So’nggi yangiliklar

18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  2 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   0 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  2 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  0 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  1 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  2 15:38Роналду – энг яхши!  24 15:11"Реал"да можаро: Винисиус янги мураббийнинг ҳаракатларидан норози  13 14:42"Андижон" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  5 14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  1 13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  10 13:20"Барселона"да асосий таркибдан мосуво қилинган Тер Штегенга "Сити"дан таклиф тушди  8 12:57"Челси" дарвозабони "Борнмут"га ўтди. Трансфер шартлари қанақа?  1

Superliga. Kimning darvozasiga penalti tepilmayapti? Yangiliklar

Superliga. Kimning darvozasiga penalti tepilmayapti?

Coca Cola Superliganing 15-turi ortda qoldi.

O'tkazilgan 105 o'yinda hakamlar 54 bor 11 metrli nuqtaga ishora qilishdi. Oldinroq penaltidan eng ko'p foydalangan jamoalar haqida malumot bergandik. Endi jabrdiydalarga to'xtalamiz.

O'tgan yilga nisbatan ko'proq penalti tepayotgan "Surxon" ayni paytda undan eng ko'p aziyat chekayotgan klub bo'lib turibdi. Termizliklar darvozasiga bugungacha 9 bor 11 metrli jarima belgilandi (ulardan 7 tasi golga aylangan).

3-o'rinda yana sensacion ravishda "Paxtakor" qayd etilgan. Hakamlar jami 6 bor "sherlar" darvozasiga penalti belgilagan bo'lsa, ulardan 3 tasi golga aylandi. 

FAKT: 2021 yilgi mavsumda "Paxtakor" darvozasi tomon faqat 1 bor penalti tepilgan, ammo zarba muvaffaqiyatsiz chiqqan edi (yani, amaldagi chempion o'tgan mavsumda 11 metrli nuqtadan umuman gol o'tkazmagan).

"Navbahor" jarima maydonidagi nuqtani bu yil faqatgina Akobirxo'ja SHukurullaev ko'rsatdi. 

FAKT: O'tgan mavsumning 5-turida Firdavs Norsafarov "Navbahor" darvozasiga "11" belgilagan vaziyat katta janjalga sabab bo'lgandi ("Paxtakor" bilan o'yinda). SHundan keyin o'tkazilgan 36 turda O'tkir Yusupov darvozasi tomon atigi 2 marta penalti qo'yildi.

Demak, Samvel Babayan o'z shogirdlariga jarima maydonida toza o'ynashni o'rgata olibdi.

2022 yil bu borada faqatgina "Metallurg" "Navbahor"dan tozaroq o'ynayapti. Hozircha bekobodliklar darvozasiga penalti tepilgani yo'q.  

To'liq jadval (Narzulla Saydullaev bilan birgalikda tayyorlandi):


klub nomipenaltigol
1"Surxon"97
2"Qizilqum"
75
3"Paxtakor"63
4"Dinamo"65
5"Olimpik"63
6"Neftchi"43
7"Lokomotiv"
33
8"Bunyodkor"32
9"So'g'diyona"32
10AGMK
22
11"Nasaf"22
12"Qo'qon-1912"22
13"Navbahor"11
14"Metallurg"00


SHuningdek, penalti qaytarish borasida Sanjar Quvvatov boshqa hamkasblariga master-klass ko'rsatyapti. "Paxtakor" posboni o'z darvozasiga tepilgan ikkala penaltini ham bartaraf qildi.

Muallifning telegramdagi kanali → FA| futbol ANALIZI 

Muallif :
Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика