So’nggi yangiliklar

15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  2 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  9 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  8 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4

Superliga. "Dinamo" - AGMK o'yiniga oid malumotlar Yangiliklar

Superliga. "Dinamo" - AGMK o'yiniga oid malumotlar

Teglar :  DinamoAGMK
Bugun Superliganing 8-turidan o'rin olgan yana ikkita uchrashuv bo'lib o'tadi.

Samarqandda "Dinamo" Olmaliq shahrining AGMK klubini qabul qiladi. Uchrashuv 17:30da boshlanadi. Quyida o'yinga oid bazi malumotlarni keltirib o'tamiz. 

"Dinamo"

- "Dinamo" jadvalda 9 ochko bilan 7-o'rinda boryapti. Jamoa ikkita o'yinda g'alaba qozonimb, uch bor durang o'ynadi. SHuningdek, ikki marta mag'lub bo'ldi. To'plar nisbati 8-9. 

- "Dinamo" oxirgi 3 turdan beri yuta olmayapti. Samarqandliklar "Andijon" va "Navbahor" bilan durang o'ynab, "Paxtakor"ga imkoniyatni boy berishdi. Qizig'i shundaki, "Dinamo" oxirgi uchta o'yindan beri o'z darvozasidan 2tadan gol o'tkazib yuboryapti.

- "Dinamo"ning oxirgi ikkita uchrashuvi bir xil natija bilan yakun topdi - 2:2. 

"Dinamo" o'z maydonida to'rtta uchrashuvda maydonga tushib ikkitadan g'alaba va durang qayd etdi. Jamoa Samarqandda hali yutqazgani yo'q. 

"Dinamo" shu paytgacha AGMK bilan jami 18 marta o'ynab, shundan oltitasida zafar quchgan. 

AGMK

- Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK 7 ochko bilan 11-o'rinda boryapti. Bu jamoa ikkita o'yinda g'alabaga erishib, bir marta durang o'ynadi va to'rtta bellashuvda mag'lub bo'ldi. To'plar nisbati 11-11. 

- AGMK ketma-ket uchta mag'lubiyatdan so'ng o'tgan tur g'alabaga erishdi. Jamoa o'z maydonida "Surxon"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

- Bugun AGMK safarda to'rtinchi o'yinini o'tkazadi. Jamoa bungacha bo'lib o'tgan uchta uchrashuvning hammasida yutqazgan. 

- AGMK safarda "Qizilqum", "Lokomotiv" va "Nasaf"ga imkoniyatni boy berdi. 

AGMK safar o'yinlarida atigi 2ta gol urib, o'z darvozasidan 9 bor to'p olib chiqdi. 

AGMK safarda birorta ham ochko qo'lga kiritmagan ikkita jamoadan biri bo'lib turibdi. Yana biri "So'g'diyona". 

Oxirgi 5 o'yin 

2017 yil. "Dinamo" - AGMK 1:0 

2015 yil. "Dinamo" - AGMK 1:1 

2014 yil. "Dinamo" - AGMK 2:1

2013 yil. "Dinamo" - AGMK 0:0 

2012 yil. "Dinamo" - AGMK 0:1 

Samarqandda bo'lib o'tgan oxirgi beshta o'yinning ikkitasida "Dinamo" zafar quchgan. Yana ikkita o'yinda durang qayd etilgan va bir marta olmaliqliklar uch ochko bilan qaytishgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика