So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Superliga eng yaxshi yosh futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa. Deyarli yarmi "Olimpik"dan Yangiliklar

Superliga eng yaxshi yosh futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa. Deyarli yarmi "Olimpik"dan

Teglar :  KashfiyotlarOlimpik
Biroq asosiy kashfiyot boshqa klub sharafini himoya qiladi.

O'zbekiston chempionatining birinchi davra bahslari nihoyasiga etdi. Jamoalarga bir oylik tanaffus berildi. SHunday ekan, hozir xulosalar chiqarishning ayni vaqti.

"Championat.Asia" sayti tahririyati Superliganing eng yaxshi yosh o'yinchilari ramziy termasini tuzib chiqdi. Tarkibga 21 yoshdan katta bo'lmagan, bu mavsum elitada o'zi uchun debyut yoki ikkinchi yilini o'tkazayotganlar kiritildi. SHu sababli, ro'yxatda masalan, Husayn Norchaev kabi o'yinchilar yo'q. U 3 yildan buyon "Nasaf" sharafini himoya qiladi va hattoki, O'zbekiston termasiga ham chaqirilgan.



Vladimir Nazarov, 20 yosh ("Olimpik")

Ramziy terma jamoadan "Olimpik"ning qator o'yinchilari o'rin olgan. Ulardan birinchisi — Vladimir Nazarov. Posbon bu mavsum etti o'yin (bittasi - "quruq") o'tkazdi va 6ta to'p o'tkazib yubordi. Ehtimol, natijalar unchalik zo'r emasdir, ammo Nazarov Osiyo Kubogi U-23 musobaqasidagi o'yinlari bilan ko'pchilikning yodida qolgani aniq.

Vladimir O'zbekiston terma jamoasi finalgacha chiqishida katta yordam berdi. CHorak finalda Iroq termasiga qarshi bahsda o'yindan keyingi penaltilar seriyasida qahramonga aylandi, yaponlarga qarshi yarim final uchrashuvida esa bir nechta qiyin seyvlarni amalga oshirdi. Turnirdan keyin "Olimpik" murabbiyi Timur Kapadze Nazarovga biroz dam berdi.




Saidazamat Mirsaidov, 20 yosh ("Olimpik")

Mirsaidov — "Olimpik"ning asosiy o'ng qanot himoyachisi. U joriy mavsum Superliganing 12 o'yinidan 10tasida maydonga tushdi (9tasida — asosiy tarkib), O'zbekiston Kubogining 2 bahsida o'ynadi. Saidazamat ham xuddi Nazarov kabi Osiyo Kubogi U-23da yoshlar jamoasining bir bo'lagi bo'ldi. Turnirda 6 uchrashuvning 4tasida maydonga tushdi, hujumda yaxshi o'ynadi, himoyada esa ishonchli harakat qildi.




Muhammadqodir Hamraliev, 20 yosh ("Olimpik")
"Olimpik"da Muhammadqodir Hamraliev ham o'z o'rnini topa oldi. O'tgan mavsum Samarqandning "Dinamo" klubida o'ynagan va bu yildan "Olimpik" mudofaa chizig'ining etakchisi sanaladi. U joriy mavsum Superliganing 12 bahsidan 11tasida va mamlakat kubogining 2 uchrashuvida ishtirok etdi. Muhammadqodir chempionat doirasida "Bunyodkor"ga qarshi bahsda (5:1) golli pas berdi, "Nasaf" bilan uchrashuvda esa (2:2) gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Hamraliev Osiyo Kubogi U-23 6ta o'yinida maydonga tushdi (5tasi asosiy tarkibda). U har o'yinda uzatmalar soni (45) va ularning aniqligi (87%), shuningdek, yutilgan yakkakurash (65%) va havoda yutilgan kurashlar (78%) soni bo'yicha yaxshi natijalar qayd etdi.




Alibek Davronov, 19 yosh ("Nasaf")
Davronov o'tgan mavsum "Nasaf"da debyut qilgan, lekin hozir jamoaning asosiy o'yinchisi hisoblanadi. Markazda ham, himoya chizig'ining chap qanotida ham birdek o'ynay oladigan 19 yoshli himoyachi Superliganing 10ta, OFK CHempionlar Ligasining 5ta bahsida "Nasaf" sharafini himoya qildi. U deyarli har safar ilk daqiqadanoq uchrashuvni boshladi. Alibek Osiyo Kubogi U-23ning to'rt o'yinida maydonga tushib, Qatarga qarshi bahsda (6:0) golli pas berdi.




Dostonbek Tursunov, 21 yosh ("Olimpik")

Tursunov ham universal futbolchi — ikki poziciyada, himoya markazi va chap qanotida harakatlana oladi. U "Olimpik"da ham, O'zbekiston yoshlar termasida ham ko'proq mudofaa qanotida o'ynaydi. Dostonbek "Olimpik"ning 8ta o'yinida, Osiyo Kubogi U-23 musobaqasi 5ta bahsida ishtirok etdi. Uning turnirdagi statistikasi: 0,3 muhim uzatmalar, 57% yutilgan yakkakurashlar va har o'yinda o'rtacha 3 marta to'pni raqibdan olib qo'yishga teng bo'ldi. Qanot himoyachisi uchun yaxshi ko'rsatkich.



Abdurauf Bo'riev, 19 yosh ("Olimpik")
Bo'riev — Osiyo Kubogi U-23da O'zbekiston yoshlar termasining eng yaxshi o'yinchilaridan biri bo'ldi. U jamoa o'yinini bog'ladi, hujumlarni boshlab berdi va himoyada ishonchli o'ynadi. Abdurauf raqibdan to'pni olib qo'yish (22) bo'yicha eng yaxshilar qatoridan joy oldi, to'pni ilib ketish (41) bo'yicha esa mutlaq rekordchi bo'ldi. SHuningdek, uning hisobida har o'yin uchun o'rtacha 69% yutilgan yakkakurashlar va 80% muvaffaqiyatli aldab o'tishlar bor.

Superligadagi ishtiroki haqida gapiradigan bo'lsak, tayanch zona vakili Bo'riev "Olimpik"ning 7ta bahsida maydonga tushib, 1ta gol urdi. O'zbekiston Kubogining 3 uchrashuvda o'ynadi va 1ta golli uzatma qayd etdi. Agar Abdurauf shunday o'ynashda davom etsa, bir necha yil o'tib, mamlakat termasida o'ynash ehtimoli yuqori bo'ladi.




Umarali Rahmonaliev, 18 yosh ("Bunyodkor")
"Bunyodkor" mavsumda katta muammolarni boshdan o'tkazdi. Jamoa hozir Superligada 7-o'rinni band etib, etakchidan 8 ochkoga ortda qolmoqda. Agar Umarali Rahmonaliev bo'lmaganida, u holda "Bunyodkor" turnir jadvalining bundan ham quyi pog'onasida bo'lardi desak, mubolag'a bo'lmaydi.

18 yoshli markaziy yarim himoyachi 5ta gol urdi — hujumchi Ibrohim Tomiva ham xuddi shuncha gol urgan. Rahmonaliev yosh bo'lishiga qaramay, unga penalti tepish masuliyatini ishonishmoqda. U "Bunyodkor"ning 10 uchrashuvida har safar asosiy tarkibda o'yinni boshladi. Oxirgi, "Paxtakor"ga qarshi bahsda Umarali dubl qayd etdi va jamoasi g'alaba qozonishida kattagina hissa qo'shdi (3:2). Aynan Rahmonalievni Superliga birinchi davra uchrashuvlarining asosiy kashfiyoti desak adashmaymiz.



Hislat Halilov, 18 yosh ("So'g'diyona")
Hislat Halilov ham o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oldi. "So'g'diyona" safida u barcha turnirlarni inobatga olsak, 10ta o'yinida ishtirok etdi, 3ta gol urdi va 1ta golli pas berdi. Hislatning ayniqsa, "Qo'qon" darvozasiga urgan goli chiroyli chiqdi: u jarima maydoni burchagida to'pni egallab, himoyachini aldab o'tdi va chap oyog'ida kuchli zarba bilan yaqin burchakni nishonga oldi. Urilgan goldan keyin Jasur Hasanov futbolchini urgan goli bilan tabrikladi.



Otabek Jo'raqo'ziev 20 yosh(«Olimpik»)
Jo'raqo'ziev — "gol + pas" tizimi bo'yicha "Olimpik"ning eng yaxshi o'yinchisi. Barcha turnirlar bo'yicha uning hisobida 4ta gol va 3ta assist bor. Otabek Osiyo Kubogi U-23 musobaqasining 4 o'yinida maydonga tushdi va 1ta gol urdi (Eron darvozasiga, 1:1). Otabekning tezligi va maydonni ko'ra olish qobiliyati ayniqsa, kuchli. SHu bilan birga, u to'pga qizg'anchiq futbolchi emas. Bu kamdan-kam o'yinchida uchraydigan xislat.




Abbosbek Fayzullaev, 18 yosh ("Paxtakor")
"Paxtakor"da ham yangi yosh yulduz paydo bo'ldi. 18 yoshli Abbosbek Fayzullaev hozircha asosiy tarkibdan ko'p joy olmasa-da, ancha qiziq o'yin ko'rsatmoqda. Osiyo CHempionlar Ligasi doirasida "Al-Taavon" bilan bahsda (5:4) u jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo'llab, hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Abbosbekning yana bir goli "Bunyodkor"ga qarshi uchrashuvga (2:3) to'g'ri keldi — o'shanda Fayzullaev burchakdan Farruh Sayfiev uzatgan to'pni darvozaga aniq yo'llagan edi.

Osiyo Kubogi U-23da Fayzullaev O'zbekiston termasining eng yosh vakili edi. U asosan zaxiradan maydonga tushirilsa-da, musobaqaning barcha olti o'yinida ishtirok etdi. SHuningdek, Abbosbek turnirning eng yosh o'yinchilari qatoriga kiritildi — ro'yxatning birinchi pog'onasida avstraliyalik Joshua Roulins, u Fayzullaevdan yarim yoshga kichkina.




Ruslanbek Jiyanov, 21 yosh ("Olimpik")
Markaziy hujumchi sifatida Ruslanbek Jiyanovni tanladik. Aslini olganda, u hujumning istalgan nuqtasida o'ynay olishini ko'rsatib berdi. Jiyanovning benefisi "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda yuz berdi. O'sha bahsda Ruslanbek hisobiga gol va assist yozdirib qo'ydi. Jiyanovning goli ayniqsa chiroyli chiqdi: u raqibini aldamchi harakatlar bilan chalg'itib, yaqin burchakka aqlli zarba berdi.
https://youtu.be/Qkeomm5MJp8?t=202

Umuman olganda, texnika — Jiyanovning eng kuchli quroli hisoblanadi. Osiyo Kubogi U-23da u zaxiradan maydonga tushib, har safar O'zbekistan termasining oldindagi harakatlari, hujumlariga keskinlik, qo'shimcha kuch bera oldi. Qatar bilan uchrashuvda u gollardan biriga mualliflik qildi. Qizig'i, bu to'p Ruslanbek "Bunyodkor" darvozasiga yo'llaganiga juda ham o'xshab ketdi. VIDEO




Murabbiy - Timur Kapadze, 40 yosh ("Olimpik")

Superliganing eng yaxshi yosh futbolchilari ustozi ham mos ravishda yosh bo'lishi kerak edi. Tabiiyki, bu borada Timur Kapadze yaqqol favorit. "Olimpik" uning qo'l ostida "Paxtakor" (1:1), "So'g'diyona" (1:1) va "Nasaf"dan (2:2) ochko oldi. Bundan tashqari, "Bunyodkor" (5:1) va AGMK kabi jamoalarni taslim etdi (1:0). Hozirga kelib, "Olimpik" turnir jadvalining sakkizinchi pog'onasini band etib turibdi. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, jamoa tarkibining umumiy narxi bo'yicha Superliga vakillari ichida pastdan uchinchi — 4,2 mln evro.

SHuningdek, Kapadze O'zbekiston yoshlar terma jamoasidagi mehnati uchun hurmatga loyiq hisoblanadi. Osiyo Kubogida U-23 jamoa finalga qadar etib bordi va murosasiz kurashda Saudiya Arabistoniga imkoniyatni boy berdi (0:2). Butun musobaqa davomida, raqib kim bo'lishiga qaramay, Timur Tohirovich shogirdlari hujumkor va qiziqarli o'yin namoyish qilishdi.



Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика