Superliga: "Kuchli-beshlik"dagi barcha durang o'ynagan, qo'l bilan o'yinni ko'rib pinagini buzmagan Kovalenko, g'alati offsayd, bosh hakam Asimov zaxiraga olingan hafta va tur lauretlari
13 may 2019 17:38
Yangiliklar


Superliga: "Kuchli-beshlik"dagi barcha durang o'ynagan, qo'l bilan o'yinni ko'rib pinagini buzmagan Kovalenko, g'alati offsayd, bosh hakam Asimov zaxiraga olingan hafta va tur lauretlari
Mazkur turga Jizzaxdagi "So'g'diyona" - "Andijon" uchrashuvi orqali start berildi. SHohruz Norxonov va Nasriddinovning gollariga "Andijon" SHahzod Ubaydullaevning yagona goli bilan javob berdi. Bu esa "Andijon"ga mag'lubiyatdan qutilib qolishga etarli bo'lmadi. "So'g'diyona" esa Ulug'bek Baqoev qo'l ostidagi ikkinchi g'alabasini rasmiylashtirdi.
So'g'diyona Shohruz Norxonov - 31', Daniel Nasriddinov - 43' |
Superliga. 8-tur 10/05/2019, 18:45 1
:
2
Tugadi
|
Andijon Shahzod Ubaydullayev - 68' |
Qarshida mehmon bo'lgan "Qizilqum" esa "Nasaf" bilan durang qayd etishni uddaladi. Aktamov jamoasini dastlab hisobda oldinga olib chiqqan Murod Bobojonovning goliga "Nasaf" safida ketma-ket 4 o'yindan buyon gol urayotgan Humoyun Murtazoev tezda javob qaytardi. Bu esa yakunda mazkur jamoalar o'rtasidagi bahs durang bilan yakunlanishiga zamin yaratdi.
Nasaf Humoyun Murtozaev - 51' |
Superliga. 8-tur 10/05/2019, 20:00 1
:
1
Tugadi
|
Qizilqum Murod Bobojonov - 49' |
Samarqandda o'tgan "Dinamo" - AGMK to'qnashuvida SHohruh Abdurahmonov kiritgan yagona gol o'yin taqdirini mezbonlar foydasiga hal etdi. SHu tariqa AGMK bu safar ham mehmondan quruq qo'l bilan qaytdi. Joriy mavsumda jamoa safardagi hali birorta o'yinda ochko olishni uddalay olgani yo'q. "Dinamo"ning mag'lubiyatsiz seriyasi esa 3 uchrashuvga etdi.
Dinamo SHohruh Abdurahmonov - 47' |
Superliga. 8-tur 11/05/2019, 17:30 0
:
1
Tugadi
|
OKMK |
Toshkentda o'tgan turning markaziy bellashuvda chempionat etakchilari ishtirokida haqiqiy drama sodir bo'ldi. Dastlab Dragan CHeranning dubli evaziga hisobda oldinga chiqib olgan "Paxtakor", yakunda g'alabani qo'ldan chiqardi. Andrey Kanchelskis tabiri bilan aytganda, "Navbahor" tanaffusdan keyin kichik mo'jizani amalga oshirdi, yani "kambek" qildi. Oston O'runovning goli va ikkinchi golda aynan uning reydi va golli uzatmasidan so'ng hisobni tenglashtirgan "Navbahor" "Paxtakor"dan qimmatli bir ochkoni olishni uddaladi.
Paxtakor Dragan CHeran - 20', Dragan CHeran - 53' |
Superliga. 8-tur 11/05/2019, 19:45 2
:
2
Tugadi
|
Navbahor Oston O'runov - 59', Abduzhamol Isroilov - 82' |
Toshkentda o'tgan yana bir bahsda "Bunyodkor" "Qo'qon-1912"ni ikkita penalti evaziga mag'lub etdi. Dastlab Marko Milichning xatosi penaltiga sababchi bo'lgan bo'lsa, keyinchalik darvozabon Knejevich jarima maydonchasi ichida raqib futbolchisiga nisbatan qoida buzdi. "Qo'qon-1912" jamoasidan esa Suhrob Berdiev o'z nomini tabloga yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'lgandi. Lekin bu gol yakunda durang uchun etarli bo'lmadi. Xurshid G'iyosov esa belgilangan ikkita penaltidan unumli foydalanib, nafaqat o'z dublini rasmiylashtirdi, balki jamoasiga qimmatli 3 ochkoni taqdim etdi.
Bunyodkor Xurshid G’iyosov - 13', Xurshid G’iyosov - 85' |
Superliga. 8-tur 12/05/2019, 17:15 1
:
2
Tugadi
|
Qo’qon-1912 Suhrob Berdiyev - 64' |
Termizda o'tgan "Surxon" - "Buxoro" uchrashuvida esa Husniddin G'ofurovning goli mezbonlarga uzoq kutilgan g'alabani taqdim etdi. "Surxon" aynan "Buxoro" bilan o'yinda 4 o'yinlik g'alaba va golsiz seriyasiga chek qo'ydi.
Surxon Anvarzhon G'ofurov - 20' |
Superliga. 8-tur 12/05/2019, 17:30 0
:
1
Tugadi
|
Buxoro |
Turning so'nggi o'yini "Metallurg" - "Lokomotiv" bellashuvida muxlislar garchi gol ko'rishmagan bo'lsada, birinchi bo'limda to'p uchun havodagi kurashdan so'ng Asimovning g'alati qarori tufayli chetlatilgan Husniddin G'ofurov va tanaffusdan G'ofurovni chetlatgan bosh hakam Asimovni zaxiraga olingani ko'rishdi. Uchrashuvdagi eng kulminaciya aynan mazkur holat bo'ldi, deb bemalol aytish mumkin. Bevosita o'yinga to'xtaladigan bo'lsak, tomonlar gol urishni uddasidan chiqishmadi va bahs nursiz durang bilan yakun topdi.
Turnir jadvali
Birinchi navbatda mazkur turda kuchli uchlikda bo'lgan barcha etakchilar ochko yo'qotishganini qayd etish lozim. "Paxtakor" va "Navbahor" o'zaro bahsda durang o'ynashgan bo'lsa, "Loko" Bekobodda qimmatli 2 ochkoni yo'qotib, "Paxtakor"ning qoqilishidan unumli foydalana olmadi.
Turnir jadvalidagi holatga etibor qaratadigan bo'lsak, peshqadam "Paxtakor" va "Loko" o'rtasidagi farq saqlanib qoldi. "Navbahor" esa uchinchi pog'onani mazkur turda g'alaba qozongan "Bunyodkor"ga bo'shatdi. SHu tariqa turnir jadvalining yuqori uchligidan poytaxtning uch jamoasi qo'nim topdi.
Turnir jadvalida o'tgan turdagi o'rnini saqlab qolgan jamoalar soni uchtani tashqil qiladi: "Paxtakor" (1), "Lokomotiv" (2) va "Qo'qon-1912" (14). Mazkur turdan keyin qolgan 11 jamoaning turnir jadvalidagi o'rni o'zgardi.
O'tgan turga nisbatan mazkur hafta "Navbahor", "Nasaf", "Metallurg", "Qizilqum", AGMK, "Andijon" va "Buxoro" kabi jamoalar pastki o'ringa tushishdi. "Bunyodkor", "Dinamo", "Surxon" va "So'g'diyona" esa mazkur turdagi g'alabalaridan so'ng jadvalda yuqoriga ko'tarilishga erishishdi. Qizig'i, mazkur turda durang qayd etgan jamoalar ham jadvaldagi mavqeini yomonlashtirib oldi. Faqatgina yutgan jamoalardagina jadvalda o'siz kuzatildi.
Tur faktlari:
- Tur oldidan jadvalda kuchli beshlikda bo'lgan jamoalarning barchasi ("Paxtakor", "Lokomotiv", "Navbahor", "Metallurg", "Nasaf") ochko yo'qotdi, yani durang qayd etishdi.
- "Buxoro" g'alabasiz seriyasi 4ta o'yinga etdi.
- "Surxon"ning 4 o'yinlik mag'lubiyatsiz va golsiz seriyasiga chek qo'yildi.
- Eng ko'p g'alaba qozongan jamoalar: "Paxtakor" (6)
- Eng ko'p mag'lubiyatga uchragan jamoalar: "So'g'diyona" va AGMK (5)
- Eng ko'p durang o'ynagan jamoa: "Andijon" (4)
- Eng ko'p gol urgan jamoa: "Paxtakor" va"Lokomotiv" (17)
- Eng ko'p gol o'tkazgan jamoa: "Qo'qon-1912" (18)
- Eng kam gol urgan jamoa: "Buxoro" va "Surxon" (6)
- Eng kam gol o'tkazgan jamoa: "Surxon" (6)
- Umuman durang o'ynamagan jamoa: "So'g'diyona"
- AGMK ishtirokidagi o'yinlarda eng ko'p gol kuzatilgan - 23
- Eng kam gol "Surxon" ishtirokidagi o'yinlarda kuzatilgan - 11
- Yagona mag'lub bo'lmagan jamoa - "Paxtakor"
- Dragan CHeran to'purarlik poygasida yakka peshqadamlik qilmoqda - 8
- Eng ko'p penalti "Qo'qon-1912" darvozasiga tomon belgilangan - 4
- Eng ko'p penalti tepgan jamoa: "Paxtakor" - 5
Tur diskvalifikaciyasi: Zokir Qodirov
O'FA Hakamlar va nazoratchilar departamenti Superliga doirasidagi "Paxtakor" - "Navbahor" o'rtasidagi markaziy o'yinni boshqarib borgan Zokir Qodirov hamda qanot hakami Ruslan Samandarovni chetlashtirdi. Zokir Qodirov 3 o'yinga Superliga o'yinlaridan chetlatilgan bo'lsa, Samandarov nomalum muddatga diskvalifikaciya qilindi. Qayd etish kerakki, yon hakam bo'lib ishlagan Ruslan Samandarov "Paxtakor" hujumchisi Igor Sergeev autdan otilgan to'pni qabul qilayotgan pallada o'yindan tashqari holat qayd etgan hakam sifatida futbol tarixiga kirdi. Bu esa futbolchilar o'rtasida kelishmovchilik yuzaga kelishiga olib keldi.
SHuningdek, Bekoboddagi bellashuvning ikkinchi taymida uchrashuvni boshqarib borgan Aziz Asimov zaxiraga olinib, uning o'rniga zaxira hakami sifatida bahsni boshlagan Farruh Yansupov o'yinni boshqarib bordi. Samarqandda o'tgan "Dinamo" - AGMK uchrashuvida esa Valentin Kovalenko jarima maydonchasi ichida to'pni yaqqol qo'li bilan o'ynagan Ixtiyor Toshpo'latovning mazkur qoida buzarligiga etibor qaratish tugul, pinagini ham buzmadi.
To'purarlar
Assistentlar:
Ivan Solovyov ("Navbahor") - 4
Husniddin G'ofurov ("Lokomotiv") - 4
Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor") - 3
Eldor Boymatov ("Qizilqum") - 3
Sardor Eminov ("Dinamo") - 3
Murod Toshmatov (AGMK) - 3
Tur darvozaboni - O'tkir Yusupov ("Navbahor")
"Navbahor" posboni O'tkir Yusupov "Paxtakor"ga qarshi kechgan o'yinni juda yaxshi o'tkazdi. Kezi kelganda aytish mumkinki, aynan Yusupovning qator seyvlari natijasida "Navbahor" yakunda "kambek" amalga oshirib, Toshkentdan durang natijasi bilan qaytishga erishdi. Ayniqsa uchrashuvda hisob "Paxtakor" foydasiga 2:0 bo'lib turgan pallada Sayfievning zarbasini qaytarib, jamoasini muqarrar goldan qutqargan kiper yakunda "Navbahor"ga vaziyatni o'nglash imkoniyatini saqlab qoldi. O'tkazib yuborilgan gollar esa Yusupovning xatosi bilan qo'yib yuborilmadi. SHuningdek, Yusupov birinchi bo'limda ham CHeranning bosh bilan bergan ajoyib zarbasi yo'liga tug'anoq bo'ldi va uchrashuvning so'nggi soniyalarida CHeran tomonidan yo'llangan kuchli zarbani ham mahorat ko'rsatib bartaraf etishni uddasidan chiqdi. "Navbahor"ning "Paxtakor"dan ochko olishida Yusupovning ham hissasi va xizmatlari katta bo'ldi. SHu boisdan ham turning eng yaxshi kiperi nomiga "Navbahor" darvozaboni O'tkir Yusupov loyiq ko'rildi.
Tur murabbiyi - Andrey Kanchelskis"Navbahor"ning mazkur turda "Paxtakor"ga qarshi o'yinda sodir etgan "kambek"i qiymati juda yuqori bo'ldi. Birinchi bo'limni kerakli darajada o'tkaza olmagan jamoa tanaffusdan keyin iroda namoyish etib, xarakter ko'rsatdi. Toshkentda, "Paxtakor"ga qarshi bahsda ikkita to'p farqini yo'qqa chiqarish hazilakam ish emas. SHu boisdan ham vaziyatni o'nglay olgan jamoa bosh murabbiyi Kanchelskisni tur murabbiyi sifatida etirof etdik.
Tur futbolchisi - Oston O'runov
Ha, tur luareatlarining bu galgisi ham "Navbahor" futbolchisiga nasib etdi. "Paxtakor" bilan o'yinda maydonda baliqdek suzib yurgan Oston O'runov bahsni barqaror o'tkazish bilan birgalikda, samarador harakatlari bilan jamoasi 1 ochko ishlagan o'yinda asosiy figuraga aylandi. Dastlab hisobni qisqartiruvchi golni urgan Oston O'runov, keyinchalik o'z qanotidan reyd uyushtirib, Masharipov va Sayfiev to'sig'idan o'tgan Oston O'runov Abjujamol Isroilovga golli uzatmani amalga oshirdi. Umuman shu kuni Oston O'runov butun bahsni yuqori darajada o'tkaza oldi va "Paxtakor" himoyasini doim bosimda ushlab turdi.
Ramziy terma jamoa (4-4-2):
Tur ramziy terma jamoasiga "Surxon"dan 3, "Navbahor" va "Dinamo"dan 2 nafardan futbolchi tanlandi. SHuningdek, "Lokomotiv", "Bunyodkor", "So'g'diyona" va "Paxtakor"dan bir nafardan futbolchi ramziy jamoaga kiritildi.
Darvozabon: O'tkir Yusupov ("Navbahor")
Himoyachilar: Mirkomil Loqaev ("Dinamo"), Vladimir Bubanya ("Surxon"), Anzur Ismoilov ("Lokomotiv"), Rahmatullo Berdimurodov ("Surxon")
Yarim himoyachilar: Husniddin G'ofurov ("Surxon"), Oston O'runov ("Navbahor"), SHohruh Abdurahmonov ("Dinamo"), Xurshid G'iyosov ("Bunyodkor")
Hujumchilar: SHohruz Norxonov ("So'g'diyona"), Dragan CHeran ("Paxtakor")
NAVBATDAGI TUR
9-tur
16 may, payshanba
18:30 ANDIJON — PAXTAKOR
17 may, juma
18:45 LOKOMOTIV — BUNYODKOR
18 may, shanba
17:45 QO'QON-1912 — NASAF
20:00 QIZILQUM — SURXON
19 may, yakshanba
17:30 NAVBAHOR — METALLURG
17:45 AGMK — SO'G'DIYONA
20:00 BUXORO — DINAMO
O’xshash yangiliklar

Fikrlar