So’nggi yangiliklar

15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  0 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  2 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  30 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6

Superliga hakamlari ishtirokida seminar bo'lib o'tdi Yangiliklar

Superliga hakamlari ishtirokida seminar bo'lib o'tdi

O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan yurtimizdagi hakamlar saviyasini oshirish va futbol uchrashuvlarida sifatli hakamlikni taminlash uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, kecha “Bunyodkor” stadionida Superliga hakamlari uchun bir kunlik seminar bo'lib o'tdi. Seminarni O'FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig'i Mamur Saidqosimov, boshqarma mutaxassislari Bobur Haydarov, Baxtiyor Namozov hamda FIFA referisi Ravshan Ermatov va FIFA instruktori Farhod Abdullaev olib borishdi.


Kunning birinchi yarmida hakamlar uchun nazariy mashg'ulotlar o'tkazildi. Yig'ilganlarga O'FA Ilmiy-metodik guruhi tomonidan tayyorlangan Superliga klublarining taktik o'yin uslublari va o'ziga xos jihatlari haqida malumotlar berildi. Bu malumotlar Superliga hakamlari uchun  uchrashuvlarni boshqarishda asqotishi aniq.


Keyin hakamlar maydonda amaliy mashg'ulotlar o'tkazishdi. Mashg'ulotlar davomida o'yinda ro'y beradigan bahsli vaziyatlar yaratildi va hakamlarning bu vaziyatlarda amalga oshirishi kerak bo'lgan xatti-harakatlari ko'rsatib berildi.

Seminardan ko'zlangan asosiy maqsad Superliga hakamlari malakasini muntazam ravishda oshirib borish va uchrashuvlarda sifatli hakamlikni taminlashdan iborat.

Bunday seminarlarni yil davomida doimiy ravishda o'tkazib borish rejalashtirilgan.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика