib kelgan Nivaldo ham yaxshi hujumchi edi, biroq xarakteri sabab o'zini ko'rsata olmadi. “Nasaf” yil boshida taklif etgan Slavko Lukich ham o'zidan iliq taassurot qoldirdi. Faqat klubda yuzaga kelgan moliyaviy muammolar sabab pulini vaqtida ololmay  yurtiga qaytib ketishga majbur bo'ldi. Bu ro'yxatga shuningdek, AGMKdagi Yovan Jokich bilan “Buxoro” yarim himoyachisi Arslonmurod Amonovni ham qo'shsa bo'ladi. Jokich shu paytgacha o'tkazilgan barcha 14ta o'yinda to'liq harakat qilib, beshta gol urishga (shundan to'rttasi penalti) muvaffaq bo'ldi. To'rtta golga mualliflik qilgan turkmanistonlik futbolchi Amonov esa “Buxoro” safida eng yaxshi harakat qilayotgan futbolchilardan biri bo'lib turibdi.


Eng, Eng, Eng...

SHu o'rinda Superliga legionerlariga oid bazi statistik malumotlarni keltirib o'tsak. SHuni aytish lozim, ushbu raqamlar dastlabki 14ta tur yakunlari bo'yicha hisoblab chiqilgan. Demak, ortda qolgan 14ta turning barchasida faqat 9 nafar legioner maydonga tushgan. Bular - Igor Golban, Slavko Lukich, Tiago Bezerra, Ismoil Gonsalvesh, Darko Stanoevich, Nemanya Yovanovich, Vladimir Bubanya, Yovan Jokich va Marko Milich. 

Eng ko'p gol urgan legionerlar: Elguja Grigalashvili, Ismoil Gonsalvesh (7tadan), Tiago Bezerra (6ta), Yovan Jokich (5ta), Filipp Rayevac, Arslonmurod Amonov, Nemanya Yovanovich (4tadan). 

Yil boshida uch nafar xorijlik darvozabon ro'yxatdan o'tkazilgandi: Evgeniy CHeremisin (“Qizilqum”), Pavel Matyash (AGMK) va Vitaliy Mirniy (“Neftchi”). Qizig'i shundaki, bu darvozabonlarning uchalasi ham bir xil 15tadan to'p o'tkazib yuborishdi. 

Maqtalgan, lekin ishonchni oqlamagan legionerlar: CHo Suk Jae (“Lokomotiv”), Nivaldo (“Lokomotiv”), Rostin Griffits (“Paxtakor”), Marko Klisura (“Buxoro”), Vadim CHemirtan (AGMK), Vyacheslav Sushkin (“Neftchi”). 

Dastlabki 14ta turning eng yaxshi uch nafar legioneri: Elguja Grigalashvili (“Qizilqum”), Tiago Bezerra (“Paxtakor”), Arslonmurod Amonov (“Buxoro”). 

Eng ko'p sariq kartochka olgan legionerlar: Kaxi Maxaradze, Tomislav Payovich (4tadan), Igor Yelich, Marko Simich, Filipp Rayevac, Darko Stanoevich, Vladislav Kasminin, Vadim CHemirtan, Marko Milich (3tadan). 

SHu paytgacha faqat bitta xorijlik futbolchi qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Bu - “Lokomotiv”ning braziliyalik hujumchisi Nivaldo. Esingizda bo'lsa, Nivaldo “Qo'qon-1912” bilan kechgan bahsda mehmonlar darvozaboni O'tkir Yusupovga kalla qo'yib, buning natijasida maydondan chetlatilgandi.

Yana bir malumot, 14ta turda maydonga tushib umuman sariq kartochka olmagan legioner faqat Igor Golban bo'ldi. 

Kimlar qoldi, kimlar ketdi? 

Albatta, u legioner bo'ladimi yo mahalliy futbolchimi jamoada yaxshi o'ynab ketmasa, hech qaysi murabbiy ortiq ushlab o'tirmaydi. Legionerlar ko'p hollarda uch xil sabab bilan jamoani tark etishadi. Birinchisi, yaxshi o'ynab turgani uchun boshqa kuchliroq jamoadan taklif tushganida. Ikkinchisi, yaxshi o'ynab turadi-yu, lekin pulini vaqtida ololmagan paytda. Uchinchisi esa murabbiy xohlagan futbolni namoyish eta olmasdan ketishga majbur bo'ladi. 

Superligamizda uch xil holatda ham o'z klubi bilan xayrlashgan legionerlar kuzatildi. Masalan, Dragan CHeran yanada yaxshiroq taklif tushgani uchun “Nasaf”ni “Paxtakor”ga almashtirdi. Yo'qsa, “Nasaf” bu hujumchini o'z tarkibida olib qolishi mumkin edi. Slavko Lukich esa pulini vaqtida ololmagani uchun klubni tark etdi deylik, lekin masalan koreyalik CHo Suk Jae o'ynay olmasdan ketib qoldi. 

Umuman olganda, yozgi transferlar chog'ida mana shu 35 nafar legionerdan 11tasi mamlakatimizni tark etdi va uchta o'yinchi Superliganing boshqa klublariga borib qo'shildi. O'zbekistondan chiqib ketgan legionerlar: CHo Suk Jae, Nivaldo, Slavko Lukich, Jahongir Aliev, Rostin Griffits, Nenad Inyac, Marko Klisura, Sergey Ruseckiy, Milan Spremo, Vyacheslav Sushkin, Vitaliy Mirniy. 

Boshqa klublarga o'tib ketgan legionerlar: Dragan CHeran (“Nasaf”dan “Paxtakor”ga), Igor Golban (“Nasaf”dan “Navbahor”ga), Vadim CHemirtan (AGMKdan “Buxoro”ga). Ko'rib turganingizdek, o'yini qovushmagan CHemirtan yana avvalgi jamoasi “Buxoro”ga qaytib ketdi. “Nasaf” esa barcha to'rt legioneri bilan xayrlashdi va endilikda qarshiliklar safida birortayam xorijlik o'yinchi qolmadi.

Xayrulla XOLIQOV.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика