So’nggi yangiliklar

13:21Ўзимизнинг карикатура. Олимпиада учун таркиб танлашда Тимур Кападзенинг боши қотган  2 13:01Olamsport: Ўзбекистоннинг Олимпиададаги байроқдорлари маълум, совриндор спортчиларимиз қанча пул олишади?  0 12:17Артета ва "Арсенал" янги шартнома бўйича музокаралар ўтказмоқда  0 11:42"Вулверхэмптон" Бразилия U-20 терма жамоаси етакчисини сотиб олди  2 11:15Копа Америка. Бразилия - Колумбия 1:1, Хамес Родригеснинг стандартлари Бразилияни қийнаб қўйди  1 10:562025 йилнинг ёзида эркин агентга айланиши мумкин бўлган энг қиммат футболчилар рўйхати эълон қилинди  1 10:28Копа Америка. Чорак финал олдидан Бразилия терма жамоасида катта йўқотиш бор  7 10:00«Челси» 35 миллионлик трансферни амалга оширди  4 09:42Шерзод Файзиев "Қизилқум"ни тарк этди  1 09:33Месси? Аргентина терма жамоасининг олимпиадага борадиган таркиби маълум  6 09:05Евро-2024. Кечаги учрашувларда кимлар «man of the match» соҳибига айланди?  1 08:36Ўзбекистон кубоги. Бугун воҳа дербиси бўлиб ўтади  3 08:08Копа Америка. Чорак финал жуфтликлари маълум, бу ерда ҳам дахшатли ўйин бор!  19 07:59Копа Америка. Бразилия қийинчилик билан чорак финалга йўл олди  7 07:25Финал олдидан финал. Чорак финалнинг барча жуфтликлари ва бошланиш вақтлари билан танишинг  11

Coca Cola Superligasi. "Nasaf" himoyachining goli evaziga "Buxoro" maydonidan minimal g'alaba bilan qaytdi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Nasaf" himoyachining goli evaziga "Buxoro" maydonidan minimal g'alaba bilan qaytdi

O'zbekiston chempionati 3-turida "Buxoro" jamoasi o'z maydonida Qarshining "Nasaf" klubini qabul qildi.

BUXORO – NASAF 0:1
17 mart 2023 yil. Buxoro, "Buxoro" stadioni. 18:30
Hakamlar: Akobirxo'ja SHukurullaev, Jalgasbay Sarsenov, Damir Iskenderov, SHohruh Qayumov
Nazoratchi: Ravil SHayaxmitov
Komissar: Qudrat Madraimov

Gol: 0:1 — 53, Husniddin Aliqulov.

"Buxoro": 13.Nikola Stoshich, 7.Jasur Azimov, 10.Humoyunmirzo Iminov, 15.Obid Jo'raboev, 16.Jasur Hasanov (11.Temur Ismoilov, 57), 17.Jamoliddin Ubaydullaev (9.Aleksandr Kasyan, 74), 22.Ro'zimboy Ahmedov, 25.Abbos Otaxonov, 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 77.Fayzullo Jumanqo'ziev (28.Sohib Muhammadiev, 88), 80.Farruh Ibragimov (88.Vsevolod Nixaev, 46)
Zaxira: 20.Sardor Qobuljonov, 4.Mirjalol Jumaev, 48.Jo'rabek CHoriev, 90.Artur Zakiev, 91.Asiljon Begimqulov.

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Akmal Mozgovoy, 9.Javohir Sidiqov (30.Aziz Xolmurodov, 80), 17.Suhrob Nurulloev (2.Alibek Davronov, 80), 28.SHuhrat Muhammadiev, 34.SHerzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov, 92.Umarbek Eshmurodov, 99.Azizbek Amonov.
Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 13.Azamat Soyibov, 15.Jo'rabek Mannonov, 22.SHohmalik Komilov, 23.Sardor Sadullaev, 29.Muhammadjon Rahimov, 70.Abubakr Rizo Turdialiev.

Ogohlantirishlar: Azizbek Amonov (9), Jasur Azimov (26), Ro'ziqul Berdiev (73)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

88. "Buxoro"da o'zgarish: Fayzullo Jumanqo'ziev o'rniga Sohib Muhammadiev uchrashuvni yakunlab qo'yadi.

84. Nixaevning zarbasining "Nasaf" o'yinchisi oyoqlari bilan qaytardi. Qarshi hujumda esa yosh Xolmurodov to'pni to'xtatishda yoshlik qildi.

80. "Nasaf" tarkibida ikki o'zgarish: Javohir Sidiqov va Suhrob Nurulloev o'rniga Aziz Xolmurodov va Alibek Davronov maydonga tushirildi.

79. "Nasaf"ning Amonov degan hujumchisi bor edi, o'sha futbolchi o'yindagi ilk aniq zarbasini yo'lladi. 

76. Kasyan raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda Ronalduga o'xshab gol ursammi yoki Messigami deya o'ylab olguncha to'p maydonni tark etdi.

74. "Buxoro"da o'zgarish: Aleksandr Kasyan Jamoliddin Ubaydullaevni almashtirdi.

73. Ro'ziqul Berdiev hakam bilan "razbor" qilgani uchun ogohlantirildi.

70. 17-raqamlar to'qnashuvi filmining ikkinchi qismi ham biroz avvalgisi singari yakunlandi.

69. 17-raqamlar to'qnashuvida buxoroliklar futbolchi engib chiqdi: u raqibini chalib yiqitishga muvaffaq bo'ldi.

66. Nixaevning bosh bilan yo'llagan zarbasi Nematovning quchog'idan o'rin oldi.

60. Muhammadjon Rahimov to'p bilan Ubaydullaevning yuzini nishonga olib, uni nokdaunga uchratdi.

57. "Buxoro"da o'zgarish: Jasur Hasanov o'rniga Temur Ismoilov o'yinni davom ettiradi.

53. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Aliqulov burchak zarbasidan so'ng qaytgan to'pga zarba berib, raqib darvozasini ishg'ol qildi! Hozirgina "Nasaf" gol urishni kutyapti deb qayd etgandim. Aslida, qarshiliklar mening shu gapni yozishimni kutayotgan ekan.

52. "Paxtakor" "Navbahor"ni yutyapti, "Nasaf" esa gol urishni kutyapti.

49. Bozorov Stoshichning qo'lqoplarini terlatdi. Burchak zarbasi.

47. G'aybullaevdan super-muper pas, Muhammadievdan zarba va Stoshichdan giperseyv.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

46. "Buxoro"da o'zgarish: Farruh Ibragimov ikkinchi bo'limni skameykada boshlaydi, Vsevolod Nixaev esa maydonda.

Nega yozmay qo'ydi deya hayron bo'lmanglar, birinchi bo'lim yakunlandi.

45+1. Jumanqo'zievning tepgan to'pi Ilon Maskning raketasidan ilgariroq Marsga etib boradi, nazarimda.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. "Nasaf"ning nominal yagona hujumchisi Amonov birinchi zarbasini yo'lladi. Hujumchilarnikiga qaraganda himoyachilarnikiga o'xshash zarba ijro etildi.

41. Nasrullaevning pas bergan kadrini qirqib tashlasa, uning dastlab qanotdan olg'a borishi tahsinga sazovor bo'ldi.

35. Jumanqo'ziev  "Nasaf" futbolchisining oyog'ini makkapoya o'rganday o'rib tashladi.

31. Ahmedov Siddiqovni umbaloq oshishga majbur qildi. Hakam unga sariq kartochka ko'rsatishi mumkin edi, ammo Ro'zimboy chap qo'lini ko'rsatib, "Mana, sariq bog'ichim" deya ishora qildi.

26. Azimov dzyudoda G'aybullaevni shunday yiqitganida, haka sariq kartochka o'rniga 100 ball bergan bo'lardi.

23. Nasrullaevning uzatmasidan so'ng sherigi zarba berdi, to'p qaytarildi, qaytgan to'pga Bozorov kuchli zarba yo'lladi, uning zarbasidan so'ng atigi 5 metr aniqlik etishmadi.

19. Nasrullaevning o'ng oyoqda yo'llagan zarbasi raqib darvozasiga xavf soldi va burchak to'pi ishlab oldi.

14. Burchak zarbasidan so'ng to'p Aliqulovning qo'liga tegdi, ammo masofa yaqin bo'lgani sababli hakam jarima maydonining peshonasiga qo'yilgan nuqtaga ishora qilmadi.

12. Jumanqo'ziev  bir raqibini aldadi, keyin ikkinchisini aldayman deganda, sherigini to'p olib, "Men raqibni aldayman", deya sherigini "aldadi" va raqibini aldayman deb o'zi raqib futbolchisi tomonidan aldandi.

9. Amonov sherigini travmotolog qabuliga yozdirib qo'ygani uchun hakam tomonidan sariq vizitkani qabul qilib oldi.

8. Nasurullaevning uzatmasidan so'ng Amonov kalla qo'ydi. To'pga emas.

6. Akmal Mozgovoyning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi darvoza ortida turgan shumtakalardan birining hansirab yugurishga majbur qildi.

4. "Nasaf" futbolchisi Iminovning emin-erkin o'tib ketishiga yo'l qo'ymadi.

2. Fayzullo Jumanqo'ziev sherigining uzatmasini to'xtatishda raqiblarning olqishiga sazovor bo'ladigan harakat amalga oshirdi.

1. Uchrashuv boshlanishi bilanoq "Nasaf" darhol hujum tashkillashtirdi.

Stadion uzra sharlar uchirildi, bu shahar bo'ylab romantik sovg'a izlab yurgan yigitlar uchun tekin imkoniyat. Faqat iplari yo'q va tutib olish muammo bo'lishi mumkin. 

Bugun "Buxoro" oq, "Nasaf" esa qizil rangli libosda harakat qiladi.

"Nasaf" "Buxoro" stadioni jondan ortiq ko'radi, sababini yaxshi bilsangiz kerak, aynan shu erda erda qarshiliklar O'zbekiston kubogi sohibiga aylangan. Aytgancha, mezbonlar ulardan ko'proq sevadi stadionini.

Assalomu alaykum, o'zbek futbolining chinakam muxlislari! To'g'ri, o'zbek futbolining chinakam ishqibozi emasdirsiz, muhimi, qalbingiz yashil maydonga oshno bo'lsa, etarli. Bugun boshqa o'yinlarga qaraganda zerikarliroq o'tishi kutilayotgan uchrashuvni qiziqarli tarzda yoritib borishga harakat qilamiz.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика