So’nggi yangiliklar

23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  1 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  4 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  11 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  65 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1

Superliga klublari akademiyalari va bolalar maktablari mutaxassislari Yaponiya jo'nab ketishdi Yangiliklar

Superliga klublari akademiyalari va bolalar maktablari mutaxassislari Yaponiya jo'nab ketishdi

5 mart kuni mamlakatimizda bolalar futboli bo'yicha faoliyat olib borayotgan futbol Akademiyalari va futbol maktablari mutaxassislari, malakali bolalar murabbiylarining bir guruhi Yaponiyaga jo'nab ketishdi.

Xabaringiz bor, o'tgan yilning noyabr oyida O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol Associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Tokio shahrida Yaponiya Futbol Associaciyasi Prezidenti Tashima Kodzo bilan rasmiy uchrashuv o'tkazib, ikki mamlakat Futbol Associyaciyalari o'rtasidagi hamkorlik va aloqalarni mustahkamlash bo'yicha kelishuvga erishilgandi.

Ushbu kelishuv asosida O'FA va YAFA terma jamoalari murabbiylari o'rtasida tajriba almashish, shuningdek, ikki davlat futboli murabbiylari va tibbiyot xodimlari uchun o'quv seminarlari tashkil etish, futbol akademiyasi murabbiylari va boshqaruv xodimlari o'rtasida bilim va tajribalarni almashish, bolalar futboli bo'yicha murabbiylik kurslarini tashkil etish borasidagi ishlarni yo'lga qo'yish ko'zda tutilgandi.

Memorandumga javoban shu yilning 8-12 fevral kunlari Yaponiyada O'zbekiston Superligasida ishtirok etayotgan klublarning marketing bo'yicha mutaxassislari uchun seminar tashkil etildi. Seminar davomida Jey-liga mutaxassislari tomonidan milliy chempionatimiz klublari marketing mutaxassislari uchun nazariy va amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi. SHuningdek, marketing bo'yicha mutaxassislar Jey-ligada marketing, homiylarni jalb qilish bo'yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida malumot olishdi.


SHu yilning 5 mart kuni mamlakatimizda bolalar futboli bo'yicha faoliyat olib borayotgan futbol Akademiyalari va futbol maktablari mutaxassislari, malakali bolalar murabbiylarining bir guruhi Yaponiyaga jo'nab ketishdi.

Maqsad, yurtimizda bolalar futboli va ommaviy futbolni rivojlantirish bo'yicha Yaponiya taraqqiyot modelini va tajribasini O'zbekistonda tatbiq qilish, yurtimizdagi bolalar musobaqalari va futbol tadbirlarida selekciya ishlarini takomillashtirishda Yaponiya mamlakati tizimidan foydalanishdan iborat.

Mazkur safar bilan bog'liq masalalar bo'yicha Yaponiya Futbol Associaciyasida maxsus ishchi guruh tuzildi. Associaciyaning xalqaro aloqalar bo'limi mutaxassisi, o'zbekistonliklar delegaciyasiga masul xodim Tomo Sugiyama o'zbekistonliklarning Yaponiyadagi tashrifi dasturini ishlab chiqdi.

Unga ko'ra, delegaciyamiz azolari 7 mart kuni Jey-Liga uchrashuvlaridan birini tomosha qilishadi, 8 mart kuni esa yaponiyalik malakali mutaxassislar semminarlarida ishtirok etishadi. SHuningdek, Yaponiya U-14, U-15 va U-18 terma jamoalari mashg'ulotlarini kuzatib, 10 martda seminarda qatnashishadi hamda Jey-Liga o'yinlari uchrashuvlarini tomosha qilishadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика