So’nggi yangiliklar

18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  1 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  3 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  9 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  9

Superliga ishtirokchilariga taqiq qo'yilsa, "Evro-2020"da kim o'ynaydi? Yangiliklar

Superliga ishtirokchilariga taqiq qo'yilsa, "Evro-2020"da kim o'ynaydi?

Portugaliyani "Vulverxempton" qutqaradi, Angliyani – "Aston Villa".

UEFA prezidenti Aleksandr CHeferinning top-klublarning "inqilobi" va Superliga tashkil etilishiga reakciyasi keskin bo'ldi. CHeferin ushbu klub futbolchilariga keskin choralar ko'rish va taqiqlar qo'yish haqida o'ylashayotganini tasdiqladi. Hozircha bu UEFA tomonidan qarshi bildirilgan keskin javoblardan biri. Bu haqiqatga qanchalik yaqin va chindan shunday bo'ladimi yoki yo'q, hali ancha muhokama bo'ladi. Ayni damda esa biz Superliga asosichilari bo'lgan 12 klub vakillarisiz bo'lajak "Evro"da kim favorit bo'lishini taxmin qilib ko'rdik. 


Angliya

Ha-ha, biz Deklan Rays jarohatidan qutilishi zarurligini unutmadik. U bilan birga sherik qilib "Vest Xem"da yorqin o'yin namoyish qilayotgan Jessi Lingardni ham tarkibga kiritardik, ammo hozircha futbolchi "Manchester Yunayted"ga tegishli.

"Aston Villa" Sautgeyt termasining bazaviy klubiga aylanadi – Angliya milliy termasi yaqin zaxirasida klubning hujumchisi Olli Uotkins ham bor.


Germaniya

Bundesliga klublari hozircha Superligada ishtirok etishga qarshiligi sabab Yoaxim Levga u qadar qiyin bo'lmaydi. Biroq yo'qotishlar bor va jamoa yaxshi futbolchilardan ayrildi: Toni Kroos, Ilkay Gyundogan hamda "CHelsi" vakillari Kay Xavertc va Timo Verner.


Franciya

Kilian Mbappe safda – barchasi ajoyib. Biroq amaldagi jahon chempionlariga Ngolo Kante, Pol Pogba, Ugo Loris, Olive Jiru va Antuan Grizmann yordam bera olmaydi.

Markaziy himoyachi Dayo Upamekanoning "Evro"da o'ynashiga hech qanday xavf yo'q. Hattoki "Bavariya"ga ko'chib o'tsa-da, Desham uchun bu muammo tug'dirmaydi.  


Ispaniya

"Real", "Barsa" va "Atletiko" futbolchilarisiz tarkib to'plash – Ispaniya termasi uchun o'ziga xos vazifa bo'lishi turgan gap. Lekin negadir, biz Luis Enrike shtabi bu vaziyatdan chiqib keta olishiga ishonamiz. Saralashning 10 o'yinida Enrike va vaqtincha termani boshqargan Robert Moreno 41 futbolchi xizmatidan foydalandi.

2019 yil Norvegiyaga qarshi bellashuvda Ispaniya tarixida ilk bor mamlakat terma jamoasi asosiy tarkibida 11 xil turli klub futbolchilari maydonga tushdi. SHunday ekan, "qizil furiya" haqida aniq bir gap aytish qiyin.


Portugaliya

Krishtianu Ronalduning Ali Dayi o'rnatgan mangu rekordini yangilashi katta so'roq ostida qolib ketadigan ko'rinadi. Nahotki, Ronaldu bir qadam qolganda marraga eta olmaydi-mi?

Biroq Fernandu Santush har qanday qiyin vaziyatda "Vulverxempton"ga suyanishi mumkin. Himoya markazida esa hamon qarimaydigan Fonte – Pepe – ular uchun yosh shunchaki pasportdagi raqam.


Afsuski, ajoyib sport formasiga kirib olgan Pedru Netu ("Vulverxempton") jiddiy jarohat olgan va katta ehtimol qita chempionatini o'tkazib yuboradi.

Italiya

Roberto Manchini jamoasining kamida hujum chizig'i yomon emas-a? 



Bu borada sizning fikringiz qanday? Bunday ekstremal vaziyatda yana kimlarga imkoniyat berish zarur?


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика