Superliga. Erkinov, Lobanov, Norxonov va Jalilov yoxud 25-tur laureatlari
22 noy 2021 16:34
Yangiliklar
Superliga. Erkinov, Lobanov, Norxonov va Jalilov yoxud 25-tur laureatlari
Championat.asia tur bahslari asosida tur laureatlarini aniqladi.
"Navbahor" klubi bu tur ligada qolish uchun kurashayotgan "Andijon" mehmoni bo'ldi va 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. To'g'ri "Andijon" musobaqa jadvalida oxirgi o'rinlarda bormoqda, lekin shu kuni Kumikov shogirdlari yutqazmaslik uchun borlarini berishdi va so'nggi daqiqagacha o'ynashdi. Vodiy derbisidagi g'alabadan keyin "burgutlar"ning quyi ligaga tushib ketishi oydinlashdi. "Navbahor" ustozi Viktor Jalilov championat.asia sayti talqiniga ko'ra 25-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
"Metallurg" bu tur Bekobodda "Turon"ni qabul qildi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Bekobod klubi darvozaboni shu kuni bir qator seyvlar bilan jamoasi joniga oro kirdi. SHu bois Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 25-turning eng yaxshi darvozaboni Aleksandr Lobanov bo'ldi.
Bu turda "So'g'diyona" hujumchisi SHohruz Norxonov "Nasaf" bilan bahsda ajoyib gol urdi va tur goli muallifiga aylandi.
"Paxtakor" yarim himoyachisi Hojimat Erkinov Toshkent derbisida "Lokomotiv" bilan bahsda faol o'ynadi va xet-trikka erishdi. SHu tariqa, Hojimat Erkinov championat.asia talqiniga ko'ra 25-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga
Fikrlar