So’nggi yangiliklar

22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  3 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  17 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  28 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4 19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  1 18:53Mirabror Usmanov Cup-2024. Қирғиз Республикаси илк учрашувда Гватемаладан устун келди  2 18:32Сергей Лушчан "Навбаҳор" билан шартнома имзолади   25 18:19"Монако" клуб 100 йиллигига аталган сафар либосини тақдим этди  2 17:53"Мбаппе эффекти": Ҳоланд "Реал"га эмас, "Барселона"га ўтмоқчи  20 17:28"Милан" "Монако" ярим ҳимоячиси бўйича таклиф билан чиқди  0 17:00ПСЖ Угарте учун 70 млн евро хоҳламоқда  0

Coca Cola Superligasi. "Bunyodkor" o'z maydonida "Surxon"ga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Bunyodkor" o'z maydonida "Surxon"ga mag'lub bo'ldi

Coca Cola Superligasi 20-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Surxon" uchrashuvi yakunlandi.

Coca Cola Superligasi 

20-tur

"Bunyodkor" – "Surxon" 0:1

Bosh hakam: Naim Qosimov

Yordamchi hakamlar: Aleksandr Sidorov, Nikita Afinogenov

Zaxira hakami: Jaloliddin Husnitdinov

VAR: Ilgiz Tantashev

AVAR: Andrey Capenko

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar:  Qudrat Madraimov

Gol: 0:1 — 85, Bobur Asqarov.

"Bunyodkor": 71.Sarvar Karimov, 2.Aleksey Nosko, 6.Avazbek O'lmasaliev (s), 8.SHohruh Abdurahmonov, 9.Farruh Ikromov (29.Muzaffar Olimjonov, 73), 10.Rasul Yo'ldoshev (7.Akbar Ismatullaev, 80), 15.Jasurbek Hakimov (22.Usmonali Ismonaliev, 73), 19.Bilol Tupliev, 30.Velington Taira, 34.Suhrob Izzatov, 45.Farhod O'tkirov (11.Igor Ivanovich, 55)

Zaxira: 32.Suhrob Sultonov, 4.Davronjon Ergashev, 18.Narimonjon Ahmadjonov, 46.Azizbek To'lqinbekov, 99.Umidbek Sultonov.

"Surxon": 1.Artyom Potapov, 6.Artyom Sokal, 7.Dostonbek Tursunov, 8.Humoyun SHerbo'taev, 15.Diyor Ramazonov, 17.Jahongir Abdusalomov (2.Bobirjon Asqarov, 74), 18.Silvanus Nimeli, 27.Asilbek Jumaev (19.Nuriddin Hasanov, 74), 66.Behruz SHaydulov (5.Azizbek Pirmuhammadov, 46), 77.Asadbek Karimov (10.Tamirlan Jamalutdinov, 88), 99.Komron Saidazimov (3.Sunnatulloh Hamidjonov, 46)

Zaxira: 35.SHohruhjon Eshbo'taev, 4.SHahzod Toirov, 9.Muhammad Ali Abdurahmonov, 28.Abduqodir Amirqulov.

Ogohlantirish: Rasul Yo'ldoshev (45+1), Suhrob Izzatov (63), Dostonbek Tursunov (90+2).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi!

90+2. Dostonbek Tursunov raqib futbolchisini ochiqchasiga to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

85. GOL! Bobur Asqarov raqib posbonidan qaytgan to'pni darvoza joyladi! 

83. Nimeli ofsaydda qolib ketdi.

79. Ismonaliev qulay vaziyatni ko'kka sovurdi.

74. Ikkala jamoa tarkibida o'zgarishlar ro'y berdi.

70. Nimelining zarbasini Karimov qaytardi.

68. Xavfli vaziyat! Mezbonlar o'ta qulay imkoniyatga ega bo'ldi, ammo so'nggi zarba yo'liga "Surxon" himoyachilari to'g'anoq bo'lishdi.

67. Yo'ldoshevning urinishi muvaffaqiyatsiz chiqdi.

63. Endi esa "Bunyodkor" posboni qahramonlik ko'rsatdi. O'yindan tashqari holatda qolgan Nimeli raqib posboni bilan birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi.

62. Potapov yana bir marotaba o'zini ko'rsatdi.

59. ZARBA! Hamidjonov standartdan oshirilgan uzatmani bosh bilan darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi.

57. Ikromovning chap oyoqda yo'llagan zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi.

56. Karimov hujum chog'i raqib himoyachisiga fol ishlatdi.

52. Potapov O'tkirovning zarba berishiga yo'l qo'ymadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+1. Potapovdan yana bir seyv!

43. Taira o'ziga noqulay bo'lgan o'ng oyoqda zarba yo'llagani uchun zarba yo'nalishi ancha noaniq bo'ldi.

41. Abdurahmonovning olisdan yo'llagan kuchli zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

39. Tursunovning olisdan yo'llagan zarbasi o'ta noaniq ko'rinish oldi.

36. "Bunyodkor" darvozasiga yaqin masofada jarima zarbasi belgilandi. Abdusalomovning urinishi "jonli devor"dan qaytdi.

33. ZARBA! Potapov! Hakimov ofsaydda qolgan ekan, shunday bo'lsa-da, uning zarbasini "Surxon" posboni qaytardi.

30. Xavfli vaziyat! O'tkirovning zarbasidan so'ng Potapov jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi, Hakimov esa 2-3 metr masofadan bo'sh darvozaga aniq zarba yo'llay olmadi. 

28. SHaydulov ofsaydda qolib ketdi.

24. Xavfli vaziyat! Nimeli raqib jarima maydoniga kirib bordi va Karimovga to'pni uzatdi, ammo Asadbek zarba yo'llashga kechikdi, mezbon himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.

21. Hakimov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

17. SHerbo'taevga nisbatan qoida buzildi. Mehmonlar tezda o'yinni boshlab ketishdi.

13. "Bunyodkor"da xavfli vaziyat sodir bo'ldi. Ikromovning jarimadan uzatgan to'pini so'nggi pallada "Surxon" himoyachilari bartaraf etishdi.

11. Dostonbek Tursunov raqib jarima maydonida yiqildi, biroq hakam erkin zarbaga ishora qildi.

8. Nimeli chap qanotdan raqib jarima maydoniga kirishga harakat qilib ko'rdi, biroq mezbonlar himoyachisi bunga yo'l qo'ymadi. natijada "Surxon" burchak to'pi ishlab oldi.

4. Saidazimovning jarimadan yo'llagan zarbasi darvozaning yon tarafiga tegdi.

3. Karimovga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Mehmonlarda standart vaziyat yuzaga keldi.

2. Mezbonlar yaxshi hujum tashkil etdi, biroq yakunda Hakimovning pasi sherigiga etib borishiga raqib himoyachilari to'sqinlik qildi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Bugun "Bunyodkor" qora, "Surxon" sariq rangli libosda harakat qiladi.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Coca Cola Superligasining 20-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" — "Surxon" uchrashuvi guvohiga aylanamiz.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика