Superliga. Faqat faktlar

Narzulla Saydullayev
13 may 2018, 11:27
Kecha O'zbekiston Superligasida 11-tur yakunlandi va birinchi davra ortda qoldi.

Biz o'quvchilarimizga dastlabki davraning qiziqarli faktlarini taqdim etamiz.

- Eng kam gol o'tkazgan jamoa - "Qo'qon-1912" - 6ta

- Eng ko'p gol o'tkazgan jamoa - "So'g'diyona" - 18ta

- Eng ko'p gol urgan jamoa - "Paxtakor" - 19ta

- Eng kam gol urgan jamoa - "Neftchi" - 4ta

- Eng ko'p g'alaba qozongan jamoalar - "Bunyodkor" va "Paxtakor" - 7tadan

- Umuman g'alaba qozonmagan jamoa - "Neftchi"

- Eng ko'p durang o'ynagan jamoa - "Qo'qon-1912" - 6ta

- Umuman durang o'ynamagan jamoalar - "Buxoro" va "Qizilqum"

- Eng ko'p mag'lubiyatga uchragan jamoa - "Qizilqum" - 8ta

- Eng kam mag'lubiyatga uchragan jamoalar - "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" - 2tadan

- Eng ko'p qizil kartochka olgan jamoa - "Lokomotiv" - 4ta

- Qizil kartochka olmagan jamoalar - "Buxoro", "Navbahor", "Bunyodkor", "Metallurg" va "Paxtakor"

- Eng ko'p sariq kartochka olgan jamoa - "Buxoro" - 29ta

- Eng kam sariq kartochka olgan jamoa - "Nasaf" - 15ta

- Eng ko'p penalti tepgan jamoa - "Paxtakor" - 7ta

- Penalti tepmagan jamoalar - "Bunyodkor", "So'g'diyona" va "Buxoro"

- Darvozasiga eng ko'p penalti belgilangan jamoa - "Bunyodkor" - 5ta

- Darvozasiga umuman penalti belgilanmagan jamoalar - "Navbahor" va "Qo'qon-1912"

- Eng ko'p gol urgan futbolchi - Ismoil Gonsalvesh - 7ta

- Eng ko'p golli to'p uzatish amalga oshirgan futbolchi - Sardor Sobirxo'jaev  - 5ta


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia